Malaka ishi



Yüklə 420,32 Kb.
səhifə6/6
tarix05.04.2023
ölçüsü420,32 Kb.
#93593
1   2   3   4   5   6
BMI Teshaboyeva Sadoqat

X U L O S A
Odil Yoqubov “Ulug`bek xazinasi” romanida buyuk tarixiy shaxslarga daxldor bo`lgan davr haqiqatini nozik ilg`ay olgani uchun ham umriboqiy asar yarata oldi. Chunki, Ulug`bek o`zidan oldin o`tgan podsholardan tubdan farq qilib, toju-taxt oltinu-kumushlarni emas, balki nodir kutubxona, rasadxona va yozgan ilmiy asarlarini haqiqiy xazina deb tushungan. Romanda Ulug`bek davrining ana shu otashin tarixiy haqiqati o`z badiiy ifodasini topgani uchun ham adolatli va ma`rifatparvar shoh adabiy tipi yaratilgan.
Anglashiladiki, yozuvchi Ulug`bek davri va uning shaxsiga aloqador bo`lgan tarixiy ma`lumotlarni obrazli o`zlashtirgan. Natijada o`ziga xos badiiy manzaralarni shu qadar ishonarli qilib chizib berganki, obrazli o`zlashtirilgan hayotiy fakt va hodislarni kitobxon o`sha davr haqiqati tarzida juda katta mamnuniyat bilan qabul qiladi.
Yozuvchi Ali Qushchini o`z davri olimlarining adabiy tipi yuksakligida yaratishga intilib, uning turmush tarzi va ilmiy faoliyati tasvirida, Ulug`bek davri ilmiy muhitining, ijtimoiy shart-sharoitlarining qirq yil davomida ustod bilan birgalikda ishlashning nurli izlari qolganini uning xotiralarini qayta jonlantirish jarayonida mohirlik bilan ochib beradi. Bu vosita shogird xotirasida ustodlar buyukligi, ularning ilm-fan ravnaqi yo`lidagi rahnamoliklari hamda ilmlar xazinasining egasi bo`lib yetishgan shogirdlar sadoqatining haqqoniy mezonidir.
Odil Yoqubovning “Ulug`bek xazinasi” asarini olib qaraydigan bo`lsak, unda yurtni boshqarish, hukmdorning atrof-muhitga e`tibori mansabidan ketayotgan hukmdorga esa atrofdagilarning munosabati masalasi, farzand tarbiyasi insonning axloqiy fazilatlar xususida alohida fikrlar berilganini ko`ramiz. Bu asar yaratilgandan buyon olimlar, tarixchilar, adiblar, jamoatchilikni e`tiborini o`ziga tortib kelgan. Tarbiyaviy qadriyatlar haqida fikr yuritar ekanmiz, bu asar barcha davrlarda ham ta`lim tarbiya sohasida namuna bo`lib keldi va shunday bo`lib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. Karimov I. Ma`naviy yuksalish yo`lida.-T.: O`zbekiston, 1998. 480-B.
2. Karimov I. Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch. Toshkent, “Ma`naviyat”, 2008.
3. Karimov I. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. 8-jild.-T.: O`zbekiston, 2000.
4. Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: O`zbekiston, 2000. 77-B.
5. A.Zayniddinova Tarixiy romanlarda shohlar timsoli. Toshkent, 1999-yil, 92-B
6. Berdimurodov A. “Bilmadim,ne edi gunohim?” // “O`zbekston adabiyoti va san`ati” gazetasi , 2008 -yil, 12 -dekabr
7. Q.Yo`ldoshev, V.Qodirov, J. Yo`ldoshbekov. Adabiyot (9-sinf uchun darslik-majmua)-Toshkent, 2010. 300-B.
8. Karimov H. Hozirgi o`zbek nasrida hayot haqiqati va inson konsepsiyasi (70-80 yillar).T.: 1994
9. Keren Lyusen. Ulug`bekning astronomiya maktabi // “O`zbekiston adabiyoti va san`ati” gazetasi , 2009 yil, 10 iyul.
10. Qodirov P.Ona lochin vidosi. -T.: Sharq, 2001-yil. 210-B
11. Quronov d. Adabiyotshunoslikka kirish. Andijon. “Hayot”nashriyoti, 2002. 208-B.
12. Qo`shjonov M. Saylanma. Toshkent, Adabiyot va san`at nashriyoti. 1982. 1-tom. 360-B.
13. Qo`shjonov M. Adib ma`naviyati mustaqillik xizmatida // “O`zbekiston adabiyoti va san`ati” gazetasi, 1993. 11 iyun.



Yüklə 420,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin