Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

«Bocho» ichimligi. 
Bu ichimlik litvada yaratilgan 
bo‘lib, u ham sut zardobidan tayyorlanadi. Uni tay- 
yorlash texnologiyasi quyidagicha. Ya'ni kislotadorlik 
darajasi 60°T dan ortiq boMmagan sut zardobi va 
yog‘lik darajasi 0,08 foizdan ko‘p bo‘lmagan sut 
zardobi 90-95°C gacha isitiladi va 1 soat davomida 
shu haroratda saqlanadi. Mahsulot yuzasiga chiqqan 
ko‘piksimon zardob oqsili olib tashlanadi. So‘ngra 
zardobga 2,5 marta ko‘p suv qo‘shiladi. Unga 7,5 foiz 
saxaroza solinadi va 96°sda pasterlanadi hamda 28- 
30°C gacha sovitiladi. Tayyorlangan mahsulotga magiz, 
novvoyxona xamirturishi, kuydirilgan qand va har xil 
aromat (xmel, rayhon kabijlar qo‘shiladi. Mahsulotni 
etilishi uchun uni 6-8°C da 6-8 soat saqlanadi. U 
gazlashtiriladi. Ichimlik quyilganda ko‘pik hosil qiladi, 
uning mazasi yoqimli, sut-qatiq hidini bildiradi.
«Yangilik» 
(«novbiy») 
ichimligi. 
Bu ichimlik ham 
sut zardobidan tayyorlanadi. Ba'zan uning «yangilik» 
kvasi deb ham ataladi. Uni tayyorlash texnologiyasi 
quyidagicha. Ya'ni, sut zardobi pasterlanadi, rangsiz- 
lanadi va filtrlanadi. Rangsizlantirish uchun «issiqlik 
koagulyatsiyasi» usulidan foydalaniladi. Mahsulotga 
qand sharbati, nowoyxona xamirturishi qo‘shiladi. 
Achitish ishlari 25-30°C da 14-16- soat davom etadi. 
So‘ngra uni 8°C va 48 soat saqlash mumkin. «Yangilik» 
ichimligi to‘q-jigar rang bo‘lib, ba'zan shisha ostida 
ozroq quykasi bo'ladi. Mazasi nordon-shirin va yo-
162
www.ziyouz.com kutubxonasi


qimli, hidi issiq qora non hidini eslatadi. Kislotadorlik 
darajasi 60-90°T bo‘ladi.
Sut zardobidan hayvon oziqasi sifatida foyda-
lanish. 
Bir qancha o'lkalarda hayvon ratsionida pro- 
teinning etishmasligi sababli ularga sut zardobini 
yoki sut zardobi’ negizida tayyorlangan preparatlar 
beriladi. Umuman ma’lumotlarga qaraganda o‘rtacha 
yetishtiriladigan sut zardobini deyarli 30-50% dan 
hayvonlami boqishda foydalaniladi.
Sut zardobi hayvonlar uchun to‘la qimmatli oziq 
sifatida qisman yog‘i olingan sut o‘mida ham ishlatiladi. 
Sut zardobi tarkibida 60 foiz mineral moddalar bo‘lishi 
aniqlangan. Shuningdek, 1 kg sut zardobida 0,3 oziq 
birligi, 22,5 g hazm bo‘ladigan protein, 48 g qand 
moddasi boMishi isbotlangan. Bundan tashqari, sut 
zardobi tarkibida karbon suvlar, lipidlar, mineral 
tuzlar eritmasi, oqsil birikmalari, vitaminlar, organik 
kislotalar, ferment va mikroelementlar bo‘lishi ham 
aniqlangan. Ba’zan hayvonlar uchun pastasimon quyuq 
zardob ishlab chiqariladi. Uning tarkibida oqsil 8-14 
foiz, qumq moddalar 60-80 foiz bo‘lishi aniqlangan.
Sut zardobini qayta ishlash natijasida uni 
quyuqlashtirish yoki qumq holga keltirish ham mum- 
kin. Ayrim hollarda sut o‘rindoshi tayyorlash uchun 
ham sut zardobidan foydalaniladi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin