ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1193
muhtoj bo‘lgan aholi sonining kamayishi kuzatilib, 2019 yilda 2017 yilga nisbatan 1,5
foizga qisqargan.
4-jadval
O‘zbekiston Respublikasida ish bilan ta’minlashga muhtoj bo‘lgan aholi soni
dinamikasi (ming kishi hisobida)
Ҳудудлар
Й и л л а р
2019
йилда
2017
йилга
нисбатан
ўзгариш
2015
2016
2017
+,-
Фоиз
Республика бўйича
631,5
628,2
622,4
9,1
98,5
Фаргона
65,6
65,1
64,6
1,0
98,4
Фаргона
вилояти
улуши
10,3
10,4
10,4
0,1
х
Buni aholi ish bilan bandligini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, vazifalarning,
xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, fermer va dehqon
xo‘jaliklarini kengaytirish va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar mahsuli deya ta’kidlash
mumkin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ma’lumotlari ish bilan
ta’minlashga muhtoj bo‘lgan aholining asosiy qismini mustaqil ish qidirayotganlar
tashkil qilishini ko‘rsatadi. Jumladan, 2017 yilda respublika bo‘yicha jami ish bilan
ta’minlashga muhtoj bo‘lgan aholining 95,3 foizini mustaqil ish qidirayotganlar tashkil
qilgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 97,7 foizga teng bo‘lgan. Ko‘rilayotgan davrda
bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar)
markazlarida ro‘yxatdan o‘tgan ishsizlar ulushi mos ravishda 4,7 va 2,3 foizga teng
bo‘lgan.
Respublikada ish bilan ta’minlashga muhtoj bo‘lgan aholiga ko‘rsatilayotgan
xizmatlar sifatining ortishi ishsizlik darajasining kamayishini ta’minladi.
2015-2019 yillarda yurtimizda aholining ishsizlik darajasi bir meyorda bo‘lgan,
ya’ni 5 foizni tashkil qilgan. Biroq bu ko‘rsatkichning yillar bo‘yicha o‘zgarishi uning
bir meyorda bo‘lmaganini ko‘rsatadi. Jumladan, 2015-2016 yillarda ishsizlik darajasi
0,1 bandga kamaygan, 2016-2017 yillarda 0,4 bandga ko‘paygan, 201-2019 yillarda esa
5,3 foizdan 5 foizga tushgan yoki 0,3 bandga kamaygan (2-rasm).
2-rasm.
Dostları ilə paylaş: |