Pedmetlarni to`g`ri va teskari sanash. Geometrik figuralardan rasm hosil qilish Maqsad: 20 soni ichida to`g`ri va 10 sonidan teskari sanaydi.Geometrik figuralardan rasm hosil qiladi. Kerakli Jihoz va materiallar: predmetlarni sanash uchun mayda predmetlar, 20 sonigacha bo`lgan kartochkalar, katta, kichkina va o`rta hajmdagi geometrik figuralarning to`plami, predmetlar tasvirlangan kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
Kartochkalarni 20 sonigacha ko`payib borish tartibida tahlab chiqish, ovoz chiqarib sanash.
Sonli kartochkalarga mos miqdorda o`yinchoqlarni qo`yish;
Geometrik figuralardan turli rasmlarni hosil qilish
Qo`shimcha qism:tenglik va tengsizlikni tahlil qilishni taklif qilish “Qanchaga ko`p? Qanchaga kam?”
E`tiborga molik jihati:
Tartib va miqdor sonlaridan to`g`ri foydalanish.
Uni o`rab turgan olamdagi son va raqamlarning ahamiyatini tushunish.
Qurilish markazi Bayramona uy Maqsad: qurilish materiallaridan uy qurish. Bolalarda bir butunni ko`rish, qismlarni farqlash qobiliyatini rivojlantirish (kub, silindr, piramida, konus)
Kerakli Jihoz va materiallar: qurilish to`plami , lego, rasmlar.
Faoliyatning borishi:
Mavzuga doir rasmlarni ko`zdan kechirish.
Bolalar bilan birgalikda bayramona uyni qurishni rejalashtirish.
Bolalar tomonidan uyni qurish.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga uyni bezash uchun shakli va uslubiga ko`ra tayyor materiallarni taklif qilishi mumkin.