M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84
L-treonin
ham xuddi lizin kabi sintezlanadi. Treoninni produsentlarini ajratib 
olishdagi seleksion ishlar ikkita oilaga mansub bo`lgan shtammlar, ya`ni 
korinebakteriyalar 
va 
enterobakteriyalar 
bo`yicha 
olib 
boriladi. 
Bu 
mikroorganizmlarda aminokislotalarning biosintezini nazorat qilinish tamoyili bir 
biridan tomoman farq qiladi. Korinebakteriyalarda 4-Rasmda ko`rsatilganidek 
biosintezning boshqariluvi o`zaro mutanosib holda yuz beradigan ingibirlanish
orqali, ya`ni muhitda izoleysin, metionin yoki lizinning yetishmovchiligi oshiqcha 
miqdorda treoninning sintezini keltirib chiqarmaydi, chunki u GD ni ingibirlaydi, shu 
sababga 
ko`ra 
o`zini 
oshiqcha 
miqdordagi 
sintezini 
oldini 
oladi. 
Korinebakteriyalardan treoninni produsent mutantlarini ajratib olishning yagona 
yo`li-treoninga nisbatan sezgir bo`lmagan GD li boshqaruvchi mutantlarni 
seleksiyalashdan iboratdir. Selektiv agentlar sifatida treoninning analoglaridan, 
ko`pincha 
beta-oksinorvalin, 
2-amino-3-oksivalerian 
kislota 
(AOV) 
dan 
foydalaniladi. 
Brev. flavum
mutantlari OAV ga chidamli va ikki xil boshqaruv 
mutatsiyasiga ega, ham GD ni, ham AK ni retroingibirlanishini izdan chiqaradi. Bu 
xildagi shtammlardan bir yo`la treonin ham, lizin ham ajraladi. Enterobakteriyalar 
tomonidan aminokislotalar biosintezini boshqarish izofermentlardan foydalanib 
differensial boshqarish tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi (4-Rasm). 


- 29 - 
4-Rasm
. L-treoninning sintezlanish sxemasi 
Eischerihia coli
da uchta aspartokinaza (AK) va ikkita gomoserindegidrogenaza 
(GD) lar borligi aniqlangan. AK-1 treonin tomonidan ingibirlanadi va 
repressivlanadi, AK-2 metionin tomonidan repressivlanadi, AK-3 lizin tomonidan 
ham ingibirlanadi, ham repressivlanadi. AK-1 va AK-2 ga o`xshash tarzda GD-1 va 
GD-2 larning fermentativ faolliklari ham boshqariladi. Muayyan boshqaruv tizimi 
bo`yicha treoninning produsent-mutantlarini ajratib olishda biosintezning so`nggi 
mahsulotlari hisoblanmish aminokislotalarga nisbatan tanqislik mutatsiyasini kiritish, 
ya`ni uchlamchi auksotroflar ajratib olish kerak bo`ladi. Ilmiy adabiyotda 
Eischeria 
coli
negizida shu xildagi mutantlarni ajratib olingani haqida ma`lumotlar keltirilgan. 
Uchlamchi (DAP, metionin, izoleysinga bog`liq bo`lgan) auksotroflar yordamida 15-
20 g/l treonin sintezlangan, bunda reaksion muhitda lizinning dastlabki mahsuloti 
DAP, metionin va izoleysinlar esa mutantni o`sishi uchun yetarli bo`lgan miqdorda 
bo`lgan. Bu narsa bunday mutantlarni sanoat ishlab chiqarishi miqyosida tanlab 
olishni qiyinlashtiradi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin