5. Bemorlarning oqilona ovqatlantirishning gigienik asoslari Bemorlar uchun to‘g‘ri tashkil etilgan ovqatlantirish tartibi ularni kompleks davolashdagi muhim
elementlardan biridir. Bunday ovqatlanishning asosi qilib 2 ta prinsip olinishi mumkin:
1.Bemorlarning ovqati fiziologik to‘la qiymatli bo‘lishi kerak
2.Bemordagi patologiyaning tabiatiga ko‘ra ularning ovqatlantirilishi terapevtik xususiyatga ega bo‘lishi
kerak.
DPM-da bir xil tizimdagi raqamli parxezli ovqatlantirish qabul qilingan bo‘lib, u eng asosiy kasallik turlarini
o‘z ichiga olgan. Parxezli taomlar tarkibiga kiritiladigan mahsulotlarlarning tarkibi va ta’sir etish xususiyatlari
bir-biridan tubdan farq qiladi. SHu bilan bir qatorda har bir parxezli taomga kulinariya ishlovini berish,
taomlarning kimyoviy tarkibi, energetik qiymati, ovqatlantirish tartibi ham bir-biridan farq qiladi.
Bemorlarni ovqatlantirish taomnoma asosida tashkil etilib, ular fiziologik ovqatlanish me’yorlari hamda
parxezning turiga qarab tuziladi. Xozirgi kunda 16 ta parxezli ovqat turlari ishlab chiqilgan va ular davolash
muassasalarida keng qo‘llanmoqda.
Parxez raqami Qanday bemorga mo‘ljallangan
_______________________________________________________
"O" (Suyuq ovqat) Oshqozon-ichak yo‘li operatsiyasidan so‘ng
№ 1 oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasi, gastritlar
№ 2 Sekretor funksiyasi etishmasligi, gastritlari
№ 3 Oddiy tartibdagi qabziyatning buzilishi
№ 4 Ichak kasalliklari
№ 5 Jigar kasalliklari
№ 6 Podagra-siydik kislotasiga oid kasallik
№ 7 Buyrak kasalliklari
№ 8 Semirish kasalligi
№ 9 Qandli diabet kasalligi
№ 10 yurak-tomir kasalliklari
№ 11 Sil kasalligi
№ 12 Qon kasalligi belgilari
№13 O‘tkir yuqumli kasalliklar
№ 14 Fosfaturiya kasalligi
№15 Umumiy stol
Parxezli ratsionlarning kimyoviy tarkibi va ularning energetik qiymatlari fiziologik me’yorlardan 5%
ga farq qilishiga ruxsat etiladi. Bemorlarni kam deganda kuniga 4 marta ovqatlantirish talab etiladi: nonushta-
25-30%, tushlik-40% va kechki ovqat 20-25%, ikkinchi kechki ovqat- 5-10%.