Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə5/12
tarix25.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#70586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Qishloq Qurilish Bank ATB hisobot

Moliya qo‘mitasi. Moliya qo‘mitasining funksiyalari quyidagilar hisoblanadi: Bankning adekvat to‘lovga layoqatliligida likvidlilik va daromadlilikning optimal nisbatini ta’minlash. Qo‘mitaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • bankning biznes-rejasi va siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • bankda likvidliligi bilan birgalikda olib boriladigan avtiv operatsiyalarning daromadliligini nazorat va tahlil qilinishi, hamda passiv operatsiyalarning xarajatdorligini ta’minlovchi, bank aktivlari va passivlari tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha uslublar, sxemalar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etish;

  • tahliliy ishlarni aktiv-passiv operatsiyalarni boshqarishga nisbatan zamonaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun adekvat ma’hlumotlar olinishini ta’minlaydigan darajada tashkil etish, muvofiqlashtirish va olib borish;

  • bankning bank xizmatlari bozorida va moliya bozoridagi jozibadorligini ta’minlash uchun innovatsion loyihalarni tashkil etish va muvofiqlashtirish.


2-rasm. “Qishloq Qurilish Bank” ATB ning tashkiliy tuzilmasi5.

3-rasm. “Qishloq Qurilish Bank” ATB Qumqo’rg’on tumani filiali ofisining tashkiliy tuzilmasi.

2. “Qishloq Qurilish Bank” ATB faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy – huquqiy hujjatlar tahlili
“Qishloq Qurilish Bank” ATB o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi va O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida» (yangi tahrirda), «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’grisida» (yangi taxrirda), «Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida» (yangi taxrirda), «Аktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunlari (yangi taxrirda) va boshqa qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ-huquqiy hujjatlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Ustan va bankning boshqa ichki hujjatlariga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni (Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan)ga amal qiladi6. Respublika hududida faoliyat yuritayotgan barcha banklar faoliyati ushbu qonun orqali tartibga solinadi. Ushbu qonunning 8-moddasiga ko’ra har bir bankning o’z ustavi bo’lib banklar shu ustav asosida faoliyat ko’rsatadilar. Usbu moddaga ko’ra bank ustavida:

  • bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va qayerda joylashganligi (pochta manzili);

  • bank operatsiyalarining ro‘yxati;

  • ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti;

  • bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar;

  • bank auditi tartibi, shu jumladan buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Bank ustavida, ushbu moddada belgilangan talablardan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak.
Bank ustaviga kiritiladigan o‘zgartishlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Ushbu qonunning 22-moddasida banklarning boshqaruv organlari faoliyati keltirib o’tilgan:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, bank kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlari hisoblanadi.
Bank kengashining burchlari quyidagilardan iborat:

  • omonatchilar va aksiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank faoliyatini, shu jumladan kreditlash va mablag‘larni investitsiyalashning to‘g‘riligini nazorat qilish;

  • bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo‘shatish;

  • bank kapitalining bir tekis o‘sib borishini ta’minlab turish;

  • bank siyosatini ishlab chiqish;

  • qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash.

Bank kengashi a’zolari kamida besh kishidan iborat bo‘lishi lozim. Aksiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi a’zosi bo‘lishlari mumkin.
Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi oldida hisobdordir.
O’zbekiston Respublikasining “Bank siri tog’risida”gi qonuni (30.08.2003 da qabul qilingan) bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, e’lon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat (qonunning 1-moddasi).
“Qishloq Qurilish Bank” ATB faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy – huquqiy hujjatlar qatorida o’z nizomi mavjud (tahriri: 27.01.2020 da amalga oshirilgan). Ushbu nizom 10 bo’lim va ushbu bo’limlar tarkibiga kiruvchi 98 ta banddan iborat. Ushbu nizomning 1-bandida: “Qishloq Qurilish Bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat ko’rsatuvchi kredit tashkiloti hisoblanadi.
Bank belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqini bermagan holda o’z filiallarini va boshqa alohida bo’linmalarini tashkil qilishga haqli, bank tomonidan ularga taqdim qilingan vakolatlar doirasida ularga huquqlar berishi mumkin.
Bankning filiallari va boshqa alohida bo’linmalari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan Kuzatuv kengashi qarori asosida tashkil qilinadi. Bankning filiallari va boshqa alohida bo’linmalari davlat tilidagi o’z nomi yozilgan dumaloq muhrga, shtampga va o’z nomidagi blankalarga ega.
Bankning filiallari va boshqa alohida bo’linmalari bank nomidan faoliyat yuritadilar. Bank o’z filiallari va boshqa alohida bo’linmalari faoliyati uchun javobgar bo’ladi. Filiallar va boshqa alohida bo’linmalar boshqaruvchilari bank tomonidan berilgan ishonchnoma asosida faoliyat yuritadilar. Bank nomidan ishonchnoma Bank boshqaruvi raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan beriladi.
Bankning filiallari va boshqa alohida bo’linmalari o’z faoliyatlarini Bank kuzatuv kengashi tasdiqlagan Nizom asosida amalga oshiradilar.
Bank O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning ruxsati bilan O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mamlakat tashqarisida sho’ba banklar va vakolatxonalar ochishi, filiallar tashkil etishi, banklarning kapitalida ishtirok etishi, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishi mumkin.
Sho’ba banklar hamda vakolatxonalar ular tashkil etiladigan mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq filiallar tashkil etiladi.
Bank bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug’urta faoliyati bilan shug’ullanishga haqli emas, Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonuni hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ushbu cheklov quyidagi hollarga nisbatan tATB iq etilmaydi:

  • bank kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimlarida foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan uskunani va unga doir dasturiy ta`minotni sotish yoki ijaraga berishga;

  • o’z aktivlarini sotishga;

  • chek daftarchalarini chiqarish, realizatsiya qilish va tarqatishga;

  • sug’urta tashkilotlari bo’lgan O’zbekiston Respublikasi rezidentlari nomidan sug’urta shartnomasi tuzilishini tashkil etish bo’yicha faoliyatni amalga oshirishga;

  • bank o’zi muassis bo’lgan yuridik shaxslarga o’z mol-mulkini mulkiy ijara (arenda) shartnomasiga muvofiq ijaraga berishga.

Bankka yuridik shaxslarni tashkil etish yoki yuridik shaxslarning ustan fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlarni yoki aktsiyalarni olish taqiqlanadi, bundan quyidagilar mustasno:

  • kredit, sugurta na lizing operatsiyalarini professional asosda amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;

  • moliya bozori infratuzilmasining bir qismi bo’lgan yoki banklarga axborot va maslaxat xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxslar;

  • qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;

  • bankning kafolati ostida qimmatli qog’ozlarni chiqarish va joylashtirish maqsadida mazkur bankning xorijda tashkil etiladigan sho’ba tashkilotlari:

Ushbu nizomning 12-bandiga ko’ra:
Bank o’z faoliyatida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradi:

  • pul mablag’larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish;

  • to’lovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqlarini ochmasdan amalga oshirish;

  • jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish;

  • kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o’z nomidan o’zining mablag’lari hamda jalb etilgan mablag’lar hisobidan berish;

  • chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar;

  • jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma bo’yicha mol-mulkni ishonchli boshqarish;

  • inkassatsiya va kassa xizmatlarini ko’rsatish;

  • uchinchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish;

  • uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (faktoring);

  • qimmatli qog’ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog’ozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;

  • affinlangan qimmATB aho metallar sotib olish va sotish, shu jumladan metallarni mas`ul saqlash hisobvaraqlarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy bo’lmagan) hisobvaraqlarini yuritish;

  • qimmATB aho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish;

  • hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish;

  • hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish;

  • lizing berish;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish;

  • moliyaviy operatsiyalar bilan bog’liq maslahat xizmatlari ko’rsatish;

  • aktivlar portfelini boshqarish;

  • elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va to’lash;

  • bank kartalarini berish va to’lovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat ko’rsatish.

Bank banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moliyaviy operatsiyalarni ham amalga oshiradi. Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko’rsatilmagan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqli emas.
Bank O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning (keyinchalik «Markaziy bank» deb yuritiladi) ruxsatnomasi olinganidan keyin xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq autsorsingga topshirish huquqiga ega.
2019-yil 11-dekabr holatiga ko`ra, qo`shimcha aksiyalarni joylashtirish hisobiga “Qishloq Qurilish Bank” ATB ning ustav fondi 1044185256468 so`mdan 1 641 728 456 17  so`mga yetdi.
Bank quyidagi huquqlarga ega (30-band):

