Maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik tarbiyasi


SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON



Yüklə 462,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix02.06.2023
ölçüsü462,47 Kb.
#123626
1   2   3   4   5   6   7   8
Binoqulova Dilnora Sirojiddin qizi

SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.01.2023 
171 
San’atdan bolalar bog‘chasini bezashda, ta’lim berishda, bolalarning 
mustaqil faoliyatlarida foydalaniladi. Bolalar bog‘chasida ganch, chinni, 
yog‘och, loy, plastilindan xilma-xil buyumlar, o‘yinchoqlar yasash mumkin. 
Bolalar o‘yinchoqlarining yaxshi namunalaridan guruh xonasini bezatishda 
foydalansa bo‘ladi. 
Gilamchilik, to'qimachilik, kulolchilik, zardo‘zlik, kashtachilik
popopchilik, badiiy oyna, metall patnislar, to‘qilgan hamda tikib gul 
solingan buyumlar va boshqalar tasviriy san’atning manzarali shakliga 
kiradi. Bundan tashqari, bog‘chada har bir viloyat, o‘lka, respublikaning 
milliy madaniyatidan foydalanish kerak. 
Ta’lim-tarbiya ishlarida o‘zbek xalq amaliy san’ati namunalaridan 
foydalanish katta ahamiyatga egadir. Milliy naqshlar tushirilgan chiroyli 
guldor matolar qo‘g‘irchoqlar uchun ko'ylak, oyna pardalari, dasturxon 
kabilar uchun ishlatilishi mumkin. 
Musiqa bolalarning kayfiyatini ko‘tarib ertalabki badantarbiyada 
yangray boshlaydi. Yilning quruq va issiq vaqtlarida ekskursiya, sayr va 
o‘yin vaqtlarida ashulalar ijro etilishi kerak, bu bolalarni yanada bir-biriga 
yaqinlashtiradi, ruhini ko‘taradi. Maydonchada mehnat qilish jarayonida 
ijro etilgan ashula harakat ritmini uyg‘unlashtiradi, bolalarga mehnat 
quvonchini bag‘ishlaydi. 
Bolalarda estetik idrokning rivojlanishi uchun ularni haqiqiy san’at 
asarlari bilan tanishtirish zarur. Radio, oynayi jahonda san’at ustalari va 
tengdoshlari ijro etgan asarlar bolalarning estetik rivojlanishida katta 
yordam beradi. 
Ashula aytib o‘yinga tushishda, asosan, xalq ijodi namunalaridan 
foydalaniladi, bu bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalash uchun g‘oyat 
qimmatli vositadir. Bolalar xalq kuylarini ijro etayotib, xalq tili va kuyining 
hamohangligini, ravonligini bilib oladilar. Bu bolalarda vatanparvarlik 
hislarini tarbiyalaydi, musiqaviy didini shakllantiradi, bolalarni zamonaviy 
va klassik kuylarni idrok eta olishga tayyorlaydi. Ashula va raqsga 
tushishga o‘rgatishda faqat to‘g‘ri aytish va to‘g‘ri harakat qilishni emas, 
balki ifodali aytish, yengil, chiroyli va latofat bilan raqsga tushishga 
o‘rgatiladi. 
Bolalarning badiiy qobiliyatlarini tarbiyalash masalasi ularning ijodiy 
o‘sishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun bolaga o‘rgatish, 
undagi ijodiy tashabbusni rivojlantirish ishi bir-biri bilan uzviy aloqada 
amalga oshirilishi lozim. Pedagog tarbiyaviy nuqtayi nazardan yondashib
bola ijodining eng birinchi, hali to‘liq namoyon bo‘lmagan tomonini seza 
bilishi va baholay olishi kerak, bu bilan u boladagi kamolot yo‘lini to‘g‘ri 
belgilashi mumkin. 



Yüklə 462,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin