M tojiyev, I. Nigmatov


Radioaktiv moddalardan zaharlangan hududda birinchi tibbiy



Yüklə 8,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/244
tarix09.09.2023
ölçüsü8,77 Mb.
#142132
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   244
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

Radioaktiv moddalardan zaharlangan hududda birinchi tibbiy
yordam 
ko‘rsatishda, aw alo, zararlangan odamning hayotini saqlab qo- 
lishga aloqador bo‘lgan chora-tadbiriar amalga oshiriladi. So‘ngra tashqi 
gamma-nur ta’sirini bartaraf etish yoki kamaytirish zarur, buning uchun 
himova 'inshootlaridan: pana joylar, chuqurlikdagi binolar, g ‘isht, be- 
tondan qurilgan imoratlar va boshqa binolardan foydalaniladi. Radioak­
tiv moddalaming badan va shiiliq pardalarga ta’sir qilib borishiga yo‘1 
qo‘ymaslik uchun qisman sanitariya ishlovi o‘tkaziladi va kiyim-kechak 
hamda poyabzal qisman dezaktivatsiya qilinadi. Qisman sanitar ishlovi 
badanning ochiq qismlarini toza suv bilan yuvish yoki hoTlangan tam- 
ponlar bilan artish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Zararlangan odamning ko‘zlari
245


yuviladi, og‘zini chayqab tashlash uchun suv beriladi. So‘ngra unga res­
pirator kiygazib yoki paxta-dokali b o g iam taqib yoki og‘zi bilan bumini 
sochiq, ro‘mol, sharf bilan berkitib, kiyim-kechaklari qisman dezaktivatsi- 
yadan o'tkaziladi. Bunda kiyimdan supurib-qoqib tushiriladigan radioak- 
tiv chang boshqalarga tegmaydigan bo‘lishi uchun shamolnmg yo‘nalishi 
hisobga olinadi.
Radioaktiv m oddalar organizm ichiga tushib qolgan bo‘lsa, m e’da 
yuviladi, odamga adsorbsiyalovchi m oddalar (faollashtirilgan ko‘mir) 
ichiriladi. Ko‘ngil aynib, behuzur b o ‘lsa, shaxsiy dorigidan qusishga 
qarshi modda olib ichiriladi. N ur ta ’siriga uchragan odam yuqumli 
kasalliklarga moyil b o‘lib qoladi, shunga ko‘ra bunday kasalliklarn- 
ing oldini olish maqsadida bakteriyalarga qarshi № 2 vositani ichish 
tavsiya etiladi.
12.11. Yurak faoliyati va nafas oiish to‘satdan to‘xtab qolganida
birinchi tibbiy yordam berish
Yurak faoliyati to‘satdan to‘xtab, odam nafas olmay qolgan mahalda 
klinik o ‘Jim holati boshlanadi. Yurakni darrov bilvosita uqalash va sun’iy 
nafas oldirishga kirishiladigan bo‘lsa, bir qancha hollarda odamni qutqa- 
rib qolish mumkin bo‘ladi. Odam elektr tokidan zararlanganida, suv- 
ga cho‘kkanida va nafas yo‘llari bosilib yoki tiqilib qolgan boshqa bir 
qancha hollarda yurak faoliyati birdan to ‘xtab qolishi mumkin. Bunda 
sun’iy nafas oldirish uchun o‘pkaga havo yuborishga imkon beradigan 
maxsus apparatlardan foydalanish hammadan ko‘ra ko‘proq naf beradi. 
Ana shunday apparatlar bo‘lmagan taqdirda har xil usullar bilan sun’iy 
nafas oldiriladi, masalan, «og'izdan ogVizga» nafas berish usuli. Sun’iy 
nafas oldirishga kirishishdan avval shikastlangan odamni chalqancha 
yotqizib, havo o‘tkazuvchi yo‘llari havo o ‘tishi uchun ochiq turganiga 
ishonch hosil qilish kerak, buning uchun uning boshini imkoni boricha 
ko‘proq orqaga engashtirib qo‘yiladi. Jag‘lari qisiiib qolgan bo‘lsa, pastki 
jag ‘ini oldinga tortib engagiga bosish, og'zini ochish, so‘ngra salfetka 
bilan og‘iz bo‘shlig‘ini so‘lak yoki quruq massalardan tozalab olish va 
sun’iy nafas oldirishga kirishish: shikastlangan odamning ochiq turgan 
og‘ziga bir qavat salfetka (dastro‘mol) qo‘yib, bumini qisish, chuqur na­
fas olib, lablami shikastlangan odam lablariga mahkam taqash va ger- 
metik qilib turib, kuch bilan uning og‘ziga havo puflab kiritish kerak.

Yüklə 8,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin