3-§ Biologiyani o’rganish usullari 1.Biologiyaning o’rganish usullarini ularga xos xususiyatlar bilan juftlang?
I- kuzatish II-taqqoslash III-tarixiy IV-tajriba
1)ikkita organizm o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni aniqlash 2) organizm uchun qulay muhit yaratib berish 3) tabiiy holga ta’sir etmagan holda ma’lumot to’plash 4) tirik organizmlarda sodir bo’lgan o’zgarishlarni aniqlash
A.I-4, II-1, III-3, IV-2 B. I-3, II-1, III-4, IV-2
C. I-2, II-3, III-1, IV-4 D. I-3, II-1, III-2, IV-4
2. Biologiyaning o’rganish usullariga mos javoblarni toping?
1)kuzatish 2)taqqoslash 3)tarixiy 4)tajriba
a)qush uyasi atrofida videokamera qo’yish, b)oq ayiq va qo’ng’ir ayiqdagi o’xshashlik va farqlarni aniqlash, c)oq gulli o’simliklarni turli rangdagi bo’yoq eritmasiga solib gul rangining o’zgarishini aniqlash d) otlar qadimgi tulkidek keladigan yirtqich hayvon bo’lganligi aniqlangan
A.1-a, 2-b, 3-d, 4-c B. 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
C. 1-c, 2-b, 3-d, 4-a D. 1-c, 2-a, 3-b, 4-d
3.Biologiyani o’rganishning qaysi usulida videokamera qo’yib o’rganish mumkin?
A.Taqqoslash B.Tarixiy C.Kuzatish D.Tajriba
4.Ikkita organizm o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni topish qaysi usul orqali o’rganiladi?
A.Taqqoslash B.Kuzatish C.Tajriba D.Tarixiy
5.Qaysi usulda organizm uchun qulay muhit yaratib beriladi, shu muhitda ularning o’sishi va rivojlanishi, organizmning tashqi muhit ta’sirida o’zgarishi o’rganiladi?
A.Taqqoslash B.Kuzatish C.Tajriba D.Tarixiy
6.Tabiiy holatga tasir etmagan holda malumot qaysi usul yordamida to’planadi?
A.Taqqoslash B.Kuzatish C.Tajriba D.Tarixiy
7.Biror qush haqida ma’lumot to’plash uchun uni kuzatamiz va malumot to’playmiz, bu biologik o’rganish usullarining qaysi biriga mos keladi
A.Taqqoslash B.Kuzatish C.Tajriba D.Tarixiy
8.Qadimda yashagan hayvonlar bilan hozirgi zamondagi hayvonlar solishtirib o’rganiladi, bu biologiyaning o’rganishning qaysi usuliga kiradi ?
A.Tarixiy usul B.Tajriba usuli C.Kuzatish D.Taqqoslash
9.Oq gulli o’simlikni turli bo’yoqlar solingan idishga solib gulni rangi o’zgartirdik, bunda qaysi usuldan foydalanamiz?
A.Tajriba B.Kuzatish C.Taqqoslash D.Tarixiy
10.Paleontologlar fikriga ko’ra otlar qadimda tulkidek keladigan yirtqich hayvonlar bo’lgan , keyinchalik ularda qanday o’zgarishlar bo’lgan?
A,Oyoqlari uzunlashgan , o’t bilan oziqlangan
B.Oyoqlari tuyoqlar bilan himoyalangan
C.Tez yuguradigan bo’lgan, o’t bilan oziqlangan
D. Oyoqlari uzunlashgan, tuyoqlar bilan himoyalangan , tez yuguradigan bo’lib o’t bilan oziqlangan
11. Oq gulli o’simlikni turli bo’yoqlar solingan idishga solib, tajriba qilinganda qancha vaqtdan so’ng gul rangi o’zgarganini ko’rishimiz mumkin.
A. 2soat B. 3 soat C.2 minut D.20 soat
12.Quyidagi rasmda biologiyani o’rganishning qaysi usullari tasvirlangan.
I II
A.I-kuzatish, II-taqqoslash B.I-kuzatish, II-tarixiy
C.I-taqqqoslash, II-kuzatish D.I-tajriba, II-tarixiy
13.Italiyalik shifokor Franchesko Redi biologiyani o’rganishning qaysi usulidan foydalangan?
A.Tajriba B.Kuzatish C.Taqqoslash D.Tarixiy
14.Ikki tomoni qavariq linzadan iborat kattalashtirib ko’rsatuvchi asbob?
A.Qo’l lupasi B.Shtativli lupa C.Yorug’lik mikroskopi D.Elektron mikroskop
15.Q’o’l lupasi buyumni necha martagacha kattlashtirib ko’rsatadi?
A. 5-10 marta B. 2-20 marta C. 3-4 marta D. 10-20
16. Mikroskop stol chetidan qancha joy qoldirib joylashtiriladi?
A. 3-4sm B.4-5sm C. 3-5sm D.5-6sm
17.Tayyor bo’lgan preparatni mikroskopda ko’rayotganda obyektiv preparatdan qancha balandlikda bo’lishi kerak?
A. 4-5 mm B.4-6 mm C.5-6 mm D.5-6 sm
18.Okulyar- 20 obyektiv-40 bo’lsa , mikroskop obyektni necha marotaba kattalashtirib ko’rsatadi?
A. 200 B.400 C.800 D.1000
19.Mikroskopning ko’rish nayi yana qanday nomlanadi?
A.Shtativ B.Tubus C.Mikrovint D.Ko’zgu
20.Mikroskopning qaysi qismi yordamida tubusni ko’tarish va tushurish mumkin?
A.Mikrovint B.Makrovint C.Okulyar D.Obyektiv
21.Mikroskopning qaysi qismi aniq tasvir hosil bo’lishiga yordam beradi?
A.Tubus B.Okulyar C.Ko’zgu D.Shtativ
22.Tasvirni yanada tiniqlashtirish uchun nimadan foydalaniladi?
A. A.Tubus B.Okulyar C.Ko’zgu D.Mikrovint
23.To'g'ri fikrlar soni (a), noto'g'ri fikrlar soni (b)larni aniqlang.
1.Probirka-moddalarning xususiyatini o'rganish uchun ishlatiladigan idish
2.Biologiya fanining ahamiyati uning fan-texnika va texnologiya tarqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va kundalik hayotda tutgan o'rni bilan belgilanadi
3.Biologiya fanini bilish orqali odamning tabiatiga salbiy ta'sirini kamaytirish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish mumkin
4.Nerv o'simtalari nerv impulslarini hujayradan- hujayraga o'tkazib beradi
5.Ko'rish nayi-tubusning yuqori qismida obyektiv ,pastki qismida okulyar joylashgan 6.Ko'zgu yorug'likni obyektivga yo'naltirib aniq tasvir hosil bo'lishiga yordam beradi 7.Bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig'indisi organizmni hosil qiladi
A)a-2, b-5 B)a-1, b-6 C)a-4, b-3 D)a-3, b-4
24.Shtativga biriktirilgan mikroskop qismlarini aniqlang.
1.tubus 2.buyum stolchasi 3.ko'zgu 4.okulyar 5.obyektiv
A.1,2 B.2,3 C.3,4 D.4,5