Bilimni tekshirish uchun savollar
1. Ovlanadigan baliqlar to‘g ‘risida nimalami bilasiz?
2. Baliqlaming qanday biologik xususiyatlarini bilasiz?
3. Baliqning tana to‘qimalari to‘g ‘risida tushuncha bering.
X V I B O B . BALIQ MAHSULOTLARINING KIMYO-
VIY TARKIBI, FIZIK XUSUSIYATI VA OZIQAVIY
QIYMATI
Baliq go‘shtining kimyoviy tarkibi birinchi nav-
batda uning oziqaviy qiymatini belgilashda eng mu-
him ko‘rsatkichi hisoblanadi. Baliq go‘shtining ozi-
qaviy qiymati va uning sifati (ta’mi, mazasi, xush-
xo‘rligi) dastavval uning tarkibidagi oqsil, yog‘,
uglevod, vitamin, mineral elementlar va suv miqdoriga
bog‘liq. Bundan tashqari, baliq go‘shtida inson uchun
hayotiy muhim hisoblangan aminokislotalar va modda
almashinuvida hayotiy jarayonlami boshqara oladigan
turli organik moddalar bo‘lishi uning oziqaviy qiymatini
yanada oshiradi.
Dostları ilə paylaş: