Malaka ishi


Istiqlol mafkurasi va Mirzo Ulug`bek obrazining keng qamrovliligi



Yüklə 420,32 Kb.
səhifə4/6
tarix05.04.2023
ölçüsü420,32 Kb.
#93593
1   2   3   4   5   6
BMI Teshaboyeva Sadoqat

2.2 Istiqlol mafkurasi va Mirzo Ulug`bek obrazining keng qamrovliligi
Yozuvchi uchun bosh qahramon faoliyati ko`rsatadigan zamon va voqealar bo`lib o`tadigan makonni belgilab olish badiiy tuqimaning eng mas`uliyatli lahzasidirki, voqelik talqinining zamon va makon belgisi hal qilingach, asarning mazmuni va shakl birligini ta`minlash imkoniyati yuzaga keladi. O.Yoqubov ham M.Shayxzoda tajribalaridan bahramand bo`lgan. Roman bilan tragediya orasida talay umumiyliklar mavjud. Chunonchi, roman ham xuddi tragediya kabi Ulug`bek hayotining so`nggi davrini hikoya qilishdan boshlanadi, tragediyadagi ko`pgina shaxslar bu yerda ham ishtirok etadilar. Shu bilan barobar «Ulug`bek xazinasi» tarixiy voqealar, shaxslarning badiiy talqini, o`zining usulbiy, g`oyaviy-badiiy yo`nalishi jihatidan «Mirzo Ulug`bek» tragediyasidan keskin farq qiladi.
Mirzo Ulug`bek sultonlik taxtidan ketyapti. Shu og`ir, fojiaviy daqiqalarda u ko`p narsalar to`g`risida o`ylaydi, murakkab ruhiy holatni boshdan kechiradi. Avvalo u — shaxs, temuriyzoda, toj-taxt taqdiri uchun javobgar shaxs, nima qilib bo`lsa-da u hokimiyatni qo`lda saqlab qolish uchun tirishadi; ammo u riyokor, johil raqiblar qurshovida, o`z o`g`li ular qo`lida qo`g`irchoq, toj-taxt deb otaga qarshi bosh ko`targan. Bu hol buyuk allomani adadsiz qiynoqlar gardobiga tortadi. Ulug`bekda insoniy g`urur juda kuchli. Shohlik qoni jo`sh urib toj-taxt himoyasi uchun o`g`liga qarshi jangga otlanar ekan, nomus tuyg`usi uni qiynoqqa soladi, el-yurt, kelgusi avlodlar oldida bunday nomaqbul ishga qo`l urganligi uchun or qiladi, yomon nom qoldirishdan qo`rqadi. Mirzo Ulug`bek — tanti, olijanob odam, munosib merosxo`r topilsa, toj-taxtni yaxshilikcha topshirishga ham tayyor; biroq avlodida bunday kimsa yo`q. Abdullatif — riyokor, yana bir o`g`li Abdullaziz majruh, kaltabin shaxs. Ota toj-taxtni ularga topshirolmaydi. Ulug`bekni hammadan ham Movaraunnahrga qirq yil rahnamolik qilib orttirgan asosiy boyligi — madrasasiyu rasadxonasi, nodir xazinasi — to`plagan kutubxonasi-yu yaratgan asarlari — barchasining zeru zabar bo`lish xavfi tashvishga soladi...
Toj-taxt bebaqo, tafakkur esa bezavol, mangu degan hikmat bor. Bu hikmat romanda chiroyli, betakror badiiy ifodasini topgan. Ulug`bekning fojiasi shundaki, u egalik qilgan moddiy meros — toj-taxtning istiqboli zabun, vorislari nobakor, o`z o`g`lidan tortib qo`l ostidagi barcha mansabdorlari, ishongan tog`lari xiyonatkor bo`lib chiqadilar. Bu allomaning baxti shundaki, u to`plagan, yaratgan ma`naviy merosning munosib vorislari, ishongan, sadoqatli, jonkuyar shogirdlari bor. Eng og`ir daqiqalarda ana shu vorislar Ulug`bek tashvishiga sherik, dardiga hamdard bo`ladilar. Ulug`bek merosini ko`z qorachig`idek asrash, avaylashga so`z beradilar.
Ulug`bek taxtdan tushadi, hokimiyat tepasiga johil, mutaassib qalloblar qo`lida o`yinchoq Abdullatif keladi, qora kuchlarning davri davroni, ma`rifat ahlining esa qora kunlari boshlanadi. Romanning ikkinchi qismi ana shu qora kunlar tasviri va tahliliga bag`ishlangan. Yozuvchining mahorati, ayniqsa, shu qismda yaxshi namoyon bo`lgan.
Bir tomonda Abdullatif boshliq qora guruhlar — shayx Nizomiddin Xomush, Salohiddin zargar, Amir Jondor, ayg`oqchi Qashqir... Ikkinchi tomonda Ali Qushchi boshliq ma`rifat fidoiylari... Ulug`bek xazinasini o`sha dahshatli kunlarda qora guruhlar nazaridan, tahdid va ta`qibidan himoya qilish uchun kechgan shiddatli, xatarli kurashda keng xalq ommasi vakillari — madrasa talabasi yosh shogird Miram Chalabiydan tortib xalq orasidan chiqqan shoir Qarnoqiygacha, oddiy temirchi usta Temur Samarqandiydan tortib ma`rifatli ayol Xurshida Bonugacha — barcha ishtirok etadi. Bu bilan yozuvchi muhim g`oyani — Ulug`bek ma`naviy merosi xalq mulki ekanligini ta`kidlaydi.
O`sha og`ir sinov paytida maslakdosh shogirlar orasida ham saralanish yuz beradi, chunonchi, mavlono Muhiddindek olim mudhish voqealar oldida dovdirab, o`z ustozidan yuz o`tiradi, fanga, e`tiqodiga xiyonat qiladi.
Bular asarda shunchaki bayon etilgan emas, balki munosib badiiy ifodasini topgan. Muallif bu romanda tarixiy janrning yaxshi an`analarini davom ettirgan, ularga sayqal bergan.
Bizda tarixiy janrning ikki ko`rinishi bor. Bir tur asarlarda tarixiy faktlarga izchil rioya etiladi; tarixiy hodisalarni badiiy gavdalantirish yozuvchining asosiy muddaosiga aylanadi; ikkinchi tur asarlarda esa tarixiy faktlar, shaxslar asos qilib olinadiyu, tarixiy faktlarning izchil ifodasi, tarixiy shaxslarning batafsil biografiyasi emas, balki shu faktlar bahonasida muayyan ijtimoiy-axloqiy muammolar ko`tarish, tarixiy faktlar orqali «gap aytish» birinchi o`ringa chiqadi9. «Ulug`bek xazinasi» romani keyingi turga mansub.
«Ulug`bek xazinasi»ning tasvir ritmikasi, boshqa tarixiy asarlarnikidan farqli o`laroq, xiyla tezkor, shiddatli. Asarda o`tkir dramatik kartinalar, ichki ruhiy kechinmalar, xarakterlar va g`oyalarning oshkora to`qnashuvi asosiga qurilgan yorqin lavhalar ko`p. Bir tomondan, romanda biz talay kuchli ruhiy kolliziyalar tasvirini o`qiymiz. Ulug`bek iztiroblari, Abdullatifning ota o`limidan keyingi vasvasayu ruhiy qiynoqlari, xususan, bog`dagi so`nggi kechadagi dahshatli holati butun keskinligi bilan berilgan. Ikkinchi tomondan, yozuvchi xarakterlararo to`qnashuv tasviriga ham katta e`tibor bergan. Ulug`bekning shayx Nizomiddin bilan musohabasi, o`g`li Abdullatif bilan yuzma-yuz to`qnashuvi, Ali Qushchi bilan Mavlono Muhiddin o`rtasidagi dahanaki janglar, zindondagi tortishuvlar, olimning Abdullatif bilan takror-takror to`qnashuvlari — bular shunchaki olishuv, tortishuvlar bo`lmay, bir-biriga zid xarakterlarning, ashaddiy raqiblarning, turli g`oya, e`tiqodlarning to`qnashuvidir.
Roman badiiy qurilish jihatdan puxta ishlangan. Voqealar, xarakterlar silsilasi izchil, bir-biri bilan mantiqan puxta bog`langan, bir voqea ketidan ikkinchisi oqib kelaveradi.
Tarixiy romanning vazifasi faqat tarix haqiqatini jonli, haqqoniy gavdalantirish emas, balki o`tmish saboqlarini yodga tushirishdan ham iboratdir. Odil Yoqubov fikricha, insoniyat hamisha o`zi bosib o`ggan yo`lga bot-bot nazar tashlab turishi, undan tegishli saboqlar chiqarishi lozim. «Ming afsuski, o`tmishning achchiq saboqlari goho unutiladi, tarixda yo`l qo`yilgan xatolar takrorlanib turadi»10, — deydi adib.
Keyingi yillarda ulug` ajdodlarimiz merosini chuqurroq o`rganishga kirishildi. Mirzo Ulug`bek yaratgan kashfiyotlari, dunyo ilm-faniga qo`shgan olmshumul ahamiyati nafaqat xalqimizning, bulki jahon fani rivojigaga qo`shilgan katta hissasi ekanligi e`tirof etilmoqda.

Yüklə 420,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin