Mamlakatimiz mehnat bozorida ishsizlik va ish bilan bandlik holati tahlili



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#168618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
mamlakatimiz-mehnat-bozorida-ishsizlik-va-ish-bilan-bandlik-holati-tahlili

www.scientificprogress.uz
 
Page 1189
shaharlarda (100 ming kishidan 250 ming kishigacha) 9,5 %i, yirik shaharlarda (250 
ming kishidan 1 mln. kishigacha) 16,0%i, eng yirik shaharlarda (1 mln. kishidan ko‘p) 
14,8%i istiqomat qiladi. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston shaharlarining ko‘pchiligini 
(shaharlar tizimining 69,7%i) kichik va o‘rta shaharlar tashkil etadi. Ularda shaharlar 
jami aholisining 59,6%i yashaydi. Lekin bugungi kunda dolzarb masalalardan biri 
bulgan ishsizliklik masalasi yotadi.
Yukoridagilardan kelib chikib, aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish maqsadida 
mehnat bozoridagi haqiqiy holatni respublikamiz mintaqalari kesimida chuqur tahlil 
qilish asosida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hududiy va tarmoq dasturlarini ishlab 
chiqish va ularning bajarilishini muvofiqlashtirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish 
bo‘yicha davlat buyurtmalarini ishlab chiqish bo‘yicha aniq tizim asosida kompleks 
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Ammo joylarda mehnat bozoridagi real ehtiyojdan kelib chiqib kadrlar 
tayyorlanmayotganligi ishsizlik darajasining oshishiga olib kelmoqda. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 
26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida bu masalaga alohida 
to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: «Men hududlarga tashrif buyurganimda odamlar 
bilan ko‘proq muloqot qilishga harakat qilaman. Hayron qolasiz, joylarda oddiy 
quruvchi, traktorchi yoki mexanizator yo‘q. Ishning ko‘zini biladigan yer tuzuvchi yoki 
suvchi topish amrimahol. Ko‘p joylarda kollejlarni bitirgan bolalarni kerakli kasbga 
qayta o‘qitishga to‘g‘ri kelmoqda. Qani, kasb tarbiyasi? Qani, mehnat bozorini 
o‘rganish? Afsuski, hech kim bu masala bilan jiddiy shug‘ullanmayapti. 
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlari asosida mehnat 
bozorining asosiy ko‘rsatkichlari o‘rganildi (2-jadval). 
2-jadvaldan ko‘rinadiki, 2014-2018 yillarda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi 
soni 4,4 foizga, iqtisodiy faol aholi soni 10,3 foizga ortgan. Iqtisodiy faol aholi sonining 
mehnatga layoqatli yoshdagi aholi sonidan yuqori sur’atda o‘sganligi aholi iqtisodiy 
faollik darajasining 2014 yildagi 71,3 foizdan 2018 yilda 75,4 foizga o‘sishini 
ta’minlagan. 
2018 yil iqtisodiyotda ish bilan band fuqarolarning o‘rtacha yillik soni 13732,7 
ming kishini tashkil etib, 2014 yilga nisbatan 7,1 foizga ortgan. Ko‘rilayotgan davrda 
aholining ish bilan bandlik darajasi 67,7 foizdan 69,5 foizga o‘sgan. 
Respublikada aholini ish bilan ta’minlash borasida ko‘rilayotgan tizimli 
choratadbirlarga qaramay, ishsizlik soni va darajasining ortishi kuzatilmoqda. Agar 
2014 yil ishsizlar soni 687,0 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu 
ko‘rsatkich 1340,3 ming kishiga yetgan yoki o‘tgan 5 yilda 95,1 foizga ortgan. Tahlil 
qilinayotgan davrda ishsizlik darajasi 5,1 foizdan 9 foizgacha ko‘paygan. 
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yil 
mamlakat bo‘yicha jami 58,4 mingta bo‘sh ish o‘rni mavjud (3-jadval). 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin