7- Seminar mashg‘uloti
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun syujetli-rolli oyinlarni loyihalashtirish
Ajratilgan vaqt: 2-soat
Darsning maqsadi: Talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalar uchun syujetli-rolli oyinlarni loyihalashtirish haqidagi bilimlarini kengaytirish.
Ishning bajarilish tartibi:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rivojlantiruvchi sujetli-rolli o‘yinlar va drammalashtirish markaz faoliyati haqida tushuncha.
2. Sujetli-rolli o‘yinlar turlari.
3. Sahnalashtirishga rahbarlik qilish
Kerakli jihozlar: ko’rgazma, qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: “FSMU usuli hamda o’yin metodining didaktik o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
I. Talabalar bilan salomlashib. “ Predmetnig vazifasini top” talabalara aytilgan buyumlarni nima maqsadlarda ishlatilishi bo‘yicha variantlar topadilar.Eng ko‘p variant topgan talaba g‘olib sanaladi.
II. Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot: Syujetli-rolli o‘yinlar va drammalashtirish markazi bolalarda haqiqiy hayot sahnalarini namoyish etish istagini kuchaytiradi. Bu ularga atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni yaxshiroq tushunishga va ularning ushbu dunyodagi rollarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Jamoada munosabatlar madaniyati shakllanadi, kattalar va turli kasblar ishiga hurmat yuzaga keladi, shu bilan birga, asosiy ijtimoiy vakolatlar ham shakllanadi.
Syujetli-rolli o‘yinlar jarayonida bola qiziqarli rolni bajarishga harakat qiladi, o‘ylab topilgan vaziyatda harakat qilish uchun xotira va tasavvur shakllaridan foydalanadi. Tarbiyachilar ushbu markazda bolalarni o‘qitish uchun rekvizitlarni tanlaydilar, biroq bunday rekvizitlarni tanlash bolalar namoyish etgan qiziqishlarga ko‘proq asoslanadi. Ilk bolalikdan boshlab bolalar eshitgan ovozlari va ular ko‘rgan harakatlarga taqlid qiladilar. “Xazil asosida tashkil etilgan” harakatlardan zavqlanib, bolalar yangi vaziyatlarga harakat va ovoz bilan munosabat bildirishadi va o‘ynashadi. Ushbu o‘yin qo‘llab-quvvatlansa, u sahnalashtirish, ya’ni san’at turi va voqelikni o‘zlashtirish usuliga aylanadi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va drammalashtirish markazi maqsadi — xayoliy vaziyatlarda bolaning shaxsini har tomonlama rivojlantirish.
Vazifalar: -rol va ijodiy qobiliyatlar, shuningdek, harakatlarini shakllantirish; taqlidni rivojlantirish;
O‘yinda muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish;
Bolalar adabiyoti, musiqa, tasviriy san’at, odob-axloq qoidalari, marosimlar, urfodatlar bilan tanishtirish, ularga doimiy qiziqish uyg‘otish;
O‘yinda ma’lum tajribalarni o‘zida mujassam etish mahoratini takomillashtirish;
O‘yinda musiqiy asboblardan foydalanish, raqs hamda qo‘shiq elementlarini qo‘shish;
Kattalarning kasbiy faoliyatiga qiziqishni shakllantirish (militsiya hodimlari, qutqaruvchilar, shifokorlar, kosmonavtlar, olimlar va boshqa kasb o‘yinlari)
Bo’lajak o‘yinlar uchun bezaklar va atributlarni tayyorlash uchun qiziqish uyg‘otish;
Rollarni mustaqil ravishda taqsimlash, o‘yin uchun buyumlarni tanlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Bolalarning ijtimoiy tajribasini boyitish (kutubxonada, do‘konda, jamoat transportida, tibbiyot muassasalarida va boshqalarda o‘zini tutish qoidalari);
Bog’langan nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish (lug’atini boyitish, tovush madaniyatini, intonatsion tuzilishini). Taniqli pedagog olimlarning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, bolalarning sujeli-rolli o‘yin loyihalariga har tomonlama to‘g‘ri rahbarlik qilish orqali bolalarga o‘yinning mazmunini, tashkil etishni, tuzilishini, bolalarning axloqiy munosabatlar, bolalar o‘yinlarining rivojlanib, takomillashib borishiga ta’sir ko‘rsatishini ko‘rish mumkin. Sujetli-rolli o‘yin turli o‘zgarishlarga uchrab, qoidalarga ega bo‘lgan o‘yinlarga aylanishi mumkin.
O‘yinlarni joyihalash davomida bola shaxs sifatida shakllanib boradi. Tarbiyachi o‘yin orqali bolalarni o‘z xalqiga, ona-Vataniga, boshqa millat vakillariga bo‘lgan ijobiy munosabatlarini shakillantiradi. O‘yin oqrali bolalarda jasurlik, rostgo‘ylik, o‘zini tuta bilish, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O‘yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularni hayotga, teng‘doshlari va kattalarga bo‘lgan munosabatlarini shakllantiradi.O‘yin jarayonida bolalar o‘z xohish-istaklarini jamoa bilan kelishib olishga, o‘yinda o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o‘rganib boradilar.
Syujetli-rolli o‘yinlarni loyihalash jarayonida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirib borish maqsadga muvofiqdir.Masalan, o‘rta yosh guruhi uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlanadi. Katta guruh bolalari uchun asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning ruhiy kechinmalari, quvonch va qayg‘ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi. Tarbiyachilar bolalar bilan suhbatlasha turib sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya yoki ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qilad.Tarbiyachi bolalar bilan asarlar yuzasidan suhbat olib borish jarayonida e’tiborga molik tomonlarini hisobga olib boradi. Bolalarga qaysi asar yoqqanligi, ular ko‘proq qaysi asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini,qaysi bola topshirilgan rolni yahshi ijro eta olganligi, rollarni ijro etishda qnday qiyinchiliklarga duch kelganliklarini haqida qayd etib qo‘yadi, Bu qaydlar kelgusda bolalar bilan tashkil etiladigan asarlarni sahnalashtirishni loyihalashda qol keladi.
Topshiriq:
Syujetli-rolli o`yinlar va Drammatizasiyalash markazi
“Oltin tarvuz” ertagining inssenirovkasi
Dostları ilə paylaş: |