SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.01.2023 167
kishining go‘zallikni idrok etishdan quvonishi uning boshqa kishilarga
yaxshilik qilganidan xursand bo‘lishiga o‘xshab ketadi.
Aksincha, go‘zallikni ko‘ra bilmaslik, undan zavqlana olmaslik yomon
ishlarni qilishga olib keladi. Tarbiyaning bu turi mehnat tarbiyasi bilan
ham bog‘liq. Mehnat faoliyati bolalarni quvontiradi, ular biror-bir foydali
ishni bajarayotib, o‘zlarining imkoniyatlari o‘sib borayotganligini sezadilar.
Estetik va jismoniy tarbiya o'rtasida o‘zaro boglanish bor. Kishining
mustahkam sog‘lig‘i, jismoniy kamolotisiz uning go‘zalligini tasavvur etib
bo‘lmaydi. Uning chiroyli gavda tuzilishi, musiqa ostida chiroyli harakatlar
qilishi shular jumlasiga kiradi.
Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik hayoti bilan
chambarchas bog‘liq. Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda ham
ularning estetik tarbiyasi to‘g‘risida emas, balki ularning hissiy va sensor
rivojlanishi to‘g‘risida o‘ylash kerak. Bola yaltiroq bo‘yoqdan xursand
bo‘ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola
hayotining birinchi yilida uning sensor-hissiy qabul qiluvchanligi
takomillashib boradi. Bunda kattalarning ta’siri alohida o‘rinni egallaydi.
Kattalarning ochiq yuz bilan so‘zlashuvlari bolaga buyumlarning
xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo'lishlariga yordam beradi. Va
aksincha,
kattalarning
ogohlantiruvchi
ovozi,
ularning
yuzidagi
xursandchilik alomati yoki xo‘mrayib qarashlari, jerkib berishlari va
hokazolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy munosabatni
shakllantiradi.
Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta takomillashib
boradi. Bola endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan birga san’at
asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini idrok eta boshlaydi. Bu
yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g‘amginligiga ularning qattiq va
sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta’siri paydo bo‘ladi.
O’rta guruh bolalarida go‘zallikni idrok etish jarayoni aniq ifodalangan,
ta’sirli, faol tusda bo‘ladi. Bu, ayniqsa, qo‘g‘irchoq teatri, kino, multfilm,
teatrlarni tomosha qilganlarida namoyon bo’ladi. Bu yoshdan boshlab
bolalar tanish bo‘lgan san’at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va
ba’zi bir xulosalar chiqaradilar.