Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

A) 15-moddasida
B) 25-moddasida
D) 32-moddasida
E) 45-moddasida
2. Zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarni vaqtincha xavfsiz joyda 
(reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida yoki ota-ona yoxud 
boshqa qarindosh-urug‘lar oldida) bo‘lishlari uchun ularga qisqa raqamli 
“……” - ishonch telefoniga murojaat etishlari mumkin., bu qaysi raqam? 
A) 
107 
B) 
103
 
D)
1146 
E) 
101 


138
10-MAVZU: OILADAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING 
PSIXOLOGIK ASPEKTLARI: SOG‘LOM MUNOSABATLAR – SOG‘LOM 
OILA ASOSIDIR. 
Reja

1. Oiladagi shaxslararo munosabatlar. 
2. Oiladagi shaxslararo munosabatlarning psixologik aspektlari. 
3. Sog‘lom munosabatlar – sog‘lom oila asosidir.
Tayanch iboralar: 
Oilaviy munosabatlar, sog‘lom oila, shaxs, 
psixologiya, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, er-xotin, farzand, tarbiya.
Shaxslararo munosabatlar ijtimoiy-psixologik va psixologik muhitni 
optimal ta’minlashga xizmat qiluvchi asosiy mehanizm hisoblanadi. Bugungi 
kunda oilalarda kutilayotgan psixologik inqirozlar shaxs kamoloti, shaxslararo 
munosabatlar ulardagi ijtimoiy muhit, qadriyatlar buzilishi bilan bog‘liqdir. 
Oiladagi shaxslararo munosabatlarda er-xotin, ota-ona bilan farzandlar, kelin 
bilan qaynona-qaynota, kelin bilan qaynaka, qaynuka, qaynopa, qaynsingil va 
boshqa yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi munosabat jarayonlarini kuzatish 
mumkin. Oila mustahkamligi nizoli vaziyatlardan xoli bo‘lishi, uning a’zolari 
o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va e’zozning shakllanishi qanday omillarga bog‘liq?


139
Shaxslararo munosabatlar “sub’ekt-sub’ekt” bilan bir qatorda “sub’ekt-
guruh”, “Men-biz” tizimda namoyon bo‘lishi ma’lum. 
Bola tajribasining asoslaridan biri undagi ota-ona oilasi ta’sirida 
shakllanadigan ijtimoiy fe’l-atvordir. Ya’ni, o‘zaro ishonch, o‘zini-o‘zi baholash, 
men-konsepsiyasi ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari ta’sirida bola ongida 
shakllanadigan hislatlardir. Bola ota-onasining o‘zaro muloqotlariga qarab, 
umri mobaynida kuzatib, bilib-bilmay ularga taqlid qilib, tinchlik-xotirjamlikda, 
o‘zaro hamjihatlikda yashashga o‘rgansa, aka-uka, opa-singillariga qarab, 
jamiyatdagi murakkab o‘zaro muomala holatlarida o‘zini qanday tutishga 
o‘rganadi, hayotning ma’nosini tushunib boradi, dunyoqarashi, dunyoviy 
hamda diniy e’tiqodlarining shakllanishi ham ayni shu munosabatlar ta’sirida 
ro‘y beradi.
Er-xotin munosabatlari avvalo adaptatsiya, ya’ni bir-biriga asta-sekin 
ko‘nikib, moslashib borish jarayonidan boshlanadi, zero, ularning har biri 
yangi muhitga, yangi ro‘zg‘orga o‘z oilasida orttirgan shaxsiy tajribasi, oila 
to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlari bilan kirib keladi.
Natijada ota-onasi oilasida olgan tajribaning bir qismidan voz kechgani 
holda, yangi munosabatlar uchun yangi fazilatlarni o‘zida tarbiyalay boshlaydi. 
Oila qurmoq bu o‘zini boshqa birovga ishonib topshirmoqdir. Erkaklarga 
ishonmaslik, “Erkak zotining hammasi bir …” degan gaplarni shior qilib olgan 
ayolning hech qachon bu borada omadi kelmaydi, chunki u magnitdek 
bo‘lmag‘ur erkaklarni tortadi, natijada ishonch e’tiqod darajasiga chiqadi va 
undan baxtsiz ayol taqdiri bitiladi.
Ilmiy manbalar tarixan insoniyat ota-ona va farzandlar munosabatlari 
o‘ziga xos bosqichlar va rivojlanish qonuniyatlarini boshidan kechirganligidan 
guvohlik beradi. Bashar tarixi shundan dalolat beradiki, zamonlar osha ota - 
onaning bolaga nisbatan xususiy mulkday qarab, uning ustidan hukmronlik 
qilishi borgan sari farzand ehtiyojlari bilan hisoblashish, uning barcha 
istaklarini bajo keltirib, unga cheksiz g‘amxo‘rlik ko‘rsatishgacha bo‘lgan 
munosabatlarga aylangan. Ota - ona - bola munosabatlarini agar tarixiy 


140
davrlarga bo‘ladigan bo‘lsak, ota-onaning bolaga yondoshuv usullari bo‘yicha 
qator bosqichlarni boshdan kechirganligini ko‘rish mumkin.
Olimlarning tavsiflashicha, antik davrlarda erkak va ayol aloqalari 
oqibatida farzand tug‘ilsa, unga deyarli befarq qarash, ya’ni, infantitsid 
munosabat kuzatilgan, bunday munosabat mohiyatan shafqatsizlikka 
asoslangan bo‘lib, bolani dunyoga keltirganlar uchun uning nasl-nasabi, 
taqdiri unchalik ahamiyatli bo‘lmagan. Yangi asrga kelib, bu munosabatlar 
tubdan o‘zgargan, odam zotida egoizm, o‘ziga tegishli narsaga nisbatan 
egalik hissining takomillashib borishi o‘zidan bo‘lgan zurriyodga nisbatan 
munosabatlarda ham o‘z aksini topgan.
Mulkchilik shakllarining o‘zgarishi, turmush tarzi qadriyatlariga monand 
kattalarning bolaga nisbatan his-kechinmalari ham o‘zgarib borgan. Masalan, 
XIX asrning boshlari XX asrlarning o‘rtalariga kelib, ota-onalar farzandlarining 
jamiyatda tutajak o‘rinlari, ularning ijtimoiylashuviga alohida e’tibor bera 
boshlaganlar. Keyingi davrlar esa kattalarning kichiklar taqdiriga befarq 
emasligi, ularni qo‘llab-quvvatlash, rivojlanishiga ko‘maklashishning 
ahamiyatini anglash davri bo‘lgan. Bu an’ana deyarli bizning davrimizda ham 
davom etib kelmoqdaki, endilikda tug‘ilgan bolaga e’tibor oilaning barcha 
qadriyatlaridan ustun ham keladi.
Lekin bunday g‘amxo‘rlik psixologiyasi ham madaniy-tarixiy o‘ziga 
xoslikka ega. Masalan, ayrim xalqlar (aksariyat Yevropa xalqlari) bolaga u 
kichikligida juda katta mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi, taxminan o‘smirlik 
davridan boshlab, uning erkinligi tan olinadi va ota-ona tomonidan beriladigan 


141
tarbiya uslublari o‘zgartirilib, unga kattalarcha munosabatlar barqarorlashadi. 
Boshqa bir madaniy-etnik hududlarda, aksincha, farzand balog‘atga yetgani 
sari ota-onaning unga e’tibori kuchayadi.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin