Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


Baliq go‘shtidagi mineral moddalar



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Baliq go‘shtidagi mineral moddalar 
- o‘zining 
nihoyatda turlicha bo‘lishi bilan boshqa hayvonlar 
go‘shtidan farq qiladi. Ayniqsa, fosfor, kaliy, natriy, 
kalsiy, magniy, xlor va oltingugurt moddalari ko‘p 
miqdorda bo‘lishi bilan baliq go‘shti muhim ahamiyatga 
ega. Asosan, dengiz baliqlari go‘shtida mikroelementlar 
(mis, yod, kobalt, molibden, marganets, sink, brom, 
ftor va h.k.)Ning miqdori uy hayvonlari go‘shtiga 
qaraganda o‘n marta, ba'zan undan ham ko‘proq 
bo‘lishi aniqlangan. Temir mikroelementi esa 3-4 marta 
ko‘proq bo‘lar ekan.
Baliq go‘shtida mineral moddalar nihoyatda ko‘p 
bo'lishi va inson organizmida muhim fiziologik rol 
o‘ynashini hisobga olgan holda, uni mineral modda- 
laming asosiy manbai deb hisoblash mumkin.
Uglevodlar 
- baliq go‘shtida deyarli ko‘p emas, 
ya’ni u 0,2-0,
9%
ni tashkil etadi. Baliqlar ko‘p su- 
zib charchab qolsa, uning go‘shtidagi glikogen sut 
kislotasiga aylanib parchalanib ketishi aniqlangan. 
Baliqlar ovqatlanishidan oldin, tinch vaqtida uning 
go‘shtida glikogen ko‘p bo‘lganligi uchun uning go‘shti 
nihoyatda mazali b o ia r ekan.
Vitaminlar 
- baliq organizmida notekis holda 
uchraydi. Ulaming asosiy qismi jigarda b o iib , 
boshqa ichki organlarida kamroq b oiishi aniqlangan. 
Baliq go‘shtida vitaminlar deyarli ko‘p uchramaydi.
189
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ayniqsa, moyda eruvchi vitamin (A, D)lar hamda E 
va K vitaminlar kamroq bo‘lishi aniqlangan. Jumladan, 
oriq baliqlarda a vitamin bo‘lmas ekan. Lekin baliq se- 
miz bo‘lsa, bu vitaminlar 0,1-0,9 mg% gacha bo‘lishi 
mumkin. A vitaminga nihoyatda boy (160-490 mg%) 
bo‘lgan organ jigar hisoblanib, u ayrim dengiz baliqlari 
orasida (treska, makrurus, okun, skumbriya, akula va 
h.k.) salmoqli o‘rin egallar ekan. Tibbiyotda treska 
balig‘i moyidan keng foydalaniladi.
Suvda eriydigan vitaminlardan B, B,, B2, B6, Bs, B( 
guruhlari hamda N, C, RR pantoten kislotasi va inozit 
kabilar ham uchrar ekan. Baliq go‘shti uzoq saqlansa, 
iming tarkibidagi vitaminlarda ayrim o ‘zgarishlar yuz 
berib, uning mazasi, rangi, hidi va biologik qiymati 
o ‘zgarar ekan.
Ferm entlar - biologik katalizator hisoblanadi, oqsil, 
uglevod, yog‘ almashinuvida kimyoviy jarayonlami 
tezlashtiradi. Fermentlar faqat tirik baliqlar organizmida 
boiadi. Shuning uchun ham ular baliq to‘qimasi tarki- 
bidagi ayrim moddalaming almashinuvida, parcha- 
lanishida va tiklanishida faol qatnashadi.
Suv - baliq go'shtida erkin va b o g iiq holda 
boiadi. Erkin holdagi suv ikki xil: 1. T arkibiy-erkln 
va 2. Imm obil formada uchraydi. Birinchisi asosan 
hujayralararo bo‘shliqlarda uchraydi va u qon hamda 
limfa tarkibiga ham kiradi. U baliq tanasida o ‘rtacha 
5-10% boiishi mumkin. Ikkinchisi - baliqning tanasida 
65-70% b o iib , hujayra membranalari 
oraligida, 
mikropora va mikrokapillyarlarda uchrashi aniqlangan. 
U baliq to‘qimalarida osmotik bosim va adsorbsiya 
hisobiga saqlanar ekan. Umuman, baliq go‘shtidagi 
suv miqdori uning oziqaviy qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Binobarin, baliqlar muzlatilsa, qaynatilsa, qovurilsa, 
quritilsa, tuzlansa, uning tarkibidagi suv miqdorida 
ko‘plab texnologik o‘zgarishlar yuz beradi.
190
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin