Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish


Amaliyot obyektining istiqboldagi rivojlanish yo`nalishlarini o’rganish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə7/12
tarix25.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#70586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Qishloq Qurilish Bank ATB hisobot

4. Amaliyot obyektining istiqboldagi rivojlanish yo`nalishlarini o’rganish
Bankning strategik maqsadi Respublika moliya bozoridagi etakchilik mavqeini hamda yillar davomida to’plangan boy tajribani saqlab qolishga qaratilgan. 2016 yilda “Qishloq Qurilish Bank” o’z faoliyatini yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga, xizmatlar sifatini yuksaltirishga, taklif etila yotgan xizmat turlarini bank mijozlari uchun qulay va manfaatli tarzda kengaytirishga, ishlab chiqarishni modernizasya va diversifikasya qilish jara yonlarida faol ishtirok etishga yo’naltiradi.
Bank rivojlanish strategiyasi:
Xalqaro standartlarga muvofiq bankning kapitallashuv, barqarorlik va likvidlilik darajalarini yanada oshirish.
Bank aktivlari, jumladan kredit portfelini yanada o’stirish va sifatini yaxshilash, xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish.
Jozibador omonatlarni joriy qilish va doimiy ravishda yangilab borish orqali aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bo’sh pul mablag’larining bank depozitlariga jalb qilinishini rag’batlantirish.
Yangi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish, korxonalarni modyrnizaciya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo’yicha investiciya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash mexanizmlarini, investiciya va kredit siyosatini yanada takomillashtirish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash orqali “Sog’lom ona va bola yili” Davlat Dasturini amalga oshirishda ishtirok etish.
Strategik investorlarga sotish maqsadida Bank balansiga qabul qilingan iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash.
Aholi va xo’jalik sub’ektlariga ko’rsatilayotgan moliya-bank xizmatlari hajmi va turlarini kengaytirish.
Moliya-bank hisobi va hisobotini yuritish bo’yicha bankda zamonaviy texnologiyalar va uslublarni ishlab chiqish hamda amalga joriy qilish, moliya-bank va kredit axborotlari sifati darajasini oshirish, undan keng ommaning foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.
“Qishloq Qurilish Bank” ATB Respublika moliya sohasida eng jadal rivojlanayotgan muassasalardan biri sifatidagi maqomi saqlanib qolayotganligi va tobora mustahkamlanayotganligi, bank faoliyatining universalligi, keng mijozlar bazasi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, filiallar tarmog’ining rivojlanganligi va kapitallashuv darajasining yuqoriligi – bularning barchasi tayanch tarmoqlar korxonalari va tadbirkorlar moliyaviy faoliyatini yanada yaxshilashga hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini to’liq bajarishga xizmat qiladi.
“Qishloq Qurilish Bank” ATB bugungi kunda 20 filiali va 39 ta mini-banki orqali mamlakatimizning barcha hududlarida yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko’lamli xizmatlar ko’rsatib kelmoqda. Mijozlarga tezkor va qulay xizmatlar ko’lamini kengaytirish, eng avvalo, bank jozibadorligi va unga bo’lgan ishonchni oshirishga olib keladi. Bu borada “Qishloq Qurilish Bank” ATB chakana xizmatlar bozorining eng jadal rivojlanayotgan segmenti, ya’ni plastik kartochkalar ommabopligini oshirish maqsadida, mijozlarga turli yechimlardagi kartalarni taklif etadi.
Jumladan, “Qishloq Qurilish Bank” ATB 2019 yil boshidan NFC (kontaktsiz aloqa) tizimida ishlovchi “Mastercard” xalqaro plastik kartalarini to’laqonli emissiya qilishni boshladi. Shu turdagi kartalarga “QQB MOBILE” mobil ilovasi orqali cheklanmagan miqdorda xorijiy valyuta sotib olish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, “Qishloqqurilishbank” ATB ning barcha terminallari hamda 24/7 rejimida ishlovchi bankomatlari orqali naqd xorijiy valyutani yechib olish imkoniyati yaratilgan.
Shu bilan birga, “Mastercard” kartalarining keng imkoniyatlarini yetkazib berish maqsadida, “Mastercard Europe S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda aksiyalar tashkillashtirilib kelinmoqda. Mazkur aksiyalar doirasida 7000 ga yaqin mijozlarga bepul Mastercard kartalari ochib berildi hamda 90 dan ziyod mijozlarga har xil turdagi maxsus sovg’alar taqdim etildi. Hozirda asosiy sovg’a Neksiya III yengil avtomobili o’z egasini kutmoqda. Kelajakda “Mastercard Europe S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda ko’plab shu turdagi aksiyalar o’tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, «Qishloq Qurilish Bank” ATB “Visa Classic”, “Visa Gold”, korporativ mijozlar uchun “Visa Business” kartalari hamda milliy valyutadagi “Humo” va “UzCard” kartalarini ham mijozlarga taklif etadi.
Bundan tashqari, O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va hamkorlik ruhida ijobiy sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda. Shu o’rinda, Xitoy Eksimbanki kredit liniyalarini jalb etish sohasidagi hamkorlikni alohida ta`kidlab o’tish kerak.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 02 maydagi “2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida”gi PQ-2947-sonli Qaroriga muvofiq 2017 yildan «Qishloq Qurilish Bank” ATB tomonidan gidroelektrostansiyalar qurilishi va ularning modernizatsiya qilish bo’yicha jami 9ta loyihalarni moliyalashtirish maqsadida, Xitoy Eksimbankining umumiy qiymati 144,4 mln.AQSH dollariga teng kredit liniyalari jalb etildi.
Bugungi kunda «Qishloq Qurilish Bank” ATB Qumqo’rg’on tumani filiali o’zida mijozlariga maksimal darajada keng ko’lamli moliyaviy xizmatlarni taklif etuvchi, ma’suliyatli hamda barqaror tashkilot degannomga ega universal moliyaviy institutdir. Ko’p yillik mehnat tajribasi bankka mijozlarning salmoqli sonini shakllantirishga imkon berdi. So’nggi yillar davomida kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni, kasanachilikni, yosh oilalarni va kollej bitiruvchilarini qo’llab- quvvatlash bo’yicha davlat dasturlarida ishtirok etishning ijobiy tajribasi orttirildi.
Bank biznes ko’lamini barqaror o’sishini namoyish etmoqda va aktivlar va
mablag`lar hajmi va o’z moliyaviy natijalari va infratuzilmasining ko’lami
bo’yicha mamlakatimizning yirik banklari qatoridan joy olishga muvaffaq bo’ldi.
Ushbu o’sish O’zbekiston Respublikasi bank sohasining jadal rivojlanishi
sharoitida ro’y berdi.Bugungi kunda bank o’zida mijozlariga keng ko’lamli xizmatlar taklifetuvchi universal moliyaviy institutni kasb etadi.
Soha rivojlanishining ushbu bosqichida faqat an’anaviy bank mahsulotlaribilan amaliyot o’tkazish evaziga muvaffaqiyatga erishish ancha mushkul. Zamonaviy bank sohasida texnologiyalar va mijozlar istaklari tez sur’atlar bilano’zgarmoqda, iqtisodiyot kundan-kunga narx-navoning o’zgaruvchanligiga va mavhumligiga duch kelyapti, banklar o’rtasidagi raqobat oldingiga nisbatan ancha kuchli, tartibga solishda talabchanlik ortmoqda, bank biznesining rentabelligi qisqarmoqda.
Shu munosabat bilan, bank rahbariyati tomonidan, bankni zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan moliya institutga aylantirish bo’yicha ushbu strategik reja ishlab chiqilgan edi.
Bozorda faoliyat yuritish mobaynida bank tomonidan o’tkazilgan ishlar:

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin