Page 1192
Faoliyat kursatayotgan korxona va tashkilotlar soni 323 517 tani tashkil etib, utgan
yilning shu davriga solishtirilganda 38,0 mingta (13,3 %) ga usgan.
Xududlar kesimida karalganda, faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni
eng kupi Toshkent shaxri (69236 ta), Toshkent (31030 ta), Fargona (29128 ta), Fargona
(27391 ta) va Samarkand (25066 ta) viloyatlari xissasiga tugri keladi. Aksincha
Sirdaryo (10367 ta), Navoiy (11175 ta) xamda Jizzax (14226 ta) viloyatlarida
korxonalar soni kamligini kuzatish mumkin.
Xususan, shaxsning fuqarolik erkinligi xodimga mehnatni qo‘llash sohasi, undan
foydalanish sharoitlari va ish haqini erkin tanlash xuquqini rasmiy beradi. Erkin subyekt
sifatida u shaxsiy mulkchilik va o‘zining ishchi kuchiga egalik xuquqiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunida
ta’kidlanganidek, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ishlab chiqarish va ijodiy
mehnat uchun o‘z qobiliyatlariga egalik qilish va qonunchilik man qilmaydigan har
qanday faoliyat bilan shug‘ullanish xuquqi berilgan. Mehnatga har qanday shaklda
ma’muriy majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kishilarning ixtiyoriy band bo‘lmasligi
ularni javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi».
Davlat ish bilan ta’minlashga muhtoj bo‘lgan aholiga quyidagilarni kafolatlaydi:
- ishsizlik nafaqasini to‘lash;
- mehnat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash
yoki malaka oshirish davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davrni umumiy mehnat
stajiga qo‘shish;
- ishsiz shaxsga qaramog‘idagilarini hisobga olgan holda, moddiy yordam berish;
- haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati;
- mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa
yerga ko‘chish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda ish bilan ta’minlashga muhtoj bo‘lgan
aholi soni ortib bormoqda (4-jadval).
4-jadvaldan ko‘rinib turganidek, 2017-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasida
ish bilan ta’minlashga muhtoj bo‘lgan aholi soni 9,1 ming kishiga yoki 98,5 foizga
ortgan. Ko‘rilayotgan davrda ish bilan ta’minlashga muhtoj bo‘lgan aholi sonining
o‘sish sur’ati bir meyorda kechmagan. Xususan, 2017 yilda ish bilan ta’minlashga
muhtoj bo‘lgan aholi soni 12 foizga ortgan bo‘lsa, 2019 yilda ish bilan ta’minlashga
01,01,2018йил
285,5 минг
01,01,2019 йил
323,5 минг
утган йилга
нисбатан 38
мингтага усган