  • omonatlar va beriladigan kreditlar bo’yicha foiz stavkalarini, qonun hujjatlariga asosan bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilash;

  • shartnoma asosida depozit va kreditlar shaklida boshqa banklarning mablag’larini jalb qilish hamda mablag’larni depozit va kreditlar shaklida boshqa banklarda joylashtirish;

  • hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish;

  • litsenziyada nazarda tutilgan boshqa moliyaviy operatsiyalarni bajarish; bank operatsiyalari bo’yicha to’lov miqdorini mustaqil belgilash;

  • qarzni to’lash bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorning bankrotligi to’g’risida ish qo’zg’atish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli;

  • litsenziyada, qonun hujjatlar va Bankning mazkur ustavida nazarda tutilgan, o’z moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan boshqa xatti-harakatlar va operatsiyalarni amalga oshirish.

Bank majburiyatlari quyidagilardan iborat (31-band):

  • mablag’larni Markaziy bankda zahiraga qo’yish va belgilangan prudentsial normativlarga rioya qilish bo’yicha Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarni bajarish;

  • kredit va lizing operatsiyalari bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash uchun Markaziy bank tomonidan, ichki bank hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda zahiralar tashkil etish;

  • garov (shu jumladan mol-mulk shaklidagi), beriladigan kafolatlar, kafilliklar va majburiyatlarning yetarliligini hisobga olgan holda beriladigan kreditlar ta`minlanishining ichki tartibini belgilash;

  • o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor etish;

  • bankda ichki audit departamentiga ega bo’lishini ta’minlash;

  • “tenglik” tamoyiliga rioya qilish, ya`ni barcha aktsiyadorlarga ularning ulushi, daromad darajasi, jinsi, irqi, dini, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar bir xil munosabatda bo’lishdir.

Quyidagilar Bankning boshqaruv organlari hisoblanadi (43-band):
- Аktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi;
- Bank kuzatuv kengashi;
- Bank boshqaruvi.
Bank kuzatuv kengashi va Bank boshqaruvi ushbu Ustav, bank ichki hujjatlari, Аksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qarorlari va qonun hujjatlarda berilgan vakolatlar doirasida bank faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Bank faoliyatini samarali tashkil etish va ustav kapitaliga xorijiy investorlarni jalb etish, Bankni boshqaruv organlari, mehnat jamoasi vakillari o’rtasida o’zaro munosabatlar tizimini ta`minlash Bank aksiyadorlarining umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlanadigan Korporativ boshqaruv kodeksi va bankning boshqa ichki hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Bank boshqaruvi qonun hujjatlari, mazkur Ustav, bankning ichki hujjatlari asosida harakat qiluvchi bankning kollegial ijro etuvchi organi bo’lib, faoliyat strategiyasi va uni boshqarish tizimiga muvofiq bankning faoliyatiga operativ boshqaruvni amalga oshiradi hamda bankning faoliyati uchun javobgarlikni to’liq zimmasiga oladi.
Bank boshqaruvi qonun hujjatlari, ushbu Ustav va bank ichki hujjatlari bilan Аktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi yoki Bank kuzatuv kengashi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish huquqiga ega emas.
Bank boshqaruv a`zolari Bank kuzatuv kengashi tomonidan bir yil muddatga tayinlanadilar. Bank boshqaruvi a`zolarini tayinlash xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo’lgan tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin.
Bank boshqaruvi a`zolari ishchanlik obro’siga, bank xatarlarini samarali boshqarish, o’z vakolatlari doirasida asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo’lgan tajriba, bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim.
Bank boshqaruvi 7 kishidan kam bo’lmasligi kerak. Bank boshqaruvi tarkibiga Boshqaruv raisi, uning o’rinbosarlari, bosh buxgalter va yuridik xizmati departamenti direktori kiradi. Bank boshqaruvi tarkibiga shuningdek, Bank kuzatuv kengashining qaroriga asosan bankning asosiy bo’linmalari rahbarlari kirishi mumkin.
Bank boshqaruvi raisi o’z lavozimiga Bank kuzatuv kengashining qarori bilan tayinlanadi.
Boshqaruv raisi va Boshkaruv a`zolari bilan shartnoma bank nomidan Bank kuzatuv kengashi raisi yoki Bank kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs tomonidan uzaytirish yokiuni bekor qilish mumkinligi to’g’risida har yili qaror qabul qilish sharti bilan bir yil muddatga imzolanadi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin