10- Maktabgacha taʼlim tashkiloti til oʻqituvchisi
10-01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar: Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi.
10-02. Til oʻqituvchisining mashgʻulot jadvali va ish rejasi. Til oʻqituvchisining Mashgʻulot jadvali tashkilotdagi guruhlar sonini inobatga olgan holda kun davomidagi aniq vaqtlari belgilab olinadi. Jadvalni quyidagi koʻrinishda tuzish tavsiya etiladi.
namuna “Tasdiqlayman”
25-MTT direktori
D.Maxmudova
“ “ avgust 2023-yil
2023-2024 oʻkuv yili uchun til oʻqituvchisi faoliyatini tashkil etish jadvali
Oʻtkaziladigan vaqti
10:00-10:30
10:30-11:00
11:00-11:30
11:30-12:00
12:00-13:00
Hafta kunlari
Guruhlar raqami
Dushanba
Seshanba
Chorshanba
Payshanba
Juma
Til oʻqituvchisining ish rejasi yillik va kundalik ish rejasini rejalashtirish oʻquv dasturi asosida bola yoshini inobatga olgan holda oʻquv yili uchun quyidagi koʻrinishda tuziladi;
Namuna “Tasdiqlayman”
25-MTT direktori
D.Maxmudova
“ “ avgust 2023-yil
Til oʻqituvchisi faoliyatining 2023-2024 oʻquv yili uchun mavzuli rejasi
№
Mavzu
sana
Kundalik mashgʻulotlar ish rejasi yillik ish rejadagi mavzular asosida faoliyat ishlanmasi tarzida tuziladi, MTT direktori yoki metodist tomonidan koʻrib chiqib tasdiqlanadi.
11 – Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi
11-01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar: Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari. “Ilm yoʻli” variativ dasturi, “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi, 2-7 yoshli alohida ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan oʻquv dasturi.
11-02. Bolalar davomatini qayd etish daftari, (tabel, filtr va ota-onalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar): Tarbiyachi tomonidan yuritiladigan tabel, filtr daftari bir-biriga uzviy bogʻliq boʻlib, ular bolalarni qabul qilish va qatnovini nazorat qiluvchi hujjatlar hisoblanadi. Daftarda otaonalar haqidagi maʼlumotlar ham qayd etiladi. Daftarlar umumiy bitta boʻlishi yoki 3 ta daftar alohida yuritilishi mumkin, alohida yuritilganda, ularning har biriga 11-02 raqami qoʻyiladi. Daftarlarning yuritilish tartibi ommaviy turdagi MTT tarbiyachilari tomonidan yuritilishiga oʻxshab tuziladi (05-03ga qaralsin).
11-03. Pedagoglarning oʻzaro hamkorlik daftari: Pedagoglar bilan oʻzaro hamkorlik ish rejasi mutaxassislar oʻrtasida oʻzaro yuritilib, bir-birlarini toʻldirishga qaratilgan boʻlib, rejalashtirilgan ishlar hamkorlikda amalga oshiriladi.
Mazkur xujjatni yuritishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari, “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan 2-7 yoshli alohida ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan o‘quv dasturi talablarini bajarish asosida ertalabki soat, sayr, kunning ikkinchi yarmida bolalar bilan yakka tartibda ishlashni loyihalashtirishdan iboratdir.
Ushbu hujjat pedagoglarning umumiy guruhdagi ishlar va kundalik faoliyatlar (rejim momentlari) boʻyicha hamkorlik rejasi hisoblanadi. Har bir KTIMTT ustavi, kun tartibi, guruh ixtisoslashuvi (tiflo, surdo va boshqalar) asosida hamkorlik ishlarini rejalashtiradi.
Ushbu hujjat tarbiyachi va defektolog tomonidan toʻldiriladi.
Tarbiyachining oylik va haftalik taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda ish rejasi tuziladi va direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Namuna