O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi rekord darajada tushib ketgan bir vaqtda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bu, aksincha, keskin tezlashib ketdi. Masalan, Qo‘shma Shtatlarda u 40 yil oldin, Rossiyada esa besh yil oldin rekord darajaga yetgan.
Buning bir qancha sabablari bor. Birinchisi, albatta, koronavirus — pandemiya ortidan deyarli barcha mamlakatlar pul-kredit siyosatini yumshatdi.
Ya’ni, hukumat iqtisodga ko‘proq pul to‘ka boshladi — masalan, aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar yoki arzon kreditlar shaklida. Buning oqibatida, iste’molga talab oshib, ishlab chiqarish ortda qolyapti.
Yana bir boshqa sabablaridan biri — milliy valyutaning qadrsizlanishi. Masalan, turk lirasi bu yil deyarli 50 foizga qadrsizlandi va shu sabab inflyatsiya 20 foizdan oshdi.
Bu vaziyatda o‘zbek so‘mi mustahkam turibdi — dastlabki o‘n oyda valyuta atigi ikki foizga qadrsizlandi.
Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmatovning ta’kidlashicha, valyuta tushumi eksport hisobiga 35 foiz oshishi, shuningdek, banklar va eksportchilar tomonidan valyuta ayirboshlash hajmining ortishi natijasida nisbatan barqaror kursga erishishning uddasidan chiqilgan.
Iqtisodiyotda davlat ishtirokining yuqori ulushi, xomashyo eksportiga kuchli bog‘liqlik va tarkibiy nomutanosiblik kabi hodisalar, ayniqsa, islohotlar davrida mahsulot va xizmatlar narxining o‘sishini sezilarli darajada tezlashtirib yuborishi mumkin.
Inflyatsion targetlash shu narsaga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. Inflyatsiya darajasining pastligi narx-navo barqarorligini bildiradi, bu esa, o‘z navbatida, aholining turmush darajasiga ham, uning mehnat faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu omillar oxir-oqibat aholining milliy valyutaga bo‘lgan ishonchini oshirishi, iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasini pasaytirishi, ichki va tashqi investitsiya hajmining oshishiga olib kelishi ko‘zda tutilgan.
Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, inflyatsiya har qanday davlat uchun xavfli hisoblanadi. Hatto iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar xam inflyatsiya davrida og`ir ahvolga tushub qoladi, shu sababli xam davlatlar undan qochishga harakat qilishadi va inflyatsiya davrida undan qutilishni harqanday choralarini qo`llashga harakat qiladi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda ham inflyatsiya eng yuqori cho`qqisiga chiqdi. Lekin o`zvaqtida ko`rilgan chora va tadbirlar samarasi bilan oldin ko`rib ish qilish natijasida inflyatsiya darajasi pasayishiga erishildi.
Ammo hozirgi vaqtda ham yurtimizda inflyatsiya biroz yuqori ekanligini etiborga oladigan bo`lsak bu bizga xavflidek tuyulishi mumkin. Lekin shuni etiborga olish kerakki inflyatsiya faqatgina davlatning yomon ahvolda ekanligini bildiribgina qolmay balki uning yaxshi holatda ekanligini xam bildirishi mumkin. Albatta qanday qilib degan savol tug`ulishi mumkin, bunga javoban misolkeltiradigan bo`lsak: misol uchun Qirg`iziston davlatini oladigan bo`lsak uyerdagi inflyatsiyaning yuqorilashishi kam maxsulot ishlab chiqarishdan yoki davlat byudjeti defetsetini qorlash uchun muomalaga ko`p miqdorda pul chiqarish oqibati bo`lishi mumkin. Lekin O`zbekistonni qaraydigan bo`lsak buyerdagi 7-8 % lik inflyatsiya davlat byudjetining katta qismi ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun yo`naltirilganligidan darak beradi. Bu albatta ijobiy inflyatsiya bo`lib vaqtinchalik holat hisoblanadi.