Maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik tarbiyasi


SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON



Yüklə 462,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix02.06.2023
ölçüsü462,47 Kb.
#123626
1   2   3   4   5   6   7   8
Binoqulova Dilnora Sirojiddin qizi

SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.01.2023 
169 
 
bolalarning tasviriy faoliyatlari
 
bayramlar, ko'ngilochar tadbirlar; 
 
ma’lum maqsadli va rejali ravishda amalga oshiriladigan ta ’lim; 
 
ma’lum maqsadga qaratilgan va rejali ravishda amalga 
oshiriladigan ta’lim. 
Bolalar bog'chasini o‘rab turgan go‘zallik muhiti bolalarning har 
tomonlama kamol topishiga, estetik didlarining tarbiyalanishiga yordam 
beradi. 
Pedagogika sistemasiga xos bo‘lgan estetika va etikaning birligini 
oilada, bolalar bog'chalarida kichkintoylarni tarbiyalashda bemalol qo‘llash 
mumkin. Lekin haqiqiy turmush estetikasini yaratish uchun tarbiyachi va 
ota-onalarning yuqori madaniyatli, yaxshi xulqli, xushmuomala, badiiy 
didli bo'lishlari talab etiladi. 
Bolalarni o‘rab turadigan chiroyli narsalarning o‘zi bolaga hech narsa 
bermaydi, shuning uchun bolalarni ularni ko'rishga, qadrlashga, baholay 
bilishga o‘rgatish kerak. Tarbiyachi bolalarning diqqatini polning tozaligiga, 
chiroyli idishlarga, gullarga qaratadi. 
Har bir yangi narsa, yangi bezak bolalar bilan birga ko‘rib chiqiladi. 
Eng muhimi, hamma narsalami bolalarda estetik zavq uyg‘otadigan qilib 
ko‘rsatish kerak. 
Bolalarda estetik zavq uyg'otish uchun ularga kuzatilayotgan 
narsaning mazmuni va ahamiyatini tushuntirish kerak. Bolalarning 
hislariga ta’sir etish uchun bu hali yetarli emas. Eng muhimi, bu yerda 
kattalaming namunasidir. Tarbiyachining o‘zi zavqlansa, ortiqcha so‘zlarsiz 
go'zallikka qiziqish uyg‘ota oladi va bolalarda estetik kechinmalar paydo 
qila oladi. 
Bolalar tarbiyachidan: «Nima uchun oltin kuz deyiladi?» deb 
so‘rashadi, tarbiyachi istirohat bog'iga borib ko‘ramiz, deb javob beradi. 
Bog'ga borishganda bolalarga taklif etadi: «Sayr qilib daraxtlarni, 
yo‘lkalarni kuzatamiz». Bog‘ning eng xushmanzara joyiga kelganda bolalar 
to ‘xtab, atrofga nazar tashlashadi-da: «Nima uchun oltin kuzligini 
tushundik. Chunki barglar tillage o‘xshaydi. Ana qizil barglar», deyishadi 
hayajon bilan. Shamol bo‘lishi bilan barglar yerga tushadi. Yo‘lkalar esa 
to‘shalgan gilamga o‘xshaydi. 
Ko‘chaga sayrga chiqishadi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: «Biz 
hozir sizlar bilan bog‘cha ko‘chasidan yurib o‘tamiz. Sizlar diqqat bilan 
kuzatib boringlar, kim qanday chiroyli narsa ko‘rsa, sayrdan keyin so‘zlab 
beradi». 
Shuni ta’kidlash kerakki, ajoyibot yonimizdadir, bolalarni shu 
ajoyibotni ko‘ra bilishga, undan hayratlana olishga o ‘rgatish lozim. 
Tabiatning go‘zalligini va ajoyibligini inson hayot go‘zalligiga, san’at 



Yüklə 462,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin