Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə129/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

85


Reyting

(baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) – muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo’ycha baholash.




Рейтинг

Rating



86


Surdopedagogika

(yunoncha «surdus» - kar) – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash jarayonini o’rganuvchi fan; korrektsion (maxsus) pedagogikaning yana bir muhim sohasi.




Педагогика языка жестов


Sign Language Pedagogy




87


Suhbat

savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi.




Беседа

Conversation



88


Tamoyil

(yunoncha «printsipium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang’ich qoidasi; boshqaruvchi g’oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.




Принцип

Principle



89


Tarbiya

muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.




Воспитания


upbringing




90


Tarbiya jarayoni

o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni.




Воспитательный процесс


educational process




92


Tarbiya mazmuni

shaxsning shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyati.




Содержания воспитании


content nurturing




93


Tarbiya metodi

(yunoncha «metodos» - yo’l) – tarbiya maqsadiga erishish yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullari.




Метод воспитании


parenting method




94


Tarbiya nazariyasi

pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o’rganadi.




Теория воспитании


Theory of education




100


Tafakkur

(ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to’laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli).




мышление


thinking




101


Tashxis

didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarnioydinlashtirish, uning natijalarini belgilash.




Диагноз

Diagnosis



102


Ta’lim

o’quvchilarga nazariy bilimlarni berishasosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon.




Образование


Education




103


Ta’lim va tarbiya mazmuni

shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.




Содержание образования и воспитания


The content of education and upbringing




104


Ta’lim vositalari

ta’lim samaradorligini ta’minlovchi ob’ektiv (darslik, o’quv qo’llanmalari, o’quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm,chizma, dioproektor, magnitafon, video-magnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subo’ektiv (o’qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar.




Образовательные инструменты


Educational Tools




105


Ta’lim jarayoni

o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.




Образовательный процесс


Educational process




106


Ta’lim menejeri

ta’lim muassasasi faoliyatini zamonaviy menejment qonuniyatlariga muvofiq boshqaruvchi mutaxassis.


Менеджер по образованию


Education Manager




107


Ta’lim metodlari

ta’lim jarayonidaqo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui.




Образовательные методы


Educational Methods




108


Ta’lim kontseptsiyalari

(lotin tilidan «conceptio» – tizim) – ta’lim-tarbiya mazmuni, istiqbolini yorituvchi yaxlit qarashlar tizimi; uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqchlarida ta’lim muassasalari faoliyati yo’nalishi, maqsad va vazifalarini belgilashning alohida usuli.




Образовательные концепции


Educational concepts




109


Ta’lim mazmuni

davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo’ycha o’zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.




Содержание образования


Content of education




110


Ta’lim maqsadi

(o’qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning aniq yo’nalishini belgilab beruvchi etakchi g’oya.




Цель образования


Purpose of education




111


Ta’lim natijasi

(ta’lim mahsuli) – ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o’quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi.




Результат образования


The result of education




112


Ta’lim tizimi

davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim tarbiya berish yo’lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui.




Система образования


Education system




113


Ta’lim shakli

ta’lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi.


Форма обучения


Form of study




114


Tizim

(mustaqil tushuncha sifatida) – o’zaro bog’langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlik.




Система

System



115


Tiflopedagogika

(yunoncha typhlos – ko’r) – ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish muammolarini o’rganuvchi fan.


Тифлопедагогика


Tiflopedagogy


Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 3-bosqich talabalari uchun “Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish”


fanidan nazorat savollari

    1. Pedagogik faoliyat haqida tushuncha


    2. Pedagogik faoliyat turlari.


    3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatlarni loyihalashtirishning o‘ziga xos xususiystlari


    4. N.V.Kuzmina fikricha pedagogik faoliyatning o’zaro bir-biri bilan aloqador tarkibiy qismini


5. Pedagogik faoliyatning o’ziga xosligi


6. Pedagogik faoliyatning maqsadini o’ziga xosligi
7. Tarbiyaviy ishning o'ziga xos xususiyati
8. Loyihalashtirish texnologiyasi hamkorlikni ta’minlashning noyob vositasi
9. Bolalarni pedagoglar va ota-onalar bilan hamkorlikda ijod qilishi.
10. Shxsga yo‘naltirilgan ta’limda pedagogik faoliyatga yondoshish.
11. Rus olimi V. M. Myasishevning shaxs va o‘zaro hamkorlik haqidagi qarashlari

12. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi


13. Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlari shakllari
14. Amerika olimlarining oila va maktabgacha ta’lim tashkilotini o’zaro hamkorligi haqidagi fikrlari
15. Hamkorlik pedagogikasi pedagogik jarayon ishtirokchilari – tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar munosabatlarining tamoyillari.
16. Ta’lim amaliyotiga xos bo‘lgan sub’ekt va ob’ekt, “sub’ekt-ob’ekt munosabatlari” va “sub’ekt-sub’et munosabatlari” tushunchalari .
17. Innovatsion pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha
18. Innovatsion pedagogik texnologiyalarning bosqichlari.
19. Tarbiyachining faoliyat turlarini loyihalashtirishdagi kompetentligi.
20. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayoni kechishining qonuniyatlari
21. Pedagogni innovatsion faoliyatga tayyorlash
22. Pedagoglarda innovatsion yondashuvning qaror topish bosqichlari
23. Maktabgacha ta'limda innovatsiyalarni aks ettiruvchi texnologiyalar
24. Maktabgacha ta'limda loyihalarning turlari
25. Maktabgacha ta'limda loyihalash faoliyati tamoyillari
26. Loyihaviy faoliyat texnologiyasining pedagogikadagi o‘rni.
27. Pedagogik faoliyatni loyihalashning afzallilari.
28. Tarbiyachining faoliyat turlarini loyihalashtirishdagi kompetentligi.
29. Kompetentlilik – ya’ni kompetentsiya haqida tushuncha
30.Tarbiyachining kasbiy kompetentliligi
31. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari kasbiy kompetentliligi darajasi
32.Umumiy kompetentlilik bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari kompetentliligiga xos bo’lgan tafovutlar.
33. Loyiha texnologiyasini o'quv jarayoniga joriy etishda ma'muriyatning tashkiliy sa'y-harakatlari.

34. Pedagogik loyihalashning umumiy algoritmi


35. Pedagogik faoliyatni loyihalashtirish turlari
36. Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda loyihalashtirish faoliyatining ahamiyati.
37. Loyihalash faoliyati ishlab chiqqan amerikalik psixolog va pedagog Jon Dyui qarashlari
38. Loyihalash usuli
39. Maktabgacha ta’limda loyiha faoliyatining nazariy tamoyillari
40. Maktabgacha ta’limda loyihalar mezonlari tasnifi
41. Loyiha usulining asosiy maqsadi
42. Maktabgacha ta’limda bolalarning yosh xususiyatlari
43. Qurish yasash faoliyatini loyihalashtirish.
44. Qurish yasash faoliyatini orqali matematik bilimlarni shakllantirish.
45. Qurilish, konstruktorlash va matematika markazining maqsadi va vazifasi

46. “Qurilish, konstruktorlash va matematika” markazida turli yosh guruhlarda elementar matematik tasavvurlari


47. “Qurilish, konstruktorlash va matematika” markazining jihozlashga qo‘yiladigan talablar
48. . Rivojlanish va shaxs rivojlanishi ta’rifl
49. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rivojlantiruvchi sujetli-rolli o‘yinlar va drammalashtirish markaz faoliyati haqida tushuncha.
50. Sujetli-rolli o‘yinlar turlari.
51. Sahnalashtirishga rahbarlik qilish.
52. “Til va nutq” markazida lug‘atni boyitish va tushunchalarni rivojlantirish
53. O‘yinlarni joyihalash
54. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi syujetli-rolli o‘yinlar va drammalashtirish markazi maqsadi
55. “Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish” markazini “San’at” rivolantirish markazlari bilan itegratsiyasi.
56. Rivojlantiruvchi til va nutq markazi haqida tushincha.
57. Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqiy faoliyatini rivojlantirish faoliyatini loyihalashtirish.
58. Nutqiy faoliyatni loyihalashtirish usullari.
59. Til va nutq” markazining rivojlanish sohalari bo‘yicha integratsiyasida tarbiyalanuvchilar ega bo‘ladigan ko‘nikmalarga va malakalar
60. “Til va nutq” markazini jihozlashga qanday talablar
61. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida loyihalarni amalga oshirish maqsad va vazifalari.
62. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida loyihani amalga oshirish metodlari va usullari.
63. “San’at markazi” maqsad va vazifalari :
64. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy san’at turlari bilan tanishtirish
65. Mashg‘ulotlar orasida chalg‘ituvchi jismoniy harakatlarni rejalashtirish
66. Davlat talablariga muvofiq rivojlanish sohalarini izohlang
67. Tarbiyachilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini loyihalashda e’tiborga oladigan jihatlar
68. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘zaro bog‘liq qismlari
69. Jismoniy tarbiya daqiqasi
70. Jismoniy tarbiya daqiqasiga qo'yiladigan talablar:
71. Jismoniy tarbiya daqiqalarining maktabgacha yoshdagi bolalarni faol dam olishidagi ahamiyati
72. . Pedagogik texnologiyalarning o‘ziga hos xususiyatlari
73. Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
74. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish tarixi.
75. O’zbekistonda, pedagogik texnologiyalar ustida islar olib brogan olimlar
76. Pedagogik texnologiyalarning turlari
77. Pedagogik texnologiyalarning asosiy yo’nalishlari.
78.Pedagogik texnologiya tushunchasi bilan metodika orasidagi farq.
79. Hozirgi kunda maktabgacha ta’limda M.Montessori sistemasi
80. Hozirgi kunda maktabgacha ta’limda IMEN texnologiya
81. Pedagogik texnologiyalarda didaktik o’yinlar texnologiyalari
82. Maktabgacha ta’limda zamonaviy ta'lim texnologiyalari
83. Didaktik o’yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noana’naviy mashg’ulot shakllari:
84. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda korreksiyalash texnologiyalari
85. V.B.Bespalko tomonidan pedagogik texnologiyalar bo‘yicha olib brogan ishlari.
86. Muammoli ta’lim vazifalari.
87. Muammoli ta’limni tashkil etishning o‘ziga hos jihatlari.

88. Ta’lim jarayonini muammoli tashkil etish jarayonning maxsus vazifasi


89. Maktabgacha ta’limda mashg’ulotlarni loyihalashda muammoli ta’limdan foydalanishning o’ziga xos jihatlari.
90. Multimediya so‘zining ma’nosi va kelib chiqish tarixi.
91. Maktabgacha ta’limda multimediyalardan foydalanish.
92. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari amaliy faoliyatini tashkil etish jarayonida taqdimot texnologiya
93. Multimedia vositalari asosida ta’limni tashkil etishning afzalliklari
94. Bolalar dizayni kontseptsiyasining mohiyati
95. Bolalar dizayni texnologiyasi.
96. Kattaroq maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar.
97. Bolalarda dizayn ko'nikmalarini rivojlantirish.
98. Bolalar bilan dizayn faoliyatini olib borishda ota-onalar bilan hamkorlik
99. Dizayn - bu maxsus faoliyat turdagi turli xil ijod turlarini birlashtirgan badiiy faoliyat
100. Dizayn san'atining dastlabki qadamlari

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin