Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə126/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

19


Dars

bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.




Урок




Lesson















20


Darslik

muayyan fan bo’yicha ta’lim maqsadi, o’quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to’g’risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba.




Учебник

Textbook



21


Didaktika

(ta’lim nazariyasi) – (yunoncha «didaktikos» “o’rgatuvchi”, «didasko» – “o’rganuvchi”) – ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolari)ni o’rganuvchi fan.




Дидактика


Didactics




22


Didaktika tamoyillari

(lotin tilidan «printsipium» – har qanday nazariyaning asosiy, boshlang’ich, dastlabki holati) – ta’limni tashkil etishga qo’yilgan me’yoriy talablarni ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayonining asosiy maqsadi va qonuniyatlariga muvofiq uning dastlabki holatini belgilovchi qarashlari.




Принципы дидактики


Principles of didactics





















23


Didaktik tashxis maqsadi

o’quv jarayonining samaradorligini aniqlash, baholash va tahlil qilish.




Цель дидактической диагностики





The purpose of didactic diagnostics
















24


Didaktik tizim

(yunoncha «systema» – yaxlit, qismlarda tashkil topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini belgilash, ajratib ko’rsatish.




Дидактическая система


Didactic system




25


Didaktik o’yin

o’rganilayotgan ob’ekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o’quvchining bilishga bo’lgan qiziqishi va faollik darajasini rag’batlantiruvchi o’quv faoliyati turi.




Дидактическая игра


Didactic game




26


Dunyoqarash

tabiat, jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimi.




Мировоззрение


outlook



27


Jazolash

tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish usuli.




Наказание


Punishment




28


Jamoa

(lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi ma’nolarni anglatadi) – bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh.




Команда

Team



29


Jinsiy tarbiya

o’zida shaxsni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka o’rgatish, o’z sog’ligi uchun g’amxo’rlik qilish va mas’uliyatli bo’lishni ta’minlashga qaratilgan pedagogik faoliyat mazmuni.




Половое воспитание


sex education




30


Jismoniy tarbiya

o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.




Физическая культура


Physical Culture




31


Joriy nazorat

ta’lim jarayonida o’quvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o’zlashtirilish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.




Текущий контроль


current control




32


Idrok

aniq maqsadga yo’naltirilgan anglash jarayoni.




Восприятие


Perception




33


Ijtimoiy adaptatsiya

(yunoncha adapto - moslashish) – anomal bolalar individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-atvor qoidalari tizimiga mos kelishi.




Социальная адаптация


Social adaptation




34


Ijtimoiylashuv

ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.




Социализация


Socialization




35


Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar

o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg’usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari.




Методы формирования общественного сознания


Methods for the formation of public consciousness




37


Ijtimoiy pedagogika

ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi.




Социальная педагогика


social pedagogy




38


Ijtimoiy reabilitatsiya

(yunoncha rehabilitas – layoqati, qobiliyatini tiklash) – anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlariga tayangan holda uning ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratish, ijtimoiy faoliyat va mehnatga jalb etish.




Социальная реабилитация


Social rehabilitation




39


Izohlash

(tarbiya metodi sifatida) – tarbiyalanuvchiga hissiy-og’zaki ta’sir etish usuli.




Объяснение


Explanation




40


Ilmiy dunyoqarash

uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o’zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlashgan dunyoqarash shakli.




Научное мировоззрение


Scientific outlook




41


Individ

(lotincha “individium” bo’linmas, yagona, alohida degan ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.




Индивидуальный


Individual




42


Individuallik

shaxsning o’ziga xos xususiyatlari.




Индивидуальность


Individuality




43


Institut

bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo’nalishlar bo’yicha oliy va qoidaga ko’ra oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.




Институт


Institute




44


Iqtisodiy tarbiya

o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik jarayon.




Экономическое образование


Economic Education




45


Iqtisodiy ta’lim

o’quvchilarga xo’jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar) to’g’risidagi nazariy bilimlarni berishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.




Экономическое образование


Economic Education




46


Yosh xususiyatlari

muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar.




Возрастные характеристики


Age characteristics




47


Kategoriya

fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha.




Категория


Category




48


Kompensatsiya

(yunoncha «compensatio» – o’rnini to’ldirish, tenglashtirish) – oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayangan holda organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funktsiyalarining o’rnini to’ldirish yoki qayta qurish.




Компенсация


Compensation




49


Kompetentsiya

(ingl. competence – qobiliyat) – har qanday faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy ko’nikma va malakaga, mahorat va iqtidorga egalik demakdir.




Компетенция


Competence





Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin