M muxamedova


səhifə204/237
tarix13.12.2023
ölçüsü
#174868
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   237
Muxamedova M. Me\'morchilik asoslari

Artcien Reeime.
Begun by Lcmia Xffl in 1623, the chateau 
began as a hunting lodge in brick and stone. It was enlarged into a royal palace by Louis XIV. The first phase o f the 
expansion (c. 1661—1678) was designed and supervised by Ше architect Louis Le Vau. It culminated in the addition 
o f three new wings o f stone (the 
enveloppe),
which surrounded Lotus XIH's original bcilding on thernorth, south, and 
west (the garden side). A fter Le Van's death in 1670, the work was taken over and completed by his assistant, Francois
the extensive Gardens o f Versailles. Le В run and Le Notre collaborated on the numerous fountains, and Le Brun 
supervised the design and installation o f countless statues)


joylashtirilgan. Markazdagi katta hovuz esa unga tugallik bergan. 
Bronza va marmardan ishlangan haykaltaroshlik asarlari xiyobonga 
ko‘tarinki ruh kiritgan. Bu haykallar dekorativ maqsadda ishlangan.
Me’morchilik san’ati bir necha yillar, asrlardan buyon turli 
yo‘nalish va usullarni boshdan kechirib keLmoqda. Bu narsa me’moriy 
qurilmalaming qurilishida katta ta’sir ko‘rsatadi. Yevropa mamlakat- 
larida XVII-XVIII asrlarda vujudga kelib, rivoj topgan Klassitsizm 
uslubi ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Bu uslub asosan Fransi- 
yada vujudga kelgan boiib, o‘zida antik an’analami mujassamlash- 
tirgan. Ya’ni qadimgi Gretsiyada mil.avv.V-IV asrlarda paydo boigan 
Klassika uslubi an’analarini yangi yo'nalishda o‘zlashtirgan. Bu borada 
ayniqsa, Klassika orderlarini Klassitsizm uslubida yaqqol uchratishimiz 
mumkin. Shunday ekan, Klassitsizm lotincha "namutta" ma’nosini 
bildirishi bejiz emas. Antik an’analarga tayangan holda vujudga kelgan 
ushbu uslub Barokko uslubi an’analarini butkul rad etar edi. Klassit­
sizm binolarining tashqi ko‘rinishi qanchalik bahaybat va jiddiy boisa, 
interyeri shunchalik jimjimador va bezakdor boigan. Klassitsizm 
binolariga Versal qasri va Luvr saroyi yaqqol namuna boiishi mumkin.
Versal qasri. Klassitsizm uslubining yorqin namunasi sifatida 
Versal qirol qarorgohi asosiy o‘rin egallaydi. Unda me’mor Lui Levo 
Shari Lebren va Andre Lenotr bilan hamjihatlikda ish olib borishdi. Bu 
yerda katta park, shahar, qasr ansambli me’moriy qiymatga va 
u!ug‘vorlikka ega. Volter Versal haqida shunday yozgan edi: "Agar 
Lyudovik XIV Parijga Versal kabi e’tibor berganda edi, bu shahar 
dunyodagi eng go‘zaI shaharlardan biri boiar edi". Erkin va katta 
kompleks poytaxti shahar qurilish ishi muhim va ustun boigan. 
Lyudovik XIII kichik qasrini qayta qurishni kardinal Mazarin hamda 
arxitektor Levoga topshirgan va u 1668-yil qurilgan. Levo Lyudovik 
XIII ning qasrini 3 tomonidan yangi korpuslar bilan toidirdi. MarmarH 
hovli yonida qurilgan bino P ko‘rinishini tashkil etadi. Bu narsa 
Versalda yana bir ikkinchi hovlini tashkil etib, qasr bir necha martaga 
kattalashdi, Qasming park tomonidagi fasadida Levo Klassitsizmning 
asosiy omili boimish kolonnadalarni qoilagan. Ioniy ustunlari va 
pilyastr (devoming silliq to‘g‘ri burchakli bo'rtiq chiqqan joyi. 
Kolonna, kapitel va baza bilan bezatilgan)lar binoning ikkinchi 
bayramona qavatining fasadida joylashtirilgan. Birinchi qavat devori 
fransuz rusti (devomi katta to‘rt burchak toshlar bilan bezatish) bilan 
bezatilib, yonida orderlami ko‘tarib turadigan poydevori bezak sifatida


joylashtirilgan. Levo uchinchi qavatni esa shu orderlami to‘ldirib turish 
maqsadida antik ko‘rinishni qoilagan. Fransiya binolariga uncha xos 
bo‘lmagan bu bino fasadi armaturali parapet (uncha baland bo‘lmagan 
devor. Tomni chegaralash uchun ishlatiladi) bilan tugatilgan. Fransiya 
binolari baland boigan, bu bino esa past boiib parapet ortiga 
berkingan. Tashqi fasadida Klassitsizm tendensiyalari yaqqol seziladi. 
Fransiya mahobatli binolarining eksteryeri, ya’ni tashqi ko‘rinishidan 
farqli oiaroq, interyeri jimjimador, bayramona va o‘ta did bilan 
bezatilgan. Bu borada Versalning park tomonga qaratilgan fasadining 
burchaklarida joylashgan Urush va Tinchlik zallari e’tiborlidir. 
Klassitsizm eksteryeri va interyerlar bu davr Fransiya me’morchiligida 
bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan. Janubiy va Shimoliy fasad ikkita 
jozibador formaga ega boigan korpuslar hisobiga uzunlashgan. 
Shimoliy qismida Elchilar zinasi, Janubiy qismida Qirolicha zinasi 
mavjud. Levo old qism bezagini tugallamasdan olamdan o‘tdi. Uning 
ishini Fransua d’Orbe davom ettirib, binoning Sharqiy yon tomondan 
chiziq bo‘yicha ikkita pavilyonli panjaralarni to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 
joylashtirdi. Shunday qilib, Qirol qasri vujudga keldi429.
Mazarinning oiimidan so‘ng, Versal o‘z qiymatini yo‘qota 
boshladi. Versalni qayta tiklash maqsadida 1678-yili mashhur 
me’morlardan biri Jyuli Ardu Mansami (1646-1708) taklif etishdi. Bu 
Versal qasri qurilishi va o‘zgartirilishining keyingi bosqichi edi. 
J.Arduen-Mansar park fasadini butkul o'zgartirib yubordi. Ikkinchi 
qavatidagi terrasani buzdirib, o‘rniga qasming markaziy zali qilib 
Oynali galereyani qurdirdi. Bu galereya Urush va Tinchlik zallarini 
tutashtirib turadi. Svod bilan yopilgan galereyaning tepa qismi 
mifologik, fransuz monarxiyasining va qirolning qanchalik buyukligini
429 History o f Architecture A.D. F.Hamlin. A. M, Professor o f the history o f Architecture in the school o f Architecture. 
COLUMBIA, UNI VERSIRY,1998 SEVENTH EDITION. P.184-I85. (As a result o f Le Van's 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin