- 35 -
boshidan oxirigacha muhit pH ni 7,0-7,2 chegarasida ushlab turiladi. Jarayonning
nihoyasiga etishini muhit
suyuqligini optik zichligi, hamda o`sib yetilgan mikrob
hujayralarning morfologik belgilariga qarab aniqlanadi. Lizin produsentlarini atsetat
muhitida o`stirish qator xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Muhitda atsetatni bo`lishi uch
karbon kislotalari sikli fermentlari faolligini bo`g`ib qo`yadi,
Shu sababli reaksion
aralashma tarkibidagi substratning miqdoriy ko`rsatkichi 2 % dan oshmasligi kerak.
Shu sababli uni reaksion muhitga bo`lib-bo`lib kiritiladi. Mikrob biomassasini sanoat
miqyosida ishlab chiqarishda sirka kislotani ammoniy atsetat bilan birga qo`shib
ma`lum nisbatlarda muhitga kiritish yaxshi samara beradi, bunda bu nisbatni har xil
shtammlar uchun eksperimental yo`l bilan alohida aniqlanadi. Bunda sirka kislota
hisobiga sarhisob qilinganda atsetat ionlarining umumiy konsentratsiyasi 1,5-2,0 %
dan oshmasligi lozim. Hujayralarning o`sishiga ham, lizinning biosintezi uchun ham
substrat sifatida atsetat va engil o`zlashtiriladigan karbonsuv glyukoza yoki saxaroza
xizmat qilganda eng istiqbolli natijaga erishilgan. Fermentatsiya jarayoni nihoyasiga
yetganda mikrob o`stiriladigan
apparatda faglar, begona mikroflora bo`lmasligi va
uning 1 ml da titri 10000000000 atrofida bo`lishi kerak. O`stirilgan produsent
mikrobiologik nazoratdan o`tkazilgandan so`ng, uni sanoat miqyosida amalga
oshiriladigan ishlab chiqarishda ishlatish uchun tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: