shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko’ra umumiy pedagogik ta’sir ko’rsatish chora-tadbirlari tizimi.
Исправительно-воспитательные работы
Correctional and educational work
54
Ko’nikma
shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Навык
Skill
60
Ko’rgazmali metodlar
predmet, hodisa yoki jarayonlar mohiyatini tabiiy holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko’rsatishda qo’llaniluvchi usullar.
Методы демонстрации
Demonstration Methods
61
Loyiha
bu kattalar tomonidan maxsus tashkillashtirilgan va bolalar tomonidan bajariladigan, ijodiy ishlar bilan yakunlanadigan faoliyatlar majmui.
Проект
Project
62
Loyilalashtirish
(rejalashtirish) – o’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish.
Планирование
Planning
63
Logopediya
(yunoncha «logos» – so’z, nazariya, ta’limot, «paideia» -tarbiyalash) – nutqiy nuqsonlarni o’rganish, ular kelib chiqishining oldini olish va ularni qisman yoki to’liq tuzatish masalalarini o’rganuvchi fan; korrektsion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi.
Логопедия
speech therapy
64
Magistratura
aniq mutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida ta’lim muaddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim.
магистра
master's
65
Madaniyat
(«cultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Культура
culture
66
Maktabgacha ta’lim
bolaning sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlovchi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otuvchi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
Дошкольное образование
Preschool education
67
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o’rganadi.
Педагогика дошкольного образования
Pedagogy of preschool education
68
Malaka
muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Квалификация
Qualification
69
Materialni og’zaki bayon qilish metodlari
o’quv materiali mohiyatini ozg’aki (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi kabi shakllarda) yoritishda qo’llaniluvchi usullar.
Способы устного изложения материала
Methods of oral presentation of the material
70
Mafkura
(arabcha «mafkura» – naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda etakchi o’rin tutuvchi g’oyalar tizimi.
Идеология
Ideology
71
Mashq va o’rgatish
(faoliyatda mashqlantirish) metodlari –muayyan mashqyordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirish usullari.
Упражнения и тренировки
Exercises and workouts
72
Ma’lumot
ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) – mohiyatiga ko’ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui.
Информация
Information
73
Ma’rifat
shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Просвещение
Education
74
Ma’ruza
yirik hajmdagi o’quv materialini og’zaki bayon qilish shakli.
Лекция
Lecture
75
Menejment
mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish uchun shaxs (xodim) yoki guruhga ta’sir o’tkazish asosida ularning faoliyatini tashkil etish tamoyillari, shakllari, metodlari va usullari.
Управление
Control
76
Metod
yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi.
Метод
Method
77
Metodika
(fan sifatida) – xususiy fanlarni o’qitishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.
Методология
Methodology
78
Pedagogik talab
turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o’quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo’lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari.
Педагогическое требование
Pedagogical requirement
79
Pedagogik texnologiya
ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.
Педагогическая технология
Pedagogical technology
80
Pedagog kadrlar tarkibi
o’qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot, radiotexnika, sport va boshqa yo’nalishlarda faoliyat o’rsatuvchi to’garaklarning rahbarlaridan iborat mutaxassislar.
Состав педагогических кадров
The composition of the teaching staff
81
Pedagogik mahorat
ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo’llay olish qobiliyati, yuksak pedagogik tafakkur.
Педагогические навыки
Pedagogical skills
82
Pedagogik talab
turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida ishtirok etishda o’quvchi amal qilishi zarur bo’lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli.
Педагогическое требование
Pedagogical requirement
83
Rag’batlantirish
tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko’ngilini ko’tarish va uni qo’llab-quvvatlash usuli.
Поощрение
promotion
84
Rivojlanish
shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.