SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.01.2023 172
Bolalar bog‘chasida o‘tkaziladigan bayramlar bolalarga chuqur ta’sir
etadi. Bayramning tarbiyaviy kuchi va o‘ziga xosligi uning g‘oyaviy va
estetik mazmuni san’atning turli ko‘rinishlari bilan bog‘liq bo‘lishidadir.
Har qaysi bayram o‘z g‘oyasiga ega bo‘lib, u bolalarga yorqin obrazlar orqali
ta’sir ko‘rsatadi.
Estetik tarbiya vositalaridan biri qo‘g‘irchoq teatridir. Uning nihoyatda
kuchli ta’sir etishining sababi soddaligi, odatdan tashqari jo‘shqinligi va
qo‘g‘irchoqligi (o‘yinchoqligi), shuningdek, badiiy so‘z, musiqa, ashula, raqs,
tasviriy san’at kabi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi kishi
ko‘zi o‘ngida yaqqol namoyon bo‘lishidadir. Qo‘g‘irchoq teatrini bolalar faqat
tomosha qilibgina qolmay, balki unda o‘zlari ham qatnashadilar. Bu
bolaning dramatik qobiliyati, tashabbusi, nutqini o‘stiradi, hayotiga
quvonch bag'ishlaydi.
Qo‘g‘irchoq teatri, soya teatri ko‘rsatish ham bolalarni estetik
tomondan tarbiyalashda alohida o‘rin egallaydi. Bu o‘yinchoq,
qo‘g‘irchoqlar bolalarga tanish bo‘lsa-da, ularni tarbiyachi qo‘li yordamida
harakatga keltirib, badiiy so‘zlar bilan qo‘shib olib borishi natijasida ular
bolaning ko‘z o‘ngida jonlanadi, boshqacha tus oladi va bolalar ertak
mazmunini chuqur idrok eta boshlaydilar. Badiiy didning shakllanishida
kitoblar muhim rol o‘ynaydi.
Kitoblar faqat bolalarning yoshiga mos, mavzu va mazmuni
bilanginaemas, shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan
ham ajralib turishi juda muhimdir.
Kichkintoylar, ayniqsa, 2—3 yoshli
bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda so‘zlardan ko‘ra, rasmlarning ta’siri
katta bo‘ladi. Bola kitobchadagi rasmlarni qayta-qayta o‘z o‘rtoqlariga,
kattalarga, qo‘g‘irchog‘iga «o‘qib» berish bilan uning mazmunini o‘z
xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yorqin rasmlar bolalarning
badiiy didini tarbiyalaydi.
Kattalar mehnati, qahramonlik, shuningdek, ona Vatanga bo‘lgan
muhabbat, do‘stlik, birodarlik, bolalarning ota-onalariga nisbatan
mehribon bo‘lishlari kabi mavzularda yozilgan hikoyalar bolalarga
tushunarlidir. Bolalarning sevimli yozuvchi va shoirlari Qudrat Hikmat,
Mirmuhsin, Shukur Sa’dulla, Quddus Muhammadiyning bolalar uchun
yozgan she’rlari ularda ijobiy his-tuyg‘ulami tarbiyalaydi, ularni yashashga
o‘rgatadi, dunyoqarashini shakllantiradi, ona tilining boyligini, so'zlarning
ta’sirchanligini his qilishga yordam beradi.
Kichkintoylar hammadan ham ertaklarni sevadilar. Eitakning yaxshi
tomoni shuki, unda uzoq fikr yuritilmaydi. Ertak qahramonlari bolaga
yaqin va tanish. Ertak tili hayotiy hamda jonli bo‘ladi. Eng muhimi,
tarbiyachining o‘zi badiiy adabiyotni sevishi va tushunishi, nasriy asar va
she’rlarni ifodali o‘qiy bilishi kerak. Bolalar bog‘chasida kattalar