D ezin feksiyalovch i v o sita la r
(xloramin B va boshqalar) germetik
berkitilgan idishlarda saqlanadi. Saqlash uchun xona alohida bodib va
plastmassa, rezina va metall buyumlar hamda tozalangan suv olinadigan
xonalardan uzoqroqda joylashgan bodishi kerak. Bunda saqlash joyi salqin
va yoruglikdan himoyalangan bodishi lozim.
B o g ‘lov m a teria lla ri
yog‘och yashiklarda, quruq, havosi toza
xonalarda, changdan va hasharotlardan nariroqlarda saqlanishi kerak.
Nosteril materiallarni isitilmaydigan honalarda saqlash mumkin. Steril
materiallar harorati o ‘zgarishi kam bodadigan xonalarda saqlanishi kerak,
bunda xarorat o‘zgarganda qadoqlangan tovar ichiga havo kirmasligini
ta’minlash lozim. Sterillangan bogdov vositalami omborxonada chiqqan
yiliga qarab saqlash kerak, chunki har besh yildan so‘ng uning sterilligini
har yili tanlab tekshirib turiladi. Chrami buzilgan yoki nam tortgan bodsa,
u holda mahsulot sterillanmagan hisoblanadi.
R ezina bu yu m larin i
saqlovchi xonaga quyosh nuri tushmasligi kerak,
ko‘pincha, yertodalarda, qorongd joylarda saqlanadi. Quruq xonalarning
namligini saqlash uchun karbol kislotasining 2%li suv eritmasi idishlarda
qo‘yiladi. Rezinaning elastikligini saqlash uchun xonalar va shkaflarga
shisha idishda ammoniy karbonat solib qo‘yish kerak. Saqlashda amal
qilinadigan talablar: 1) yorugdikdan saqlash; 2) harorat 0°S dan past va
+20° yuqori bodmasligi; 3) namlik 65%dan ko‘p bodmasligi; 4) mexanik
shikastlanishdan holislik; 5) faol moddalar (yod, xloroform, formalin va
boshqalar) ta’siridan himoyalash; 6) isituvchi manbadan uzoq (kamida 1
metr) joylashgan bodishi kerak; 7) havo kirmasligi kerak.
Rezina buyumlarni shkaflarda, yashiklarda, javon va stellajlarda
saqlash mumkin. Shkaflar eshigi zieh yopiladigan va ichidan tekis yuzi
bodishi kerak.
187
Ba’zi rezina buyumlami saqlashda ma’lum talablarga rioya qilish kerak:
- grelkalar, tagiga qo‘yiladigan chambaraklar, muz solinadigan xaltachalar
biroz shishirib qo‘yiladi;
- priborlarning yechiladigan rezina qismi metall qismidan alohida
saqlanadi;
- qo'lqoplar, bujlar, elastik kateterlar va boshqalar qutilarda zich yopilgan va
ustiga talk sepilgan holda saqlanadi. Pastki qavatlardagi buyumlar ezilib va
bosilib ketmasligi uchun ularni bir necha qavat qilib saqlash mumkin emas.
Plastmassadan tayyorlangan buyumlami
qorongd va havoni tozalab
turadigan, uchuvchi vositalarning bug1 lari uchramaydigan, yongdn
bo‘lmaydigan xonalarda saqlash kerak. Buyumlar isitkichlardan lmetr
uzoqlikda joylashgan bodishi kerak. Tsellofanlar, tselluloid, aminoplastli
buyumlar saqlanuvchi xonalarning namligi 65%dan oshmasligi kerak.
Sintetik materiallarni saqlash alohida sharoitlarni talab qilmaydi.
Davolash-profilaktika muassasalarida rezina va elastoplast buyumlar 5%li
fenolning glitserindagi eritmasiga solib qo‘yiladi.
Tibbiy texnika, xirurgik instrumentlar
quyidagi talablarga muvofiq
saqlanadi:
- xonalar quruq va issiq bodishi kerak. Xirurgik instrumentlarni uyib
hamda medikamentlar va rezina buyumlar bilan saqlash qat’iy man etiladi;
harorat va havoning nisbiy namligi ( 60%dan oshmasligi) birdan
o‘zgarib qolmasligi kerak;
- instrumentlar yashiklarda, shkaflarda, qopqoqli qutilarda nomi yozilgan
holda saqlanadi. Instrumentlarni zavodning korroziyaga qarshi moyi bilan
saqlanadi. Agar bunday moy bodmasa, unda ularni yupqa qilib vazelin
bilan qoplanadi. Moylangan instrumentlar yupqa parafinli qog‘ozga o‘rab
qo‘yiladi. Kesuvchi buyumlami (pichoq, skaipellar) mexanik zarar
yetkazishni (kertiklar) oldini olish va o‘tmas bodmasligi uchun ularni
yashiklarning maxsus uyalarida yoki penallarda saqlanishi maqsadga
muvofiq bodadi.
Tibbiyot zuluklarini
saqlashda qo‘yidagi talablarga rioya qilish zarur:
- xona yorug‘, dorilarning hidisiz; maksimal tozalikka rioya qilgan
holda, hidli va zaharli vositalar bilan birgalikda bodmasligi kerak;
- zuluklar keng bo‘yinli shisha idishlarda, bo‘z salfetkali yoki ikki qava-
tli doka bilan shpagat yoki rezinka bilan qattiq boylangan holda saqlanadi;
- bankani xlorsizlantirilgan, perekisli birikmalardan, ogdr metall
tuzlaridan, mexanik qo‘shimchalardan holi saqlanadi. Suvni almashtirishda
idish devorlari ichidan yuviladi, so‘ngra idish bo‘yniga doka yopiladi va
undan suv quyiladi. Bunda idishning uchdan bir qismi suvga todishi kerak.
188
|