Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə106/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

B- bilaman


B- bilishni xohlayman





B- bilib oldim














IV.O’tilgan mavzuni mustahkamlab olish uchun savol-javob o’tqazish.
1.Davlat talablariga muvofiq rivojlanish sohalarini ayting.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat.
3. Jismoniy rivojlanish qanday kichik sohalarni o‘z ichiga oladi?
4. Tarbiyachilar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini loyihalashda nimalarga e’tibor qaratishi lozim?
5. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘zaro bog‘liq bo‘lgan necha qismdan iborat bo‘ladi?
6. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining butun davomiyligi kichik guruhlarda qancha bo‘ladi?
7. Katta guruhlarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining butun davomiyligi qancha bo‘ladi?
8. Jismoniy tarbiya daqiqasi maktabgacha yoshdagi bolalarning faol dam olishida qanday ahamiyatga ega?
V. Dam olish daqiqasi: Didaktik o‘yin. “Mumkin-mumkin emas” o‘yini.
Maqsad: hayvonlar bilan aloqa qilish bolalar hayoti uchun xavfli bo‘lishi mumkinligi haqida tushunchalarni shakllantirish;
bolalarda nutqni, e’tiborni, xotirani rivojlantirish.
Materiallar: Tinch turish va g‘azab holatidagi hayvonlar tasvirlangan rasmlar, qizil va yashil ranglardagi o‘yin fishkalari.
O‘yin jarayoni: 1. Pedagog bolalarga tinch turish va g‘azab holatida bo‘lgan hayvonlarning rasmlarini taklif qiladi. 2. Bolalarga qoidalarni tushuntiradi: rasmlarni diqqat bilan ko‘rib chiqib, yaqin borish mumkin bo‘lgan hayvon (tinch holatda) tasvirlangan rasmga yashil fishkani qo‘yish, g‘azab holatida turgan hayvon tasvirlangan rasmga esa qizil fishkani qo‘yish (yaqin kelish mumkin emas).
3. Bolalar, vazifani bajarib, o‘z harakatlarini tushuntiradilar.
4. Pedagog bolalarni ularning izohlari uchun rag‘batlantiradi, materiallarni mustahkamlash uchun xulosa qiladi.
I. Baholash: Talabalarni mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarilgan darajasiga qarab baholash.(“5” a’lo, “4” yahshi, “3” qoniqarsiz.)



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin