Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish


Amaliyot obyektining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə6/12
tarix25.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#70586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Qishloq Qurilish Bank ATB hisobot

3. Amaliyot obyektining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlashda faol ishtirok etayotgan “Qishloq Qurilish Bank” aksiyadorlik tijorat banki barcha ko’rsatkichlarning barqaror o’sishiga ham erishmoqda. Bu esa xalqaro va milliy reyting agentliklari tomonidan e`tirof etib kelinmoqda. Jumladan, o’tgan yili “Standard&Poor`s” xalqaro reyting agentligi tomonidan moliyaviy muassasaning rivojlanish istiqbollari bir pog’onaga ko’tarilib, “V/V” “barqaror” darajasida tasdiqlandi.
Joriy yilda ham bir qator muhim vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Xususan, 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasida qayd etilgan ustuvor yo’nalishlardan kelib chiqib, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida turli tadbirlarni amalga oshirish davom ettirilmoqda.
Respublika moliya bozorida o’z o’rnini mustahkamlash maqsadida “Qishloq Qurilish Bank” da 2019-2021 yillarga mo’ljallangan strategik rivojlanish rejasi ishlab chiqilgan bo’lib, mazkur strategiya asosida barqarorlikni ta`minlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanilyapti. Moliyaviy muassasaning bugungi kunda 20 ta filiali, 37 ta minibanki, 36 ta xalqaro pul o’tkazish, 23 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi va 43 ta kommunal, jamg’arma va maxsus kassasi orqali 22 mingdan ziyod yuridik hamda 600 ming nafardan ortiq jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yilgan. Zamonaviy menejment uslubida va belgilangan strategiya asosida ish yuritishga alohida e`tibor qaratilayotgani bois salmoqli natijalarga erishilmoqda.
Pirovardida 2019 yilning birinchi choragida bank aktivlari 3,5 trln. So’mni tashkil etib, ushbu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 trln. So’mga yoki 161 foiz ko’payishiga erishildi. Aktivlarning ko’payishi, asosan, kredit qo’yilmalarining 1,5 trln. So’m va jami bank kapitali 50,2 mlrd. So’mga ortganligi hissasiga to’g’ri keladi. Bankning likvidlilik, ishonchlilik, to’lovga qobiliyatlilik kabi asosiy ko’rsatkichlari barqarorligi ta`minlanib, jami kapitali 106 foiz o’sib, 924 mlrd. So’mni tashkil etdi.
Jumladan, joriy yilning o’tgan davrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun 314,4 mlrd.so’m, mikrokreditlarga 21 mlrd. So’m, ayollar tadbirkorligini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga 34,7 mlrd. So’m, oilaviy tadbirkorlik va xunarmandchilikni rivojlantirishga 24 mlrd. So’m, xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishga 110 mlrd. So’m miqdorida kredit mablag’lari ajratilgani bu boradagi ishlarning amaliy samarasidir.
Shuningdek, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi hamda davlatimiz rahbarining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga asosan, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish va ularning ish bilan bandligini ta`minlash hamda ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida jami 47,4 mlrd. So’m miqdorida mikrokreditlar yo’naltirildi. Pirovardida ko’plab ish o’rinlari yaratildi, ayniqsa, yoshlarning bandligi ta`minlandi.
Eng asosiysi, respublikamiz Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, ko’rsatiladigan xizmat turlarini kengaytirish maqsadida aholining shaxsiy ehtiyojlarini qondirishni moliyalashtirish uchun o’tgan yildan boshlab “Mikroqarz”, ya’ni QQB MOBILE mobil ilovasi joriy etilib, onlayn tarzda kreditlar ajratish yo’lga qo’yildi. Jami 7,7 mlrd.so’m miqdorida, shundan 52 mln. So’mi mobil ilova orqali onlayn tarzda mikroqarz berildi.
Joriy yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” davlat dasturi hamda 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasidagi belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, bank tomonidan ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qayd etish joizki, bankniig likvidlilik, ishonchlilik, to’lovga qobiliyatlilik kabi asosiy ko’rsatkichlari barqarorligi ta`minlangan bo’lib, uning jami kapitali joriy yil 1 iyul xolatiga 852,8 mlrd. So’mni tashkil etdi. O’z navbatida, bank kredit qo’yilmalari birinchi iyul holatiga ko’ra 1427,9 mlrd. so’mga yetdi.
Ayni damda eng muhim bo’lgan — tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida bank tomonidan birgina 2018 yilda 507,9 mlrd. So’m miqdorda mablag’ ajratildi. Bular orasida yosh tadbirkor uchun 2,4 mlrd. So’m, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandlikni rivojlantirish uchun 27,1 mlrd. So’m, servis sohasiga 260,0 mlrd. So’m, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga 1,9 mlrd. So’m, ishbilarmon ayollar rahbarlik kilayotgan korxonalarga 52,4 mlrd. So’m miqdorida kreditlar ajratildi. Mazkur sarmoyalar evaziga ko’plab yangi ish o’rinlari yaratilganini alohida ta`kidlash o’rinlidir.
Shuningdek, bank tomonidan Prezidentimizning joriy yil 23 martda qabul qilingan “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida yuzasidan ham qator ishlar qilingan. Jumladan, xizmat iste`molchilariga qulayliklar yaratish maqsadida bank tomonidan respublikaning har bir hududiy filiallarida terminallar o’rnatilib, ular orqali xorijiy valyutani naqd shaklda yechib olish mexanizmi joriy etildi. Shuningdek, bank tomonidan savdo va xizmat ko’rsatish shaxobchalariga o’rnatilgan 4 059ta terminallar orqali milliy hamda chet el valyutasidagi plastik kartalariga xizmat ko’rsatish imkoniyatlari yaratildi.
Tizimda “QQB MOBILE” mobil ilova joriy etilgan bo’lib, ushbu tizim orqali onlayn tarzda jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi kartalaridan pul mablag’larini muddatli omonatlarga o’tkazish, onlayn tarzda konversiya amaliyotlarini amalga oshirish kabi xizmat turlari ko’rsatib kelinmoqda. 2018 yil 1 iyul holatiga mobil ilova orqali bank mijozlari tomonidan 312,5 ming AQSH dollari sotildi va 121,8 mln. sum pul mablag’lari milliy valyutadagi omonatlarga joylashtirilgan. Masofaviy bank xizmatlari qamrovini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida “Internet-banking”, “SMS-banking” hamda “Mobil-banking” tizimlari foydadanuvchilari soni bir necha barobarga oshib bormoqda.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin