LYUDVIG BOLTSMAN
Boltsman 1844 yilda Avstriya poytaxti
Venada tug„ildi. Vena universitetida tahsil
olgan. Universitet professorlaridan biri Yozef
Stefan
uni
Maksvellning
issiqlikning
molekulyar nazariyasi bilan tanishtiradi. 1896
yilda
Boltsman
Avstriyaning
Grats
universiteti matematik fizika kafedrasida
ishlay boshlagan. Olim ideal gazdagi
molekulalar taqsimlanishi haqidagi Maksvell
g„oyalarini rivojlantirdi. Hozirda ushbu
taqsimot Maksvell-Boltsman taqsimoti deb
yuritiladi. Bunga ko„ra, muayyan impulsli
molekulaning muayyan hajm elementida
mavjudligi ehtimoli tavsiflanadi. 1872 yilda
olim gaz molekulasining vaqt bo„yicha
taqsimlanish
evolyutsiyasi
funksiyasini
ifodalovchi tenglamani keltirib chiqardi. U fanda Boltsman tenglamasi nomi bilan mashhur
bo„lib, nazariy fizikaning eng muhim amaliy natijalaridan biri hisoblanadi. 1877 yilda
Boltsman quyidagicha ilmiy xulosaga keladi: molekulaning ε energiyaga ega bo„lishining
ehtimolligi,
natijaga proporsional bo„lib, bunda
T
–harorat,
k
– konstanta. Bu
xulosada u shunday taxminni ham ilgari suradi: ε energiya faqat diskret qiymatlar qabul
qilishi mumkin. Boltsmanning bu fikri esa, kvant nazariyasiga juda yaqin kelganini
ifodalaydi va ushbu nazariyaning ilk kurtaklaridan biri sifatida qaralishi mumkin. Bir necha
yillar o„tib, Maks Plank aynan Boltsmanning tadqiqotlaridan o„z ilmiy ishlarida foydalandi.
Boltsman olmon ilm-fanida katta obro„ga ega olim bo„lib, u Garts universitetida rektor,
Myunxen universitetida matematik fizika professori, Leypsig universitetida nazariy fizika
professori, Vena universitetida esa falsafa professori (PhD) unvonlariga ega bo„lgan. U
olmon ilm-faning yetuk namoyondalari bilan, moddaning atom nazariyasi borasida uzoq va
samarali ilmiy munozaralar olib borgan. Taxminlarga ko„ra, ayrim olimlar tomonidan
uning molekulyar-kinetik nazariyasi keskin va beayov tanqid qilinishi tufayli, Boltsman
kuchli asabiy zo„riqishlarga uchragab ruhan tushkunlikka tushib qoladi. U umrining so„nggi
yillarida astma kasali bilan og„rib qolgan edi. 1906 yili davolanish uchun ta‟til olib
Italiyaning Duini shahriga jo„nab ketgan Lyudvig Boltsman, shu shahardagi
mehmonxonalardan birida o„z joniga qasq qilib hayotni tark etadi...
33
Ba‟zi olimlar Plankning ushbu fikrlaridan, ilm-fanda olimlar faqat o„zlari xayrixoh
bo„lgan g„oyalarnigina tadqiq qilishadi, aslida ilmiy nazariyalarning obyektiv
mohiyati unchalik ham yaqqol ko„zga tashlanmaydi degan bo„lmag„ur fikrning isboti
sifatida foydalanishga urinadilar. Albatta, Har bir tadqiqotchi o„z zamonasining
farzandi bo„lishini inkor etib bo„lmaydi. Lekin bu degani, olimlar o„zi istagan
narsanigina ko„radi xolos, xulosalarni esa faktlar asosida chiqarmaydi degani emas.
Bu o„rindagi Plankning gaplarini o„zining yuqoridagi munozaralarni va
Boltsmanning achchiq taqdirini esalsh asnosidagi zaharxanda tarzida qarash lozim.
Shu bilan birga, Plankning aynan o„zi, o„z ta‟limotining eng ashaddiy tanqidchisi,
ta‟bir joiz bo„lsa, raddiyachisi bo„lgan hamdir. Olim o„zi barpo qilgan kvant
nazariyasining eng buyuk namoyondasi bo„lishiga qaramay, uning o„zi mazkur
nazariyaning ko„plab fundamental g„oyalari bilan murosa qila olmagan. Biroq, undagi
ko„pochilik hurmat qiladigan chin insoniy hislatlardan biri shu ediki, Plank o„zining
ilmiy qarashlari bilan qarama-qarshi fikrdagi olimlar bilan ham do„stona
munosabatlarni saqlab qolardi. U o„zining farzadni kabi bo„lgan kvant nazariyasiga
zid tamoyillarni o„zi ilgari surganida, unga e‟tiroz bildirgan, raddiyalar bergan va
tanqid qilgan boshqa ilmiy tadqiqotchilarga boykot e‟lon qilmasdi, aksincha, ularni
ham qo„llab-quvvatlab, kerakli o„rinda yordam ko„rsatib, agar oqibatda ular haq
bo„lib chiqishsa, buni oshkora e‟tirof etar va o„z xatosini tan olardi.
Muayyan fizik jarayonning, masalan bizning hiyobon bo„ylab sayrimizning qaytar
yoki qaytmas jarayon ekanligini aniqlash uchun, uni videotasmaga yozib olib, teskari
tartibda qayta ko„rish kerak. Agar vaqt yo„nalishi o„zgarganida ham,
ko„rayotganlarimiz bizga odatiy, me‟yoriy narsadek ko„rinsa, demak bu qaytar
jarayon, aksincha, agar u kulgili va g„ayrioddiy tuyulsa demak bu qaytmas jarayon
bo„ladi. Tasavvur qiling, suv quyilgan stakanni otib yubordik. Stakan yuqoriga
chiqib, eng baland nuqtasiga yetgach parabola chizib qayta qulay boshlaydi. Yerga
urilgach minglab shisha siniqlarga parchalanib sochilib ketadi. Shu jarayonni
videotasmada qayta ko„rib chiqamiz. Dastavval biz, stakanning qo„limizdan chiqib,
yuqoriga ko„tarilib, pastga tushishi jarayonini yerga urilishgacha bo„lgan qismini
qayta ko„ramiz. Tasmani teskari aylantirsak ham, stakan yerdan qayta ko„tarilib,
qaytib qo„limizga kirib qoladi. Bunday harakat trayektoriyaning har ikki yo„nalishida
imkonlidir, ya'ni, u bizning qo„limizdan uchib chiqib yerga tushishi va yerdan
yuqoriga ko„tarilib, qayta qo„limizga kirib qolishi mumkin. Stakanning ko„tarilishi va
qulashi – qaytar jarayonlardir.
34
Ushbu harakatlar Nyuton mexanikasi qonunlariga amal qiladi. Unga ko„ra esa
vaqtning oldinga yoki, orqaga yo„nalganligini aniqlashning imkoni yo„q. Ular har
ikkala yo„nalish uchun o„rinlidir. Aynan shu qonunlar sayyoralarning harakatini ham
boshqaradi. Agar biz biror sayyoraning Quyosh atrofidagi orbital harakatini kuzatsak,
biz uning orbital miqyosdan tepadan, vaqt bo„yicha oldinga harakatlanayotganini,
yoki, orbital miqyosdan psatdan, vaqt bo„yicha teskari harakatlanayotganini aniq
tasdiqlay olmaymiz.
Endi stakanning yerga urilib, minglab bo„laklarga parchalanib ketishini qayta
ko„ramiz. Ko„rganimiz esa bizga g„alati tuyuladi: kundalik hayotda axir hech qachon
singan stakanning siniq parchalari qayta birlashib, bus-butun holatga qaytib
qolmaydi, to„g„rimi? Ya'ni, stakanning parchalanish jarayoni qaytmas jarayondir.
Unda Nyuton mexanikasi qonunlaridan tashqari yana nimanidir ta‟siri mavjud. Bu
nimadir bizga vaqtning oldinga yoki, teskariga qarab yo„nalganini aniqlashga, tabiiy
yo„l bilan tushunishga ko„mak berishi kerak.
Kundalik hayotdagi aksariyat jarayonlar qaytmas jarayonlardir. Ishqalanish va
tutashishni e‟tiborga olmasa ham bo„ladigan, ya'ni, energiyaning issiqlikka aylanishi
kuzatilmaydigan ayrim hodisalargina qaytar jarayonlar bo„ladi. Qaytmaslik
borasidagi
masalalar,
termodinamikaning
dastlabki
ikki
bosh
qonuni
shakllantirilganidan buyon fiziklarning diqqat e‟tiborini o„ziga tortib keladi.
Avstriyalik fizik Lyudvig Boltsman, ushbu fenomenning (qaytmaslikning) mohiyatini
chuqur anglardi va unga issiqlikning molekulyar nazariyasi nuqtai-nazariga asoslanib
tushuntirishlar ishlab chiqqan edi.
Bu nazariyaga ko„ra, barcha issiqlik hodisalari, moddani tashkil etuvchi atom
hamda molekulalarning mikroskopik harakatlarining natijasi sifatida qaraladi. Shunga
ko„ra, gazning o„zi saqlanayotgan idish devorlariga ko„rsatayotgan bosimi, idish
devorlariga kelib urilayotgan molekulalarning to„qnashuv va sapchish kuchlarining
o„rtacha qiymatining ifodasi sanaladi. Gaz molekularning o„zini esa, to„xtovsiz
betartib xaotik harakat qilib, o„zaro to„qnashib turli tomonlarga uchib yuradigan
tarzda tasavvur etish lozim. Jismning harorati esa mazkur xaotik harakatning ifodasi
hisoblanadi.
Issiqlikning molekulyar nazariyasida, termodinamik fenomenlar sodda
mexanikaviy izoh bilan tushuntiriladi. Masalan biz, qaynoq va sovuq jismlarni
yonma-yon qo„ysak, qaynoq jismning molekulalari, o„zaro to„qnashuvlar orqali,
o„zining kinetik energiyasini sovuq jism molekulalariga uzatadi. Qaynoq jismning
harorati balandligida nisbatan faol va tez harakatlangan molekulalari endi sustroq va
sekinroq harakatlana boshlaydi va aksincha, sovuq jismning molekulalari faollikni
oshiradi. Jismlarning haroratlari o„zaro tenglashgach esa, ularning molekulalarining
o„rtacha tezliklari ham muvozanatlashadi.
35
Issiqlikning molekulyar nazariyasida,
tabiatdagi
barcha
jarayonlarning
qaytmasligi haqidagi masala mavjud
edi. Basharti, barcha issiqlik hodisalari
molekulalarning
harakati
mahsuli
ekan, unda nyutoncha mexanikadagi
mohiyatan
qaytar
jarayonlar
qanaqasiga imkonli bo„lishi mumkin?
Energetikachilar hamda issiqlikning
molekulyar
nazariyasiga
qarshi
bo„lgan tanqidchilar uchun aynan shu
fenomen hujjat-dalil bo„lib xizmat qilardi. Plank ham aynan ushbu omilga ko„ra, o„z
kasb karyerasi boshlangan ilk davrlarda energetikachilar tarafida turgan va
Boltsmanga muxoliflik qilgan.
Lekin Boltsmanning ham o„z javobi bor edi: «
Dostları ilə paylaş: |