Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə102/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

9- Seminar mashg‘uloti
Mavzu: Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalashtirish


Ajratilgan vaqt: 2-soat
Darsning maqsadi: Talabalarning tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalashtirish haqidagi bilimlarini kengaytirish.
Ishning bajarilish tartibi:
          1. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida loyihalarni amalga oshirish maqsad va vazifalari.


          2. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida loyihani amalga oshirish metodlari va usullari.




Kerakli jihozlar: ko’rgazma, qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod:” Klaster sxemasi” hamda o’yin metodining didaktik o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
I. Talabalar bilan salomlashib. “Xotira mashqi” talabalardan berilgan 10 ta so‘zlarni eslab qolish talab etiladi. Eng ko‘p so‘zni eslab qolgan talaba rag‘batlantiriladi.
II. Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot: “San’at markazi” bolalarga quvonch, hayajon va qoniqish hislarini beradi. U turli hil vazifalarni amalga oshiradi, lekin, avvalambor, ijodga bo‘lgan qobiliyatni milliy, madaniy, tarixiy qadriyatlarga xurmat, tasavvur, qiziquvchanlik, tashabbuskorlik, kreativlikni kengaytiradi va mustahkamlaydi.
“San’at markazi” maqsad va vazifalari h Binab ko‘rish va ijodiy layoqatni amalga oshirishni rag‘batlantiradi; h ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi; h verbal va noverbal muloqot; h intellektual kobiliyatni rivojlantiradi; h yirik va mayda motorikani rivojlantiradi; h taktil sezgisini boyitadi; h yangi materiallar bilan tanishishda qoniqish imkonini beradi; h milliy madaniyat va ijodga bo‘lgan xurmatni shakllantiradi.
“San’at markazi” faoliyat turlari va bolalarni markazga jalb qilish yo‘llari: Rassomlik; Barmoq rassomligi; Barmoq rassomligi sovun ko‘pigi bilan; Barmoq rassomligi kraxmal bilan; Shimgich bilan rasm chizish; Dog‘lar usulidagi rassomlik; Arqon rassomligi; Mum rassomligi; Loy, plastilin, tuzli xamir va boshqa ashyolardan shakllar yasash;
Qo‘g‘irchoqlar. Qog‘oz xaltacha-qo‘g‘irchoqlar. Tayoqchadagi qo‘g‘irchoqlar. Tayoqchadagi yuzniqoblar. Paypoq va qo‘lqoplardan qo‘g‘irchoqlar; Applikatsiyalar; To‘qish va tikish. Bolalar yo‘g‘on ignalar va qalin iplardan, qaychilardan foydalanishadi. Kattalar ishlashni xavfsiz qoidalarini ko‘rsatib berishlari va shunday mashg‘ulotlar davomida bolalar yonida bo‘lishlari kerak.
Bolalarning rivojlanish sohalari bo’yicha integratsiya “San’at markazi” bolalarni hamma sohada rivojlanishiga omil yaratadi: ruhiy, jismoniy, ijtmoiy bilim, bilim orttirish.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin