Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining burchi. Bu masalada quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
1. Tarbiyaviy ma’suliyatlik. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlar uchun eng ma’sul shaxsdir. Bunda u gʻoyaviy, ma’naviy , ahloqiy , jismoniy, estetik kabi shakllanishlarga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlarni vijdonan, halol va ongli ravishda tashkil qilish kerak.
2. Malakaviy mahoratlik. Sinf rahbari sinfda tashkil qilinadigan tarbiyaviy ishlarni yuksak va mahorat bilan yoʻlga qoʻyishi shart. Aks holda sinfda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar kutilgan darajada kechmaydi.
3. Ijtimoiy javobgarlik. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlar uchun jamiyat va shaxs oldida javobgar hisoblanadi. Chunki unga bu faoliyat ishonib topshirilgan.
Zero, sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi burchi Ma’suliyat, Malaka, va Javobgarlik bilan belgilanadi. Negaki kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, oʻquvchi koʻp hollarda sinf rahbarini barchadan koʻra eng yaqin doʻsti, sirdoshi va maslahatchisi deb biladi. Bunday ishonch sinf rahbaridan tarbiyaviy ishlar jarayonini oqilona tashkil etish va olib borishni tqozo etadi. Shu ma’noda sinf rahbari oʻz burchini bajarish jarayonida:
1) bor imkoniyatlar va vositalar yordamida oʻqituvchilar va maktab jamoasi bilan sinfda olib boriladigan oʻquv tarbiyaviy ishlarda hamkorlik qiladi.
2) oʻquvchilar jamoasini shakllantirish va bu jamoani tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi;
3) oʻqituvchilar va oʻquvchilarning hamkorligini ta’minlaydi;
4) oʻqituvchilar, maktab jamoasi va mutaxassislar ishtirokidasinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boradi;
5) sinfning tashqi olam bilan koʻp tamonlama aloqalarini yoʻlga qoʻyadi va tartibga solib turadi.
Bularning barchasi sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi burchi hisoblanadi. Bu hol sinf rahbarini tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi va oʻquvchilar Ustozi sifatida namoyon qiladi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonidagi sinf rahbari burchining mazmuni ma’naviy tarbiya ishlarini tashkil qilish bilan bogʻliq. Unga koʻra, umumta’lim maktabi oʻquvchilari “kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli yashash ” uchun layoqatli boʻlib voyaga yetishlari kerak. Buning uchun sinf rahbarining hushyorlik , sezgirlik, qatiyatlik va ma’suliyatlik tamoyillariga asosan tarbiyaviy ishlarni yoʻlga qoʻyilishi taqozo etiladi.
Qachonki tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari oʻz burchini bajarsa, kutilgan natijaga erishish mumkin. Shu ma’noda boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻz sinfi uchun oʻqituvchi va Ustoz, yuqori sinf rahbarlari oʻquvchilar uchun Ustoz va oʻqituvchi hisoblanadi. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarda oʻz burchini bajarmasa, sinfda ma’naviy muhit ayniydi, ta’lim samaradorligi susayadi va oʻquvchilarning ahloqiy rivojlanishiga darz ketadi.
3. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining vazifalari. Umumta’lim maktablarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar jarayonida keng koʻlamlixususiyatga ega. Lekin ulardan gʻoyaviy, ma’naviy- ahloqiy, jismoniy, estetik, fuqorolik kabi tarbiyaviy ishlar eng asosiylari hisoblanadi. Shu ma’noda tarbiyaviy ishlar jarayonidagisinf rahbarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- tarbiya ishlarini insonparvar, demokratik va dunyoviy xarakterda yoʻlga qoʻyish;
- tarbiyaviy ishlar rejalari va dasturlarini davlat ta’lim standartlariga mos ravishda yagona va tabaqalashtirilgan tarzda ishlab chiqish;
- oʻquvchilarning layoqati, qobiliyati va istedodini oʻstirishni tashkil qilish;
- tarbiyaviy ishlarni maqsad-muddaoli, rejali va tizimli yoʻlga qoʻyish;
- oʻqituvchilar, maktab jamoasi, ota-onalar qoʻmitasi, “Kamalak“ bolalar tashkiloti va Yoshlar ittifoqi yetakchilari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilikning tarbiyaviy ishlardagi hamkorligini uyushtirish;
- oʻquvchilarda gʻoyaviy sobitlik, ma’naviy barkamollik, ahloqiy yetuklik, jismoniy sogʻlomlik koʻnikmalarini voyaga yetkazishga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlarni olib borish.
Zero, sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi vazifalari eng muhim muammolarni qamrab olishi bilan xarakterlanadi. Bu vazifalar hozirgi kunda “mafkuraviy, gʻoyaviy va informasion kurashlar kuchayib borayotganligi” [5,3] Bilan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu ma’noda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 25 avgustdagi PQ -451-sonli “ Milliy gʻoya targʻiboti va ma’naviy ma’rifiy ishlar samarodorligini oshirish toʻgʻrisidagi” Qarorga binoan sinf rahbari tarbiyaviy ishlar jarayonidagi vazifalarning ijtimoiy ahamiyatini quyidagicha belgilash mumkin:
1. Hozirgi murakkab davrda sinf ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarni zamon talablari asosida tashkil qilish;
2. Oʻquvchilarni turli gʻoyaviy, ma’naviy, mafkuraviy va ahloqiy hurujlardan himoya qilish;
3. Oʻquvchilarning hayotga ongli va mustahkam pozitsiyali munosabatini shakllantirish;
4. Oʻquvchilarning yor atrofda yuz berayotgan voqyealarga dahldorlik hissini tarkib toptirish.
Shunday qilib tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining vazifalari boʻlishi muhim ijtimoiy va pedagogik ahamiyatga ega. Buning sinf rahbari tarbiyaviy inkor jarayonining tashkil qilishda aniq rejani chorarakning muddati mos ravishda quyidagi shaklda tuzish mumkin: