Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


Topshiriq: Ertalabki badantarbiya namunasi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə105/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

Topshiriq: Ertalabki badantarbiya namunasi
I.Kirish
Sog‘lom bo‘lay desangiz,
Bizning safga qo‘shiling.
Diqqatingizni jamlab
Birgalikda qaytaring
Yurish. Buben sadolari ostida yurish: oyoq uchida yurish, tovonda yurish, ilon izi bo‘lib yurish, yurishdan asta-sekin yugirishga o‘tish, yana yurishga o‘tish. Bolalarni uch guruhga bo‘lib turgazish.
II.Asosiy qism
Gardishlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar.
1.D.x. Oyoqlar birga. Gardish o‘ng qo‘lda, pastda. 1- gardishni yon tomonga cho‘zish. 2- yuqoriga ko‘tarish, o‘nga qarash- nafas chiqarish.Z- yuqorida gardishni chap qo‘lga olish. 4- pastga tushirish. CHap qo‘l bilan shu xolatlar bajariladi.(4 marta).
2.D.x.Oyoqlar elka kengligida, tovonlar parallel, qo‘llar yonda, gardishlar elkada. 5 gacha sanalganda oldinga va orqaga gardishlarni aylantirish. Xuddi shu xolatlar chap qo‘l bilan bajariladi.
3.D.x. 5-6 m asofada bir- biriga qarab turiladi. Gardishlarni bir- biriga dumalatish.(6 marta).
4.D.x.Bir- biriga qarab turish, gardishlarni birlashtirish, gardishlarni ushlash. 1- o‘tirish- nafas chiqarish.2. D.x- nafas olish
5.D.x. Qorinda polga joylashiladi, gardishlarni oyoq uchiga ilinadi, qo‘llar bukilgan. Qo‘llar bilan xalqaning yuqorisidan ushlash. 1-3- qo‘l va oyoqlarni to‘g‘rilash va gardishlarni yuqoriga kutarish, rostlanish- nafas olish. 4-D.x- nafas chiqarish.(5 marta).
III. YAkuniy qism:
Buben sadolari ostida yurish va engilgina yugurish. Nafas mashqlarini bajarish.
1. Burundan nafas olish, og‘izdan chiqarish.
2. Burundan nafas olish, so‘zli nafas chiqarish. Ox qanday mazza, ox qanday mazza kabi.
3. O‘pkani (ko‘krakni) to‘ldirib nafas olish, so‘ng ko‘rsatgich barmoq bilan burinning bitta katagini berkitib nafasni burun orqali chiqarish, mashq navbatma-navbat o‘ng va chap qo‘llar bilan bajariladi.
Topshiriq:
Nafas olish mashqlari. To'g'ri nafas olishga e'tibor berish juda muhimdir. Nafas olish paytida ko'krak qafasi kengayishi kerak, o'pkaga kiradigan havo alveolalarga kiradi, bu yerda qon kislorod bilan to'yingan. Chaqaloqlar yuzaki emas, balki to'liq ko'krak bilan nafas olishlari muhimdir. Rag'batlantiruvchi mashqlar nafaqat tez-tez shamollash, bronxit, pnevmoniya, astma bilan og'rigan bolalar uchun, balki sog'lom bolalar uchun ham zarur. Nafas olish mashqlari kasalliklarda ayniqsa samarali bo'lib, ular tibbiy, fizioterapevtik va hatto gomeopatik davolanishni mukammal ravishda to'ldirishi mumkin. Ushbu maqsadlar uchun "poezd" mashqi juda mos keladi. Yurishda siz qo'llaringiz bilan poezd safarini tasvirlab, "choo-choo" deyishingiz kerak. Nishab qilish ham yaxshi - avval nafas oling, so'ngra yon tomonga egilib, nafas oling.


BBB jadvali. Barcha dars mashg‘ulotlarida qo’llaniladi. BBB usuli (“bilaman”, “bilishni xohlayman”, “bilib oldim”) orqali talaba o’zini kuzatishi, o’qituvchi esa darsga baho berishi mumkin. Talaba dars boshida mavzu bo’yicha nimani bilishini (B1) va yana nimalarni bilishni xohlashini (B2) daftariga yozib qo’yadi. Dars so’ngida nimalarni bilib olganligini (B3) qayd qilib qo’yadi.
Topshiriq : Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning asosiy maqsad va vazifalar haqida ma’lumotlarni bayon qilish








Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin