Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


Baliqlarni muzlatish usullari



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Baliqlarni muzlatish usullari. 
Baliqlami muzlatish 
ulaming sifati buzilishidan saqlash hisoblanadi. Baliqlar 
butunligicha, nimtalangan va file holida muzlatiladi. 
Kuzatuvlardan maTum boTishicha, baliqlar -18°C dan 
past haroratda muzlatilsa ta’mi, sifati va to‘yimdorlik 
qiymatini uzoq vaqtgacha saqlab qolar ekan. Umuman, 
muzlagan baliqlaming sifati xom ashyoning holatiga
muzlatish jarayonining jadalligiga, usuliga, hamda uni 
saqlash sharoitlariga bogTiq.
Baliqlami muzlatishda quruq, ho‘1 va muz-tuz 
aralashmasidan foydalaniladi.
Quruq muzlatish 
-23°C da, namligi 90-95 foiz 
boTgan, 
sovuq 
xonalarda 
sovutish 
kameralarida 
bajariladi. Mayda baliqlar sinklangan temir listlarda 
13 sm qalinlikda muzlatiladi. Yirik baliqlar bir-biriga 
tegmagan holda bir qator holda terilib muzlatiladi. 
Agar baliqlar -15°C dan past haroratda tabiiy holda
196
www.ziyouz.com kutubxonasi


muzlatilsa, ulaming suzg‘ich qanotlari va jabra qop- 
qoqchalari ochiq holda qotib qoladi. Jabra bargchalari 
och qizg‘ish rangga aylanadi. Baliq tarkibidagi bar- 
cha oziqaviy moddalar saqlanib qoladi. Agar baliq 
yaxshilab yuvilmagan bo‘lsa, uning yuza qismidagi 
shilliq oqarib ketadi va u baliqning tashqi ko'rinishini 
yomonlashtiradi. Baliqlar sun’iy holda qumq muzla- 
tilganda baliqning ustidagi shilliqlar yuvib yo‘qotiladi, 
ayrim turlarining ichak-chavaqlari ham olib tashlanadi. 
Quruq sun'iy holda muzlatilgan baliqning usti toza, 
tabiiy rangda, tanasining shakli to‘g ‘ri saqlangan
suzg‘ich qanotlari va jabra qopqoqchalari tanasiga 
yopishgan holda bo‘ladi. Bu usulda baliqlar odatda 
donalab yoki sochilgan holda muzlatiladi.
Ho‘l usulda 
m uzlatish - muzlatgich yordamida 
sovutilgan namakobga joylashdan iborat. Bunda baliq 
bevosita sovutuvchi namakobga (kontakt usulda) 
yoki namakob tegmasligi uchun maxsus idishlarga 
(kontaktsiz usulda) joylanishi talab etiladi. Kontakt 
usulda muzlatishda baliqlar ikki marta yuviladi. Bi- 
rinchi marta muzlatish oldidan (ustidagi shillig‘ini 
yo'qotish uchun) va ikkinchi marta muzlatilgandan 
so‘ng (ustidan namakoblami yo‘qotish uchun) yuviladi. 
Shunga qaramasdan, bu usulda muzlatilgan baliqlaming 
usti, ayniqsa, qomining yupqa qismi birozgina tuzlanib 
qolishi natijasida qisman bo‘lsa-da biroz xiralashib 
qoladi. Mayda baliqlar ko‘pincha maxsus qoliplarda 
blok shaklida, filelar briket shaklda bo‘ladi. Baliq fi- 
lesi baliqlardan tayyorlangan chala tayyor mahsulot 
hisoblanib, ulami muzlatish texnologiyasi yuqorida 
bayon qilingan talablar asosida bajariladi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin