M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Sanoat miqyosidagi fermentyorlarda produsentni o`stirish va lizinni



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84
Sanoat miqyosidagi fermentyorlarda produsentni o`stirish va lizinni 
biosintezini amalga oshirish
 
Bu ishlarni hajmi 50,63 va 100 m
3
bo`lgan standart bioreaktorlarda olib boriladi. 
Bu apparatlar sanoat ishlab chiqarishi talabiga mos bo`lgan produsentlarni aseptik 
sharoitlarda 
o`sishi 
va 
rivojlanishini 
ta`minlashi 
lozim, 
ular 
tegishli 
kommunikatsiyalar, issiqlik almashinuvi moslamalari, aralashtiruvchi moslamalar, 
tizimga oziqa muhiti manbayini kirituvchi shtuserlar, steril havoni, qo`shimcha oziqa 
ingradientlarini, muhit pH ni doimiy saqlash uchun kislota va ishqor eritmalarini 
tizimga kirituvchi moslamalar, ko`pik so`ndiruvchi va olingan tayyor mahsulotni 
tizimdan chiqaruvchi qurilmalarga ega bo`lishi kerak. Har xil shtamm-produsentlar 
uchun oziqa muhitini tarkibiy jihatlari o`zaro bir-biridan farqlanishi mumkin. Qand 
lavlagisi chiqindilari oziqa manbayi vazifasini bajarganda produsentlarni ajratib olish 
yoki ularni o`stirish apparatlarida mahsulot ajratib olish maqsadida o`stirganda o`zaro 
farqlanuvchi sharoitlarning mavjud bo`lishi mumkin. Masalan, yuqorida keltirilgan 
o`stirish apparatida mikrobni o`stirishga va uni ko`paytirib olishga moslashtirilgan 
tarkibidagi oziqa muhitini sanoat miqyosi ko`lamida kengroq bo`lgan 
fermentyorlarda o`stirishga moslab o`zgartirish mumkin bo`ladi, buni 5-Jadvalda 
ko`rish mumkin.
O`stirish materiali oziqa muhiti hajmini 5-10 % miqdori hajmida fermentyorga 
o`tkaziladi. Fermentyorda ko`pik hosil bo`lish jadalligiga qarab, uning to`ldirilish 
koeffisiyenti 0,6-0,75 ni tashkil qiladi. Fermentatsiya jarayonini aralashtirish jadalligi 
va aeratsiya (oziqa muhiti hajmiga nisbatan har minutda havoning hajmini 0,8-1,0 
hajmda kiritish) ga rioya qilingan holda 55 soatdan 72 soatgacha vaqt oralig`ida, 
bosimni 0,02-0,03 MPa gacha oshirib, haroratni doimiy ravishda 28-32 
0
C da, pH ni
esa fermentatsiya jarayonini boshidan oxirigacha 7,0-7,5 atrofida ushlab turib, 
muhitga vaqti-vaqti bilan steril ko`pik so`ndirgich kiritish yo`li bilan olib boriladi.


- 36 - 
Produsentlar birinchi kecha-kunduzda muhitning 25 % atrofidagi karbonsuvlari 
va umumiy azotini o`zlashtiradi, jumladan muhitda mavjud bo`lgan deyarli hamma 
aminokislotalarni to`liq o`zlashtiradi, amaliy jihatdan bu muddatda biomassa to`liq 
hosil bo`ladi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin