Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə104/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

V. Dam olish daqiqasi:
VI. Baholash: Talabalarni mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarilgan darajasiga qarab baholash.(“5” a’lo, “4” yahshi, “3” qoniqarsiz.)


10- Seminar mashg‘uloti
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy faolligini oshirish texnologiyalari.


Ajratilgan vaqt: 2-soat
Darsning maqsadi: Talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy faolligini oshirish texnologiyalari, pedagogik faoliyatni rejalashtirish haqidagi bilimlarini kengaytirish.
Ishning bajarilish tartibi:
1.Maktabgacha ta’lim tashkilotining turli yosh guruhlarida jismoniy harakatlarni loyihalashtirish
2. Mashg‘ulotlar orasida chalg‘ituvchi jismoniy harakatlarni rejalashtirish
Kerakli jihozlar: ko’rgazma, qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: “B.B.B texnologiyasi hamda o’yin metodining didaktik o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
I. Talabalar bilan salomlashib. “Tangram” o‘yini talabalar berilgan 7 ta shakl asosida tangram shaklini yasaydilar. Tez yasagan talaba g‘olib sanaladi.
II. Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot:Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi”— bu muvofiqlik va moslashuvchanlik kabi jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan, tana tayanch-harakat tizimining to‘g‘ri shakllanishiga hissa qo‘shadigan, muvozanatni rivojlantirish, harakatlar va ikki qo‘lning yirik va mayda motorikasini muvofiqlashtirish, shuningdek, tanaga zarar yetkazmaydigan asosiy harakatlarning to‘g‘ri bajarilishi (yurish, chopish, sakrash va ikki tomonga burilish, tirmashib chiqish va hokazo), ba’zi bir sport turlari to‘g‘risida dastlabki tushunchalarni shakllantirish, faol o‘yinlar va ularning qoidalari haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish, harakatlanish sohasida maqsadga intiluvchanlik va o‘zini-o‘zi boshqarish, sog‘lom turmush tarzining qadriyatlar tizimini shakllantirish hamda uning dastlabki normalari va qoidalarini o‘zlashtirishda tajriba to‘plashni o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning asosiy maqsad va vazifalar”:
- bolalarning harakatlanish faoliyatida tajriba to‘plash, asosiy harakatlarni bajarish;
- hyirik va mayda motorika harakatlarini muvofiqlashtirish (barmoqlar va qo‘l bo‘g‘imlari harakatlari);
- harakatlanish sohasida maqsadga intiluvchanlik va o‘zini o‘zi boshqarishni shakllantirish;
- ayrim sport turlari to‘g‘risida dastlabki tushunchalarni shakllantirish;
- sog‘lom turmush tarzining qadriyatlar tizimini shakllantirish, sog‘liq to‘g‘risida elementar tushunchalarni shakllantirish;
- sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, shaxsiy gigiyena ko‘nikmalarini o‘zlashtirish;
- sog‘lom ovqatlanish, uyda va tabiat muhitida baxtsiz hodisalar hamda yo‘ltransport hodisalarini oldini olishga oid asosiy bilimlarni egallash.
“Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ahamiyati”. Jismoniy rivojlanish, sog‘liq va jismoniy faollik barcha bolalar uchun ta’limning asosiy elementlari bo‘lib, ular butun hayot davomida faol va sog‘lom turmush tarziga asos bo‘lib xizmat qiladi. Sog‘lom jismoniy holat bolalarga turli xil faoliyat sohalarida faol ishtirok etish uchun kuch va chidam, muvozanat va bardoshlilikni beradi. Motorikaning rivojlanishi kognitiv, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq va muloqotning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Bolalarda jismoniy rivojlanish va harakat ko‘nikmalarining shakllanishi ularga kattalar tomonidan taqdim etiladigan sog‘ovqatlanish, harakatlanish faoliyatini rag‘batlantirish kabi tashqi omillarga ham bog‘liq.
Jismoniy rivojlanish quyidagi kichik sohalarni o‘z ichiga oladi:
Yirik motorika;
Mayda motorika;
Sensomotorika;
Sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik
Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy rivojlanish sohasining birinch kichik sohasi yirik motorikani rivojlantirish bolalar bilan kun davomida ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish va jismoniy harkatli o‘yinlarni loyihalash orqali ta’minlanadi.
Tarbiyachilar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini loyihalashda quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim.
1.Mashgulotni loyihalashda bolaning yoshini hisobga olish.
2.Mashg‘ulot uchun tanlangan mashqlarning qiyinlik darajasiga e’tibor qaratish.
3.Mashg‘ulotni to‘g‘ri ketma-ketlikda tuzilganligi.
4.Mashg‘ulot o‘tkaziladigan maydonning gigiynik tozaligi va xavfsizlik darajasi.
5.Mashg‘ulotning boshlanishi va tugallash qismidagi bolaning holatiga e’tiborli bo‘lish.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin