Malaka ishi



Yüklə 420,32 Kb.
səhifə1/6
tarix05.04.2023
ölçüsü420,32 Kb.
#93593
  1   2   3   4   5   6
BMI Teshaboyeva Sadoqat


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VA ZIRLIGI


FARG’ONA VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY
MARKAZI


TESHABOYEVA SADOQAT MIRZARAHMONOVNA
“Ulug’bek xazinasi” asarida olim va shoh Ulug’bek obrazining tavsifi
mavzusidagi
MALAKA ISHI

Yo‘nalish (guruh) Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari 1-guruhi


Tinglovchining ish joyi Toshloq tumani 43-maktab
Kafedra mudiri _____________ Nosirova U.
Imzo
Malaka ishi rahbari (taqrizchi) _____________Nosirova U.
Imzo
Tinglovchi _____________Teshaboyeva S
Imzo
Ulug’bek xazinasi” asarida olim va shoh Ulug’bek obrazining tavsifi

I Kirish____________________________________________________3-6
II Asosiy qism
2.1 Yozuvchi Odil Yoqubov nasrida tarixiy obrazlarning
badiiy talqin etilishi____________________________________________6-10
2.2 Istiqlol mafkurasi va Mirzo Ulug`bek obrazining
keng qamrovliligi_____________________________________________10-13
2.3 Asarda epik tafakkur tabiati va davr voqealarining
badiiy tasviri_________________________________________________13-14
2.4 Asarda tarixiy siymoning badiiy obrazga aylanishi va adabiy qahramon muammosi ___________________________________________________14-23
III Xulosa____________________________________________________23-25
IV foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati____________________________25

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Istiqlol yuksak ilohiy ne`mat sifatida nafaqat turmush tarzimizga , balki madaniy –ma`naviy hayotimizga ham teran kirib bormoqda . Mamlakatimiz o`zining ilmiy va iqsodiy-siyosiy salohiyatini ham dunyo hamjamiyati oldida tobora yuksaltirmoqda. Qadimdan ilmu ma`rifatning beshigi sanalgan yurtimiz tarixini chuqurroq o`rganish, ajdodlar ma`naviy merosini tiklash bugungi kunning dolzarb masalalaridan etib belgilandi. Yurtdoshlarimizni barkamol shaxs qilib tarbiyalash yo`lidagi sa`yu harakatlar boshida Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning turganligi va axloqiy- ma`naviy tarbiyaning Davlat dasturi maqomiga ko`tarilishi ham mustaqillik sharofati hisoblanadi. Mustaqillik yillarida qatag`onga uchragan an`analarimiz , islom dini va tasavvuf , islomiy falsafa va uning jamiyat hayotiga ta`siri yuzasidan ochiq-oydin mushohada yuritish imkoniyati tug`ildi. Bu borada yurtboshimiz ta`kidlaganidek: «Xalqimiz asrlarosha yashab kelgan an`analari, urf-odatlari , tili va ruhi negiziga qurilgan milliy mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg`unlashgan holda kelajakka ishonch tuyg`usini odamlar qalbi va ongiga yetkazishi, ularni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashi, halollikni, mardlik va sabr-bardoshlilikni , adolat tuyg`usini , bilim va ma`rifatga intilishni tarbiyalash yo`lida xizmat qilmog`i lozim»
Ma`lumki, jamiyat taraqqiyotining tub burilishida ilm-fan yuksak mavqe egallaydi. Shu bois, mustaqil mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq bu masala davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Adabiyotimizdagi hurfikrlilik va badiiy mushohadaning yangilanishi, xalqimizning shonli tarixini haqqoniy badiiy idrok etish va tasvirlash imkonining kengayganligida ham ko`zga tashlanadi. Zero ma`naviyatimizning negizi hisoblangan tarix o`zining zukkoligi bilan dunyo tamadduniga ulkan hissa qo`shgan ulug` bobokalonlarimiz zakovatining ko`zgusidir. Shu boisdan ham keyingi yillarda yaratilgan tarixiy mavzuda yaratilgan romanlar avvalo xalqning milliy o`zligini anglashi va ildizlari qadim millat sifatidagi g`ururining yuksalishiga xizmat qilishi jihatidan qadrlidir.
O`zbek adabiyotida xalqimiz tarixining eng shonli zarvaraqlarini teran badiiy tahlil qilishga bag`ishlangan bir qator yirik asarlar yaratilgan. Xalqimiz tarixining turfa bosqichlarini tasvirlash, millatimizning ijtimoiy va ma`naviy hayotida muhim rol o`ynagan iste`dod sohiblari shaxsiyatining jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rnini ko`rsatib berish, tarixiy voqelik va shaxs munosabatini yoritish, shuningdek, davlatchiligimiz tarixi va milliy qadriyatlarimizning tarixiy- hayotiy asoslarini oydinlashtirish o`zbek tarixiy romanlarining o`ziga xos milliy xususiyatlarini tashkil etadi.
Tarixiy mavzuda yozilgan badiiy asarlar, xususan, romanlar xalqimiz tarixining badiiy solnomasidir. Shuning uchun ham milliy hurlik tufayli o`zligini anglayotgan, ajdodlarining kim ekanligi, tarixiy ildizlari qaysi davrlarga borib taqalishi bilan qiziqayotgan har bir vatandoshimiz uchun tarixiy manbalar bilan bir qatorda shu mavzudagi badiiy asarlar ham g`oyat nodir tarixiy xotira sarchashmasi vazifasini o`taydi. Zero, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov juda to`g`ri ta`kidlaganlaridek, “Tarix xotirasi xalqning, jonajon o`lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy, tarixini tiklash, milliy o`zlikni anglash, ta`bir joiz bo`lsa milliy iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g`oyat muhim o`rin tutadi”.3
“Haqqoniy tarixni bilmasdan turib o`zlikni anglash mumkin emas” degan g`oyat purma`no g`oyani ilgari surgan Prezidentimiz o`zlarining bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvlarida tarixning xalqimiz va mamlakatimiz taqdiridagi ahamiyati masalasiga tamomila yangicha yondashdilar hamda haqqoniy tarixni yaratishning yangi nazariy yo`nalishlarini belgilab berdilar. Mamlakatimiz rahbarining el-yurt taqdiri, ozod va obod diyorimizning istiqbolini o`ylab aytgan bu so`zlari adabiyotimizda ham tarixiy mavzu yanada chuqurroq, keng qamrovli yoritilishi, xalq va Vatan tarixining barcha qirralari xolisona tasvirlanishiga alohida ahamiyat berish lozimligini ko`rsatadi.
Yozuvchi Odil Yoqubovning “Ulug`bek xazinasi” romani yuzasidan juda ko`plab ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. Asarning badiiy qimmati, tarixiy haqiqat bilan bog`liqlik masalasi va obrazlari tahlil etilgan. Ammo bugun tarixga munosabat tubdan o`zgardi. Shu bois Mirzo Ulug`bek va temuriylar tarixini xolisona o`rganish, “Ulug`bek xazinasi” romanidagi Mirzo Ulug`bek hayoti, fojeali o`limiga bog`liq tavsilotlarni bugungi kun nuqtai nazaridan o`rganish ishning dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 420,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin