M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


 L-AMINOKISLOTALARNI MIKROBIOLOGIK USLUBDA



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84
 
4. L-AMINOKISLOTALARNI MIKROBIOLOGIK USLUBDA 
SINTEZLASH VA SANOAT MIQYOSIDA ISHLAB CHIQARISH 
TEXNOLOGIYASI. 
 
Tayanch iboralar
: Bir bosqichli tizim,ikki bosqichli tizim, yem-oziqa uchun 
olinadigan amnokislotalar, L-lizin (alfa-epsilon-diaminokapron kislota), oziqa 
muhitini tayyorlash, sterillash, texnologik jihozlar, qurilmalar, o`stiriladigan bakterial 
material produsent, fermentyor qurilma
Brevibacterium sp
., 
Coryn glutamicum

suyuq lizin konsentrati. 
4.1. L-aminokislotalarni mikrobiologik sintezi haqida umumiy 
tushunchalar 
Yuqori darajada tozalangan kristall aminokislota preparatlarini sanoat miqyosida 
ishlab chiqarishda ikkilamchi metabolitlarni hosil qilish va ajratib olish uchun 
qo`llaniladigan tipik sxemadan foydalaniladi. Eng ko`p qo`llaniladigan uslub har 
qanday aminokislotani bir bosqichli mikrobiologik sintezlash uslubi bo`lib, dastlabki 
produsentlarni bir qancha bosqichlarda agarlashtirilgan muhitda dastlabki manba 
vazifasini bajaradigan namuna sifatida alohida kolbachalarda o`stiriladi va 


- 32 - 
keyinchalik ularni inokulyatorlar tizimidagi o`stirish apparatlariga ko`chiriladi. 
Bundan keyin esa, mutantlarni sanoat ishlab chiqarishi miqyosida ishlaydigan 
fermentyorlarda o`stiriladi. Fermentatsiyani nihoyasiga yyetkazgandan keyin 
mahsulotli 
aralashmani 
filtrlanishini 
osonlashtirish 
maqsadida 
produsent 
hujayralaridan xolis bo`lishga kirishiladi. Shu yo`sinda ajratib olingan suyuqlik 
sorbsion 
uslub 
yordamida 
bo`yoqli 
chiqindilardan 
tozalanadi. 
Maqsadli 
aminokislotani ion-almashinuvi xromotografiyasi yoki cho`ktirish uslublaridan 
foydalangan holda ajratiladi. Elyuatlar yoki dastlabki mahsulotli manbani 
konsentrlash ishlari vakuum-bug`latish (liofilizatsiya) yo`li bilan amalga oshiriladi. 
Bunda hosil bo`lgan texnik mahsulotni tozalik darajasini yanada oshirish uchun uni 
oldin to`yingan eritmada eritiladi va keyin qaytadan kristallizatsiyalanadi. Toza 
kristallangan mahsulotni ajratib olish jarayoni odatda tozalangan kristall 
mahsulotlarni liofilizatsiyalash va eng so`nggida qadoqlash orqali nihoyasiga 
yyetkaziladi. Bu xildagi sanoat ishlab chiqarishi uchun aminokislotalar ajratib olishda 
muhitdagi utilizatsiyalanmagan dastlabki suyuq qoldiq va produsentning biomassa 
qoldig`i, ishlab chiqarish jarayonida ion-almashinuvi kolonkalarini oqar suv bilan 
yuvilgan yuvindilarini hammasini qo`shib, birlashtirib vakuum-bug`latkichda 10 % 
gacha namlik darajasigacha quritiladi. 
Tarkibida asosiy moddasi uncha ko`p (10 % dan oshiq) bo`lmagan 
aminokislotalarning yem-oziqa preparatlarini ajratib olish texnologiyasi mikrob 
o`stirilgan suyuqlikni vakuum-bug`latishdan oldin stabillashtirish, undagi quruq 
moddalarni vakuum-bug`latkich qurilmada konsentrlash, bug`latilgan eritmaga 
tegishli miqdorda qo`shimchalar qo`shish asosida standartlash, hosil bo`lgan tayyor 
mahsulotni quritish va qadoqlash ishlarini o`z ichiga oladi. 
Texnik yoki yem-oziqa preparatlarini asosiy mahsulotga boy bo`lgan xillarini 
ajratib olishda aralashmani produsent hujayralaridan xolis qilinadi va undagi 
aminokislotalarni qisman konsentrlash maqsadida ion-almashinuvi xromatografiyasi 
yoki tuzlash yo`li bilan cho`ktirish ishi amalga oshiriladi. 
Aminokislotalarni bir bosqichli uslub asosida ajratib olishda produsent sifatida 
auksotrof mutantlardan foydalanilgani, ular esa o`zlarini o`sishi va biosintezi uchun 
muhitda engil o`zlashtiriladigan karbon, azot, shuningdek vitaminlar kabi biofaol 
ikkilamchi metabolitlarning bo`lishini talab qilganligi sababli bu ishlarni tashkil 
qilishda antiseptika qoidalariga rioya qilishga to`g`ri keladi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin