SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1191
Mamlakatimizda ishsizlikning oldini olishning eng makbul yullaridan biri bu,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik oilaviy tadbirkorlik,
uy xujaligi tamorkalaridan
foydalanish xamda uz-uzini yollashdan iboratdir.
Har qanday jamiyat rivojlanishining asosiy maqsadi aholi turmush darajasini
oshirishga qaratilgan bo‘ladi. Jamiyatning ijtimoiy barqarorligini, iqtisodiy
rivojlanishini, tinchligini ta’minlash, inson sog‘lom va farovon hayot kechirishi uchun
davlat kuchli ijtimoiy siyosat olib boradi.
Shularni
inobatga olganda, O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasining dastlabki
bosqichlaridan aholining turmush farovonligi hamda hayoti sifatini ta’minlash
yuzasidan katta yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Davlat
budjetining 60 foizidan ortig‘i ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda.
Bu aholining turmush sharoitini yaxshilash, hayot sifati
darajasini yuksaltirishga
xizmat qilmoqda. Shu bilan birga aholini, ayniqsa, qishloq aholisini yangi shinam uy-
joylar bilan ta’minlash amalga oshirilmoqda. Aholi daromadlari ko‘payishi esa ularning
hayot farovonligini ko‘tarishga asos bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda kulay ishbilarmonlik muxitini yaratish va tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish borasida katr ijodiy uzgarishlar amalga oshirilmokda. Uz urnida,
tadbirkorilik subyektlarini davlat ruyxatidan utkazish va xisobga kuyish borasida xam
konunchilikda
muxim karorlar kabul kilinib, davlat ruyxatidan utkazish va xisobga
kuyishni avtomatlashtirilgan tizimi boskichma-boskich ishlab chikilib, amaliyotga
tadbik kilinmokda. Bu esa axoli xamda xorijiy sarmoyalarning
uz shaxsiy biznesini
yulga kuyish va rivojlantirish uchun muxim omil bulib xizmat kilmokda.
Mamlakat axolisining farovonlik darajasini ifodalovchi muxim kursatkichlaridan
biri axoli daromadlari xisoblanadi. Axolining umumiy daromadlari – majburiy tulovlar
va boshka ajratmalarni amalga oshirgunga kadar bulgan yalpi daromadni ifoda etadi.
2018 yilning yanvar-dekabr oyida Respublikada 55,0 mingtaga yakin korxonalar
va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa utgan yilning shu davriga nisbatan 14,0
mingtaga kupdir.
Natijada, faoliyat kursatayotgan korxona va tashkilotlar
soni utgan yilning shu
davriga solishtirilganda 38,0 mingta (13,3 %) ga usgan xamda ularning umumiy soni
323,5 mingtani tashkil etgan.
2019 yilning 1 yanvar xolatiga 339,0 mingta korxonalar va tashkilotlar ruyxatidan
utgan bulib, iktisodiy faoliyat turlari buyicha 22,1 % savdo, 17,5 % sanoat, 9 % kurilish,
7,7 % kishlok, urmon va balik xujaligi, 6,2 % yashash va ovkatlanish buyicha xizmatlar,
4,1 % tashish va saklash, 2,2 %
axborot va aloka, 2,0 % solikni saklash va ijtimoiy
xizmalar xamda 29,2 % boshka faoliyat turlari xissasiga tugri kelmokda. Bu esa
mamlakatimizda yangi ish urinlarining tashkil etilganligi ishsizlik masalasi xal
etilayotganligidan dalolat beradi.