Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə99/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

Ajratilgan vaqt: 2-soat
Darsning maqsadi: Talabalarga rivojlantiruvchi til va nutq markazida pedagogik faoliyatni rejalashtirish haqidagi bilimlarini kengaytirish.
Ishning bajarilish tartibi:
1.Rivojlantiruvchi til va nutq markazi haqida tushincha.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqiy faoliyatini rivojlantirish faoliyatini loyihalashtirish.
3. Nutqiy faoliyatni loyihalashtirish usullari.
Kerakli jihozlar: ko’rgazma, qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: “B.B.B texnologiyasi hamda o’yin metodining didaktik o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
I. Talabalar bilan salomlashib. “Shakl yasa” talabalar berilgan shakl asosida yangi shakllar yaratadiar. Eng ko‘p shakl topgan talaba g‘olib sanaladi.
II. Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot: O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari bola rivojlanishining beshta asosiy sohasini, jumladan, “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari” sohasini belgilab beradi. Ushbu talablar milliy, umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning parvarishi va taʼlimi sifatini taʼminlab berishni, shuningdek, ularni tarbiyalash va rivojlantirishning samarali shakllari va metodlarini joriy etishni eng muhim vazifalar deb hisoblaydi.
Kichkina bolalar - tashqi taʼsirlarsiz, aniq fikrlaydigan, qiziquvchan, kattalar olamiga kirishga intiladigan shaxslar. Bu olamning kalitlaridan biri – savodxonlik. Savodxonlik eng muhim akademik ko‘nikma hisoblanadi, chunki bolalarning maktabdagi va undan keyingi hayotidagi muvaffaqiyati matnni ravon o‘qish va to‘liq tushunish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Nutqni o‘zlashtirish – kattalar va bolalar bir-biri bilan gaplashganda va bir-birini tinglaganda sodir bo‘ladigan ikki tomonlama almashinuv. Pedagogning eng katta vazifalaridan biri kamroq so‘zlash va bolani ko‘proq gapirishga undash sanaladi. Pedagoglar kun davomida ahamiyatli voqealar haqida hikoya qilib berish orqali bolalarga tinglash va gapirishni o‘rganishda yordam berishi mumkin. O‘zaro munosabatlarning mazkur barcha ko‘rinishlari bolalarning so‘z boyligini oshiradi, shunday qilib, ular o‘qishni boshlaganida matnni tushunishi oson bo‘ladi. So‘zlarni bilish (so‘z boyligi miqdori) va o‘qish mahorati o‘rtasida yaqin bog‘liqlik bor. Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining zimmasiga barcha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning nutq qobiliyatini rivojlantirish va to‘g‘rilash maqsadida standart va integratsiyalashgan umumiy ta’limiy mashg‘ulotlarni loyihalash uchun guruhda rivojlantiruvchi o‘qish muhitini tashkillash vazifasi yuklatilgan. “Til va nutq” rivojlantirish markazida talimiy mashg‘ulotlar individual va 2–3 ta tarbiyalanuvchidan iborat kichik guruhlarda o‘tkaziladi. Shuningdek, u bolalarning mustaqil faoliyati markazlaridan biriga aylanadi, bu yerda ko‘rgazmali materiallarni o‘rganish va o‘ynash ular uchun yoqimli va qiziqarli bo‘ladi. “Til va nutq” markazining maqsadi –tarbiyalanuvchilarning nutq qobiliyatini takomillashtirish uchun rivojlantiruvchi muhitni optimal tashkil etishdan iborat.
Til va nutq” markazining vazifalari:
    • Fonematik eshitish qobiliyatini rivojlantirish(so‘z tarkibidagi fonema va tovushlarni farqlay olish).


    • Nutqiy nafas olishni rivojlantirish.


    • Ovozni idrok qilishni takomillashtirish.


    • Talaffuz motorikasini rivojlantirish.


    • To‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash.


    • Tushunchalar va leksik-grammatik kategoriyalarni umumlashtiruvchi lug‘atni faollashtirish.


    • Monolog nutqni rivojlantirish.


    • O‘qish-yozishni o‘rgatishga tayyorlash.


    • Bolalar jamoasida nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirish.


    • Hamdardlik tuyg‘usini tarbiyalash (qayg‘usiga sherik bo‘lish, qo‘llabquvvatlash istagi).


    • Guruhda do‘stona munosabatlarni mustahkamlash.


    • Jamoaviy ishlash uchun ijobiy motivatsiya hosil qilish.


“Til va nutq” markazi jozibador va shinam ko‘rinishi zarur; ideal holatda u yerda gilam, stullar, yostiqlar va iloji bo‘lsa, divan bo‘lishi kerak. Kitoblar tokchalarga chiroyli qilib terilishi lozim.


Markaz tarkibiy qismlarini tanlashda quyidagi tavsiyalarni hisobga olish kerak: hafta mavzusini aks ettirishi hamda bolalarning individual va yosh xususiyatlariga mos kelishi kerak; “Til va nutq” markazi ijodkorlik markazining yonida joylashishi kerak; rivojlantirish markazi qulay va ko‘rkam bo‘lishi muhim. Uning dizayni bolalar uchun jozibali bo‘lishi va ularda mustaqil faoliyat istagini uyg‘otishi kerak; o‘yin materiallari bolalar qo‘li yetadigan joyda bo‘lishi zarur; burchakni materiallar va jihozlar bilan to‘ldirib tashlash shart emas. Bo‘limlar bo‘yicha tashkillangan kutubxonada tabiat haqida, hayvonlar haqida yoki mualliflar bo‘yicha kitoblarni joylashtirish mumkin,. Har xil janr va mavzulardagi kamida 10–12 ta kitob namoyish qilinadi. Bolalarga rasmlari bor tematik ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Yozuvchilarning hayoti va ijodi haqidagi kitoblar, albomlar yoki materiallar. Topishmoqlar, tez aytishlar, sheʼrlar albomi. Shtrixovka va kodlash uchun blankalar, trafaretlar, qo‘lni yozishga tayyorlash uchun perfokartalar, qo‘lda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi o‘yinlar. Og‘zaki nutqiy o‘yinlar kartotekasi hafta mavzusidan qatʼi nazar, butun yil davomida bo‘lishi kerak. Harflarni tasvirlash uchun didaktik material (arqonchalar, bog‘ichlar, sim, toshchalar, qum, plastilin va boshqalar). Turli materialdan tayyorlangan, har xil rang va o‘chamdagi harflar to‘plami, turli uslubdagi harflar alifbosi (tayyorlov guruhlari uchun). So‘z boyligini, nutqning tovush madaniyatini va nutqning grammatik tuzilishini shakllantirishga, bolalarga savodxonlikni o‘rgatishga yo‘naltirilgan didaktik o‘yinlar.
O‘yinlardan – “Rassom nimada xato qilgan?” didaktik materiallari, o‘yinlar – “Farqlarni toping” turidagi rasmlar. “Rasm asosida hikoya tuzing”, “Tartib bo‘yicha qo‘ying va hikoya tuzing” rasmlar to‘plamlarini joylashtirish tavsiya etiladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin