metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish; 2200 ta maktabgacha ta‘lim
muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi
punktlarida yangi maktabgacha ta‘lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga
javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar,
multimedia resurslari
bilan ta‘minlash. Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi
natijasida quyidagilarga erishiladi: yuqori sifatli maktabgacha ta‘limni ta‘minlash,
bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta‘lim-tarbiya jarayoniga
muqobil dasturlarni joriy etishga; bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli
bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etishga; 3-6 yoshdagi maktabgacha ta‘lim
muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar
bilan ta‘minlash orqali maktab ta‘limiga tayyorlashni tashkil etishga; maktabgacha ta‘lim
muassasalari tarmog‘ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini
rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta‘mirlash orqali kengaytirishga; qishloq
joylardagi maktabgacha ta‘lim muassasalarida ota-onalar badal to‘lovini 30 foizgacha
kamaytirishga; bolalarning maktabgacha ta‘limga qamrovini 1,5 barobarga oshirishga.
Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar
ijrosining
borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida
bo‘ladi.
Rejalashtirilgan barcha ishlarni amalga oshirish ko`p jihatdan yoshlarimiz, fuqarolar
va ularning vatanparvarligi, insoniyligiga bog`liq ekanini ta'kidladi: «Biz
mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishi, qanday ma'naviy
fazilatlar egasi bo`lib voyaga etishiga, farzandlarimizning hayotiga nechog`li faol
munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini
hamisha yodda tutmog`imiz kerak». Yosh avlodni o`z xalqi, jamiyati va yurtiga
fidoiylik ruhida kelajak taqdiri uchun mas'ullikni his eta oladigan,
boy milliy madaniy
merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab — avaylash ruxida jamiyatimiz oldida
turgan kechiktirib bo`lmas vazifa ekan, bunda barcha ta'lim — tarbiya ishi bilan
shug`ullanuvchi xodimlardan katta- katta ishlarni bajarishni talab etadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 y) uzluksiz
ta'limni bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash
sifatiga qo`yiladigan talablarni yanada oshirdi. Yana shunga bog`liq holda
Respublikadagi pedagogika oliy o`quv yurtlaridagi ta'lim — tarbiya jarayonini
tako‘lillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi.
Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida
Matematik tasavurlarini
shakllantirish nazariyasi va metodikasi kursi muhim o`rin tutadi. So`nggi yillarda
mamlakatimizda bolalar bog`chasida matematika o`qitish butun sistemasida o`z ko`lami
va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgartirishlar amalga oshirildi.
Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo`yilishi bilan maktabgacha ta‘lim
muassasalarida matematik ta'lim berish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib keldi.
Maktabgacha ta‘limda bolalariga matematikadan samarali ta'lim berish bo`lajak
tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi
bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini o`qish metodikasini egallab,
chuqur o`zlashtirib olmog`i lozim.
2. Bolalar bogchasida matematik ta'lim berish metodikaning predmeti quyidagilardan
iborat:
1. Matematika o`qitishda ko`zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun
matematika o`qitiladi, o`rgatiladi?).
2. Maktabgacha ta‘limda matematika o`qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish
(nimani o`rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika
va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo`ladi.
3. Matematik bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak?),
ya'ni bolalar hozirgi kunda zarur bo`lgan bilimlarni, malakalarni, ko`nikmalarni va aqliy
faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo`lishlari uchun o`quv ishlari metodikasi
qanday bo`lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining
garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o`qitish kerak?
4. Matematik bilim berish vositalarini — darsliklar, didaktik
materiallar, ko`rsatma
qo`llanmalar va texnik vositalarni ishlab, (nima yordamida o`qitish).
5. Ta'limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning mashg`ulotdan
tashqari formalarini qanday o`tkazish kerak?)
Mashg`ulot ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o`tkazish kerak? Mashg`ulot
protsessidagi ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish
kerak?).
Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va formalari metodik
sistemaning asosiy komponentlaridir.
2.s. Matematika fani oldida turgan maqsadlar: umumiy ta'lim, seminar va tarbiyaviy
maqsadlaridan iboratdir. Seminar maqsadlar: matematik bilim berishdan kuzatilgan
seminar maqsadlar bolalarning nazariyani amaliyotga bog`lay olishidan, ya'ni
olingan
bilimlarni seminar masalalarni hal qilishga, bolalar to`plam va son haqida; kattalik
(mikdor)larning bir-biriga nisbati haqida, eng oddiy geometrik figuralar haqida
boshlang`ich tasavvurga ega bo`ladilar, joy va vaqtni bilishni o`rganadilar: bolalar olgan
bilimlarini o`zlarining kundalik mehnat va o`yin faoliyatida va maishiy hayotida
uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni hal qilishga tatbiq eta bilish
malakalarini hosil qilish kerak.
Dostları ilə paylaş: