Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə11/12
tarix25.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#70586
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Qishloq Qurilish Bank ATB hisobot

1-jadval
2019 yil sentabr holatiga muomaladagi bank plastik kartalari, terminallar, bankomat va infokiosklar hamda 2019 yil yanvar-aprel oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar to‘g‘risida ma’lumot.8

Muomaladagi bank plastik kartalari soni

562 491

O‘rnatilgan to‘lov terminallari
soni

5 971

O‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni

2 671

2019 yil yanvar-aprel oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar (mln.so‘mda)

979 354


“Qishloq Qurilish Bank” ATB Qumqo’rg’on tumani filialining qo’lga kiritgan yutuqlari:
2020-yilda iste'molchilar tomonidan berilgan ovozlar natijalariga ko'ra, “Qishloq Qurilish Bank” ATB filiallari o’rtasida eng yaxshisi deb saralandi.
2020-yilda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan «Bank faolligi indeksi» ishlab chiqilgan bo'lib, u xususiy sektorning bank aktivlaridagi ulushini, bank sektoridagi islohotlar va transformatsiya jarayonlarining samaradorligini muntazam ravishda baholashga imkon beradi. “Qishloq Qurilish Bank” ATB umumiy reytingda va moliyaviy vositachilik va daromadlilik bo'yicha reytinglarida birinchi o'rinni egalladi. Omonat va muddatli depozitlarning bankdagi kreditlar umumiy hajmiga nisbati 82% gacha o'sdi. Ushbu ko'rsatkich respublika bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichdan ancha yuqori bo'lib, bu nafaqat bankning yuqori samaradorligini, balki bankka murojaat qiladigan odamlarning katta ishonchidan dalolat beradi.
2015 yilda har yilgi “BankExpo-2015” ko’rgazmasida “Eng texnologik stend” tanlovida g`olib bo’lgan.
2018-yil 18 - sentabr kuni “Islom Taraqqiyot Banki guruhi kuni” konferensiyasi bo’lib o’tdi, unda “Qishloq Qurilish Bank” ATB Xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha Islom korporatsiyasi tomonidan moliyalashtirish liniyasidan foydalanish bo’yicha eng yaxshi hamkor deb e`tirof etildi. Tadbir doirasida “Qishloq Qurilish Bank” ATB bilan Islom taraqqiyot banki guruhi tashkilotlari o’rtasida “O’zaro hamkorlik shartnomalari” imzolandi.
Bank tizimi mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, davlatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotining barcha muhim ahamiyatga ega, chunki har qanday mamlakatning bank tizimi iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, aholi, davlat hokimiyati organlari bilan o'zaro hamkorlik qilib, ularga muayyan ta'sir ko'rsatadi.
Milliy bank tizimi rivojlanishini ta`minlashning zamonaviy usullaridan foydalanish hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkibiy o`zgarishlar jarayonida zaruriyat hisoblanmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ushbu zaruriyat haqida quyidagicha ta’kidlaganlar: “Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirmasdan turib, “yashirin iqtisodiyot”dan to’liq xalos bo’la olmaymiz. 2018-yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik subyektlari o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash masalalariga asosiy e’tiborni qaratish zarur”9.
Bankning iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir qiluvchi omillar:

  • Yuqori sifatli aktivlarni tashkil etish va daromadlilikning doimiy maqsadli darajasini taxminlash imkonini beradigan tavakkalchilikning faqat shunday xarakteriga yo‘l qo‘yish;

  • Yuqori sifatli kredit portfelini ta’minlovchi kredit xodimlarining yuqori malakali jamoasini tashkil etish;

  • Bankning strategik maqsadlariga muvofiq keladigan iqtisodiy jihatdan istiqbolga ega, rentabelli loyihalarni moliyalashtirish uchun ssudalar berish;

  • Kredit resurslarini jalb etish muddatlaridan kelib chiqqan holda kreditlashni amalga oshirish;

  • Bank mijozlari bilan uzoq muddatli, daromad keltiruvchi munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish;

  • Yuqori darajada raqobATB ardosh, biroq kreditlashning asossiz, shuningdek, bank amaliyotida vaqtinchalik istiqboli bo‘lmagan usullardan foydalanishdan chekinish.

Shuningdek, har bir mamlakat iqtisodiyotining qon tomiri, deb e’tirof etilgan bank tizimi aynan bank aktivlarini to’g’ri boshqarish, bank mijozlariga xolisona xizmat ko’rsatish, to’lovga qobiliyatlilik darajasini haqqoniy baholash, bank siyosatini odil yuritilishi, valyuta operatsiyalarining oqilona tashkil qilinganligi, bank zaxira kapitalini samarali boshqarish kabi masalalarga bog’liq. Ma’lum bir darajada global inqirozning asoratlarini kamaytirish sharoitida mamlakat bank tizimini barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida jahon mamlakatlari miqyosida orttirilgan tajribalarni o’rganish va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik hamda ular erishgan yutuqlarni tijorat banklari amaliyotiga joriy yetish maqsadga muvofiqdir.


Xulosa
Ishlab chiqarish amaliyot ishim bo’yicha shuni xulоsа qilishim mumkinki, mаmlаkаtimiz iqtisоdiyоtining yеtаkchi tаrmоg‘i bо‘lmish bаnk tizimimiz bugungi kun zаmоn tаlаbigа jаvоb bеrishi uchun о‘z fаоliyаtidа zаmоnаviy tеxnоlоgiyаlаrni qо‘llаshi birinchi dаrаjаli dоlzаrb mаsаlа hisоblаnаdi. Shundаy zаmоnаviy tеxnоlоgiyаlаr аsоsidа mаsоfаviy bаnk xizmаtlаri, xususаn Intеrnеt-bаnking xizmаtining fаоl jоriy еtilishi еng muhim mаsаlа еkаnligi shubhаsiz. Xо‘jаlik yurituvchi sub’еktlаr, kichik biznеs vа xususiy tаdbirkоrlik sub’еktlаri tоmоnidаn еlеktrоn tijоrаt vа еlеktrоn tо‘lоvlаr imkоniyаtlаridаn оqilоnа fоydаlаnilgаnligi tufаyli tijоrаt ishidа hаmkоrlаrni tоpish, shаrtnоmаlаrni tuzish, tаshqi bоzоrgа tеzkоr chiqishdа kеng imkоniyаtlаr yаrаtilib, ushbu imkоniyаtlаr ulаrning rаqоbаtbаrdоshligini оshirishdа аsоs bо‘lib xizmаt qilmоqdа. О‘z nаvbаtidа, bundаy hоlаt milliy iqtisоdiyоtimizning bаrqаrоrligini tа’minlаmоqdа. Shundаy еkаn, ushbu sоhаni yаnаdа kеngаytirish, bаnk mijоzlаri uchun qulаy imkоniyаtlаr yаrаtishdа tinmаy izlаnishlаr оlib bоrish lоzim, dеb о‘ylаyman. Bizga ma’lumki, har bir sohada raqobat muhiti mavjud bo’lganidek, bank tizimida ham raqobat mavjud, ya’ni baklarimiz mijozlar jalb qilish borasida raqobatlashishadi. Shunday ekan, banklarimiz doimo mijozlarga qulaylik yaratib, ularning e’tiborini qozonish maqsadida yangi zamonaviy bank xizmatlarini taklif qilib borishlari zarur.
O’zbekiston Respublikasi hududida har bir mijozining bank xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, mamlakatimiz bank tizimining uzluksiz va barqaror faoliyat ko’rsatishiga ko’maklashish, aholi omonatlarini saqlash hamda ularni tadbirkorlik va qishloq xo’jaligiga investitsiya qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga o’z hissasini qo’shish.
O’z vazifalarini bajarish jarayonida bank quyidagi asosiy tamoyil va qadriyatlarga tayanadi:
Moliyaviy xavfsizlik — “Qishloq Qurilish Bank” o’z aktivlarini barqaror tarzda o’sib borishini ta`minlovchi oqilona va o’rinli bank tavakkalchiligi siyosatini amalga oshiradi.
Obro’-e`tibor — “Qishloq Qurilish Bank” ishonchli va nufuzli kredit-moliya instituti obro’sini saqlashga intiladi.
Individual yondashuv — bank xodimlari har bir mijoz bilan alohida ish yuritadi, uning bank xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini to’laligicha qondirish, ish yuritish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berishga harakat qiladi.
Mijozlar — har bir mijozga, uning bankdagi hisobining hajmi va faoliyat doirasiga bog’liq bo’lmagan tarzda, bank xodimlari yuqori sifatli bank xizmatlarini ko’rsatadilar.
Bank jamoasi — “Qishloq Qurilish Bank” o’z xodimlarini qadrlaydi va ularda tashabbuskorlik, mas`uliyat va ishchanlik kabi qobiliyatlarining namoyon bo’lishiga shart-sharoitlar yaratadi.
Shuningdеk, umumiy xulоsа о‘rnidа shuni аlоhidа aytib o’tishim lоzimki, ilmiy-tadqiqot ishimda tа’kidlаb о’tilgаn bаrchа mаsаlаlаr “Qishloq Qurilish Bank” tizimining аmаliyоti uchun kеlаjаkdа judа muhim аhаmiyаt kаsb еtadi. Shundаy еkаn еndilikdа аynаn yangi raqamli bаnk xizmаtlаri joriy etilib, bаnklаr fаоliyаtining kеlаjаgini tаshkil еtuvchi tizimlаr sifаtidа kаttа sаhnаgа chiqqаndа ushbu yuqоridа bеrilgаn tаkliflаrning nаqаdаr аmаliyоtgа mоs kеlishini kuzаtishimiz mumkin bо‘lаdi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin