qimli, hidi issiq qora non hidini eslatadi. Kislotadorlik
darajasi 60-90°T bo‘ladi.
Sut zardobidan hayvon oziqasi sifatida foyda-
lanish.
Bir qancha o'lkalarda hayvon ratsionida pro-
teinning etishmasligi sababli ularga sut zardobini
yoki sut zardobi’ negizida tayyorlangan preparatlar
beriladi. Umuman ma’lumotlarga qaraganda o‘rtacha
yetishtiriladigan sut zardobini deyarli 30-50% dan
hayvonlami boqishda foydalaniladi.
Sut zardobi hayvonlar uchun to‘la qimmatli oziq
sifatida qisman yog‘i olingan sut o‘mida ham ishlatiladi.
Sut zardobi tarkibida 60 foiz mineral moddalar bo‘lishi
aniqlangan. Shuningdek, 1 kg sut zardobida 0,3 oziq
birligi, 22,5 g hazm bo‘ladigan protein, 48 g qand
moddasi boMishi isbotlangan. Bundan tashqari, sut
zardobi tarkibida karbon suvlar, lipidlar, mineral
tuzlar eritmasi, oqsil birikmalari, vitaminlar, organik
kislotalar, ferment va mikroelementlar bo‘lishi ham
aniqlangan. Ba’zan hayvonlar uchun pastasimon quyuq
zardob ishlab chiqariladi. Uning tarkibida oqsil 8-14
foiz, qumq moddalar 60-80 foiz bo‘lishi aniqlangan.
Sut zardobini qayta ishlash natijasida uni
quyuqlashtirish yoki qumq holga keltirish ham mum-
kin. Ayrim hollarda sut o‘rindoshi tayyorlash uchun
ham sut zardobidan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: