Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish


Ushbu amaliyotning maqsadi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə2/12
tarix25.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#70586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Qishloq Qurilish Bank ATB hisobot

Ushbu amaliyotning maqsadi: nazariy bilimlarni amaliy ko’nikmalar bilan mustahkamlash.
Ushbu amaliyotning vazifalari: bank faoliyati haqida dastlabki bilimlarni egallash, tashkiliy tuzilishi va faoliyni o’rganishdir.
Bank – bu kredit-moliya muassasasi, bo’sh pul mablag’larini to’plash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimm
at baho qog’ozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shug’ullanadi.
O’zbеkistоn Rеspublikasi iqtisоdiyotida bоzоr munоsabatlarini qarоr tоptirish dоlzarb tadbirlardan bo’lgan pul, krеdit va bank tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga оshirishni taqоzо qildi. Bоzоr munоsabatlariga o’tish iqtisоdiy katеgоriya sifatida pulning, krеditning, fоiz, sоliq va bоshqa katеgоriyalarning mоhiyati va ahamiyatiga yangicha yondashish zarurligini taqоzо qiladi. Bоzоr munоsabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivоjlantirish, kеngaytirish va shu asоsda iqtisоdiy taraqqiyotga erishish krеditdan fоydalanishni, banklar faоliyatining samaradоrligini оshirishni, krеditdan fоydalanishda salbiy hоlatlarni оldini оlishni taqоzо qiladi.
Banklar faoliyatini huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasining 25.04.1996-yilda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni (2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan) orqali tartibga solinadi1.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: “Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi.”2 Shu borada ko‘rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6400 ta loyiha uchun 27 trillion so‘m kredit ajratildi3.

  1. Qishloq Qurilish Bank” ATB ning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni. “Qishloq Qurilish Bank” ATB Qumqo’rg’on tumani filialining tashkiliy strukturasi.

“Qishloq Qurilish Bank” aksiyadorlik-tijorat banki 1994-yil tashkil etilgan. Xozirda bankning asosiy maqsadlaridan biri axoli keng qatlamini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash borasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog'liqdir.
Hozirgi kunda bank «BB-» darajasidagi Fitch Ratings xalqaro reyting agentligining reytingiga egadir. Bu reyting mamlakat banklari orasida eng yuqorilardan biridir.
Bankning asosiy aksiyadorlari Moliya vazirligi va O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasidir.
Korporativmijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda “Qishloq Qurilish Bank” ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi4.
Soha parametrlari bo‘yicha mijozlar bazasining diversifikatsiya qilingan tuzilmasini shakllantirish, tarif siyosatining o‘rtacha bozor darajasiga yo‘naltirilganligi, uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va mijoz biznesini samarali qo‘llab-quvvatlash – mijozlar borasida bank olib boradigan siyosatning asosiy yo‘nalishidir.
Bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha hududiy tarmoqni kengaytirish bank faoliyatining mintaqaviy ekspansiyasi strategiyasida muhim omil sanaladi. “Qishloq Qurilish Bank” ATB ning barcha filiallari bank xizmatlari sonini ko‘paytirib, yangi mijozlarni jalb qilgan holda mintaqaviy bozorlarda faol ishlamoqda. Qayerda joylashganligidan qat'i nazar bankning barcha ofislarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari imkon qadar yuqori bo‘lishi va zamon talablariga to‘liq darajada javob berishi yo‘lida bank o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bank tizimida tATB iq etilgan zamonaviy axborot texnologiyalari filiallarda mijozlar Bank taqdim etadigan barcha xizmatlardan foydalanishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.
Bank xizmatlari ko‘rsatishning yagona standartlari tATB iq etilgan, bankning joriy faoliyati va xizmatlari to‘g‘risida axborot muntazam chop etib boriladi, shuningdek bank xalqaro va milliy ko‘rgazma va anjumanlarning faol ishtirokchisidir.Bankning turli assotsiatsiya, birja va kliring markazlariga a'zoligi unga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish, yangi va innovatsion bank xizmatlarini tATB iq etish jarayonlarida, shuningdek bank xodimlarining malakasini oshirish dasturlarida ishtirok etish imkonini beradi.
Bankning o‘z obro‘-e'tibori va mavqeini oshirishga intilishi so‘nggi yillardagi faol marketing va reklama faoliyatida namoyon bo‘lmoqda.
Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va bozor mexanizmlari samaradorligini oshirish lozim. “Qishloq Qurilish Bank” ATB ning xo‘jalik sub’ektlariga kreditlarni berishda, mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini qondirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bularning barchasi bankning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi.
Bankning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va raqobATB ardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki, bank milliy iqtisodiyotdan ajralgan holda, alohida sub’ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas.
Bankning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini, ya’ni ularning rolini real sektorni kreditlash munosabatlari misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Mamlakat real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud bo‘lib, ushbu ehtiyoj ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi. Inqiroz sharoitida iste’mol tovarlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar bahosining pasayishi, davlat buyurtmalari hajmining qisqarishi, debitorlarning to‘lovga layoqatsizligi korxonalarda qo‘shimcha moliyaviy resurslarga bo‘lgan kuchli talabni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Albatta, ushbu talab to‘lig‘icha banklarning kreditlari hisobidan qondirilishi, birinchidan, maqsadga muvofiq emas. Ikkinchidan, banklarda iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish uchun yetarli moliyaviy resurslarning taqchilligi paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, eng muhimi bank tomonidan berilgan kreditlarning to‘liq qaytmaslik xavfi, ya’ni kredit riski vujudga keladi. Shu bois, iqtisodiy inqiroz sharoitida banklarning kreditiga talab yuqori bo‘lsada, banklar kredit quyilmalari hajmini oshirishga moyillik sezishmaydi. Bu bankning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga emas, balki bankham tijorat muassasa sifatida asosiy e’tiborini iqtisodiy manfaatdorlik olishga qaratishini, eng muhimi bank risk asosida kreditsifatida beradigan mablag‘lari o‘z mablag‘lari emas, balki chetdan jalb qilingan boshqa shaxslarning mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritayotganligini unutmaslik lozim.
O‘z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobATB ardoshligi mamlakatda barqaror va samarali bank tizimining tashkil etilganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Bir so‘z bilan aytganda, banklar va milliy iqtisodiyot bir – biridan ayri holda rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular biri – birini to‘ldirgan holda, bir – biriga o‘zaro hamoxang tarzda rivojlanib va takomillashib boradigan iqtisodiy– moliyaviy sub’ektlar hisoblanadi.
Bank Kengashining bankni boshqarish vazifasini yanada samaraliroq amalga oshirish maqsadlari hamda bank faoliyatini nazorat qilish majburiyatlarini bajarish uchun bank Kengashi huzurida uning vakolatlariga kiruvchi eng muhim masalalarni ko‘rib chiqadigan va tavsiyalarni ishlab chiqadigan qo‘mitalar faoliyat ko‘rsatadi. (1-rasm)

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin