SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-SON RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.01.2023 170
go‘zalligi va ajoyibotiga aylantiradi. Jonajon tabiat estetik tarbiyaning
qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi. To’garak-atrofdagi tabiat go‘zalligi,
hatto eng kichik bolani ham quvontiradi. Uning tuyg‘ular va xayollarda
saqlangan go‘zalligi bolalikda, ayniqsa, yorqin va chuqur idrok qilinadi,
inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi.
Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini ta- 4 rang-
barangligiga, uning o‘zgarishi va uyg‘unligiga qaratadi, tabiat hodisalariga
qiziqish uyg‘otadi, unga muhabbat va ehtiyotkorlik munosabatini
tarbiyalaydi, asrab-avaylashga o‘rgatadi.
Bularning hammasi bolalarning estetik didlarini tarbiyalaydi, ular
kishilarning mehnat natijalarini yaqqol ko‘rib, atrofdagi go‘zallik inson
melmati tufayli yuzaga kelishiga ishonch hosil qiladilar.
Tarbiyachi bolalarning g‘unchadagi bir tomchi shabnamda ham,
o‘tlarning biri ikkinchisi bilan qo‘shilib ketishida ham, quyoshning nur
taratishida ham, oqshom bo‘yoqlarida ham tabiat go‘zalligini ko‘ra
bilishlariga yordam beradi.
Bolalar bog‘chasida tabiat burchagi tashkil etiladi. Undagi hayvonlar
va o'simliklarni kuzatish va parvarish qilish bolalarda estetik idrokni,
ularga nisbatan to‘g‘ri munosabatni, go‘zallik yaratish xohishini
shakllantiradi va qizg‘in faoliyatga undaydi. Yilning yoz faslida polizda,
gulzorda, bog‘cha maydonchasida mehnat qilishda ham bolalar estetik zavq
oladilar. Kuzda o‘z mehnati mevasini yeyish bolaga alohida estetik huzur
bag‘ishlaydi. Dala va bog‘larga sayrga borganda tabiatning go‘zalligi va
boyligidan, u yerdagi dehqonlarning yaratuvchilik mehnatlaridan benihoya
zavqlanishadi.
Bolalar bog‘chasida bolalarni estetik tomondan tarbiyalashda
san’atning har xil turlaridan (musiqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, xalq
amaliy san’ati, adabiyot va h. k.) foydalaniladi. San’at yuksak estetik
zavqning, kishi xursandchiligining tuganmas manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Shu bilan bir vaqtda u har bir kishining rivojlanishi, ma’naviy boyishi
uchun ham vositadir.
Badiiy asar kishining his-tuyg‘ulariga ta’sir etsa, hissiy kechinmalar
kishida fikrlashni uyg'otadi. Badiiy asardan hayajonlanish fikrlashni
faollashtiradi. Qiziqarli ertak yoki rasm bolada fikrlar o‘yinini uyg‘otadi. Bu
to‘g‘rida S.Y. Marshak shunday degan edi: «Qizil shapkacha» ertagini
bolalar qatorasiga 20 marta eshitishga tayyorlar. Bunga sabab ertak o‘z
tuzilishi bo‘yicha aniq, uning mantiqi va motivi izchil, har qanday bola
o‘zini ertakdagi qahramon o ‘rniga qo‘ya oladi va «Qizil shapkacha»ni o‘ynay
oladi». San’atning hamma turlari — adabiyot, musiqa, rassomchilik,
haykaltaroshlik, teatr, kino bolalarga tushunarlidir.