ommaviy bankrot, defolt holatining e’lon qilinishi;
fuqarolarning pul jamg‘arish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi;
ishsizlikning ortishi;
iqtisodiy tanazzullik;
davlat moliya tizimining yemirilishi.
Giperinflyatsiya jarayonlari har bir fuqaroning hayot darajasiga va butun davlat iqtisodiyot tizimiga jiddiy ta’sir qiladi. U uzoq cho‘zilsa, davlat iqtisodiyotining barcha sohasiga kirib borishi mumkin va bu aynan shu sababga ko‘ra naxlarning mavsumiy o‘sishidan katta farq qiladi. O‘z mablag‘larini giperinflyatsiyadan himoyalash maqsadida ko‘pchilik fuqarolar, shuningdek, huqumatlar o‘z mablag‘larini nisbatan barqarorroq bo‘lgan aktivlar, ya’ni oltin, aksiyalar (ishonchli kompaniyalarning qimmatbaho qog‘ozlari), obligatsiyalar yoki boshqa valyutalar, misol uchun dollar ko‘rinishida saqlashadi. Oxirgi yillarda yoshlar orasida o‘z mablag‘larini kriptovalyutalarda saqlash ancha urfga aylangan. Ammo so‘nggi yangiliklar shuni ko‘rsatmoqdaki, hattoki kriptovalyutalar ham oldindan aytib bo‘lmaydigan hilqat.
Inflyatsiyaning hayotga ta’siri
Inflyatsiya mamlakat taraqqiyotining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biridir — u qancha past bo‘lsa, shuncha yaxshi.
Masalan, Shveysariya kabi rivojlangan mamlakatlarda yillik inflyatsiya darajasi 1,5 foizdan oshmaydi, Venesuela kabi inqirozga botgan davlatlarda esa 500 foizdan oshib ketgan.
O‘zbekiston 2021-yil boshidan inflyatsion targetlash tizimiga o‘tdi. Bu tizimda Markaziy bank inflyatsiya bo‘yicha maqsad (target) qo‘yadi va unga erishish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi.
2021-yil uchun mo‘ljallangan maqsad o‘n foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib, bu ko‘rsatkichni besh foizga yetkazish rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, besh foizli inflyatsiya bu Kanada va Buyuk Britaniya kabi davlatlar darajasiga teng ko‘rsatkichdir.
Targetlash doirasida narx barqarorligi moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi, chunki mamlakatdagi ahvol hamma uchun oydinlashadi va oldindan aytish mumkin bo‘ladi.
Masalan, investorlar, tadbirkorlar va boshqalar qaror qabul qilishga izchilroq yondashadi. Bu, o‘z navbatida, butun moliya tizimining barqarorlashuviga olib keladi hamda Markaziy bank ishtiroki darajasini pasaytiradi.