“MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH” KAFEDRASI
“_____________________” BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI H I S O B O T I
Bajardi:EK-59 guruh talabasi
Turmatov Islom
Rahbar: ________________
Toshkent-2022 Reja: Kirish . 1. “Qishloq Qurilish Bank” ATB Qumqo’rg’on tumani mintaqaviy filiali faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish.
2. “Qishloq Qurilish Bank” ATB Qumqo’rg’on tumani mintaqaviy filiali faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish .
3. “Qishloq Qurilish Bank” ATB Qumqo’rg’on tumani mintaqaviy filiali moliyaviy hisobotlari bilan tanishish.
4. “Qishloq Qurilish Bank” ATB Qumqo’rg’on tumani mintaqaviy filialining istiqboldagi rivojlanish yo`nalishlarini o’rganish.
Xulosa . Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish Men Turmatov Islom 2022-yil 6-iyun kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida biriktirilgan amaliyot rahbarim tomonidan amaliyot o’tash uchun zarur bo’ladigan barcha topshiriqlarni oldim va shu kuni «Qishloq Qurilish Bank” ATB Qumqo’rg’on tumani mintaqaviy filialiga yetib keldim. Amaliyotning dastlabki uch kunligida “Qishloq Qurilish Bank” faoliyati, bank faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishdim. Amaliyotning to’rtinchi kunida “ijro nazorati” bo’limining ish faoliyati bilan tanishdim va amaliyotimning qolgan kunini ushbu bo’limda o’tadim. Ushbu bo’limda amaliyotni o’tash davrida bankning barcha hujjatlarini, fuqarolardan kelgan murojaatlarni hamda ularga javob yozishni va bankning normativ-huquqiy hujjatlarini o’rgandim. Qolaversa mijozlarga xizmat ko’rsatish hamda bankdagi ish tizimini o’rgandim va bajargan ishlarimni amaliyot kundaligimda qayd etdim.
Ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini o’zlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda tanishuv amaliyotining o’rni beqiyos.
Amaliyot davomida institut tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni va amaliy ma’lumotlarni o’rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman.