Zimbabve (2007−2008; hozirgacha). Giperinflyatsiya holatiga yorqin misol qilib 2008 yildagi Zimbabve mamlakatini keltirish mumkin. Zimbabve o‘z milliy valyutasini qabul qilganida uning qiymati 2 AQSh dollariga teng bo‘lgan. Ammo mamlakatda iqtisodiy-ijtimoiy ahvol barqaror bo‘lmaganligi uchun, valyuta qadrsizlanib borgan. 2008 yil noyabrida Zimbabvedagi oylik inflyatsiya ko‘rsatkichi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, 79 600 000 000% ni tashkil qilgan. Mamlakatda narxlar har 25 soatda ikki baravarga oshavergan.
Foto: 100 trln Zimbabve dollari qiymatidagi banknota.
Vengriya (1945−1946). 1945 yil avgust — 1946 yil iyul oralig‘ida Vengriyada inflyatsiya ko‘rsatkichi kuniga 207% ni tashkil qilgan. Bu davrda Vengriya milliy valyutasi — pengyo har 15 soat ichida ikki karra qadrsizlanavergan. Bir oy ichida yuz bergan maksimal inflyatsiya ko‘rsatkichi 40 000 000 000 000 000% ni tashkil etgan.
Foto: 1 mlrd pengyolik banknota.
Yugoslaviya (1992−1994). Yugoslaviyada 1992 yil aprelidan 1994 yil yanvarigacha bo‘lgan davr ichida milliy valyuta — dinar har kuni 65% ga qadrsizlangan.O‘sha davrda muomalada bo‘lgan eng yirik nominalli banknota 500 mlrd yugoslav dinari edi. 1994 yilda inflyatsiya darajasi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi va 116 546 000 000% ni tashkil qiladi.
Foto: 500 mlrd yugoslav dinari qiymatdagi banknota.
Turkiya (1990−2005). 1990 yildan boshlab turk lirasi tez sur’atlarda qadrsizlana boshladi, bu esa butun mamlakat iqtisodiyotida uzoq muddatli retsessiyaga saabab bo‘ldi. Faqat 2005 yilda hukumat inflyatsiyani 10% dan kamroq darajaga tushira oldi. Bundan tashqari, yangi turk lirasi joriy etildi va u 1 mln eski liraga almashtirildi (1 yangi lira = 1 mln eski lira).
Gruziya (1993−1995). Gruziyada sovet pul tizimi yo‘q qilingandan so‘ng yangi pul birligi — lari muomalaga kiritildi. Biroq, 1993 yildagi inflyatsiya natijasida uning qiymati 1000 barobarga qadrsizlandi. 1993 yili Gruziya prezidenti Eduard Shevardnadze yangi lari joriy etilishini e’lon qildi va eskilari 1:1 000 000 kursi bo‘yicha almashtirildi (1 yangi lari = 1 mln eski lari).